O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta




Download 280,5 Kb.
bet6/11
Sana09.01.2024
Hajmi280,5 Kb.
#133245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O`ZBEK TILIDA ANTROPONIMLAR

Qori Ishkamba ?!
Haqiqatdan, qiziq bir nom. Hayvonlarning oshqozonini ,,ishkamba`` deydilar. Qanday munosabat bilan odamga ,,Ishkamba`` nomini berganlar? (IV,178), deb asar boshiga so`roq qo`yadi va asta – sekinlik bilan avval potrit misolida, so`ngra voqealar tasvirida bu laqabning mohiyatini ochib beradi.
Yozuvchi Ayniy uslubining o`ziga xos tomonlaridan yana biri shundaki, u o`z personajiga qo`yilgan ism yoki laqabning ma`no va mohiyatini adabiy tasvir davomida, ba`zan esa snoskalarda izohlab ketadi. Bunga ,,Doxunda`` romanidagi Yodgor ismi o`rnida kelgan ,,Dohunda`` laqabiga berilgan izoh misol bo`la oladi:
- Dohunda! – dedi u , - seni dohunda deganimga xafa bo`lma.Buxoroda bu umumiy bir odat. Buxoroliklar Ko`histondan kelgan har bir kambag`lni
d o h u n d a deydilar.Ammo mening maqsadim seni ,, d o h u n d a`` deyishda haqarot qilish emas, men senga shuni tushuntirmoqchimanki, shu yaqinlarda dohundalarning – oyoqyalang kambag`allarning saodati keladi, hozirgacha odamlarning qashshoqligiga dalolat qilib, tahqir o`rnida ishlatib kelgan bunday nomlar, bundan keyin u odamlarning izzatli va obro`yli bo`lishlariga sabab bo`ladi (II,230).
S.Ayniy tilshunos olim sifati o`zi ishlatgan har bir so`zni (laqab) tushunib, uning ma`nosiga e`tibor berib ishlatiladi. Ayrim so`zlarning ma`nosini turli lug`atlardan axtaradi. Chunonchi, ,,Esdaliklar`` asaridagi personajlardan biri Lutfillaning nomiga qo`shib aytilgan ,,guppon`` laqabini quyidagicha izohlaydi. ,,Guppon`` so`zining qaysi tildanligi hozircha aniqlay olganim yo`q. O`sha vaqtda u so`zning ma`nosini otamdan so`raganimda favqulotda ,, zo`r – kuchli`` degan edi. Bu so`zning qadimgi sug`d tilidan qolganligini taxmin qilish mumkin (V, 61).
Ba`zi laqablar tasvir jarayonida asar tekstiga yedirilib yuboriladi. Bu usul bilan yozuvchi badiiy ta`sirchanlikni oshiradi:
- O`lma, Navro`z! Seni ,,Navro`z zo`r`` deganlari bejiz emas. Har qanday zo`r ishni ham osonlik bilan bitirasan (II, 174).

Xuddi toponimlar bo`lganidek, ayrim personajlarning laqablari ham tojikcha – o`zbekcha variantda keltiriladi: - Voy! Sen Yusuf gurg emasmisan? Senga nima balo bo`ldi, - deb baqirdi Azimshoh.


- Ha taniyman. Bu Yusuf bo`ri. Qassob Yahudiy…. (II, 156).
Yuqoridagi misolda ko`rinadiki, laqablar, laqab qo`yishda turli millat xalqlari orasida umumiylik mavjud ekan. Laqablar o`z – o`zidan kelib chiqmaydi, balki tabiat va jamiyatdagi u yoki bu hodisaga, kishilarning tashqi ko`rinishi, kasbi, qilig`iga yoki biror boshqa tomoniga asoslanib qo`yiladi. S.Ayniy tildagi bu hodisani ham nazardan chetga qoldirmaydi: - Mening otim Shohsanam, otamning oti Shohgul bo`lsa ham, chortorni yaxshi chalgani sababli xalq orasida M u l l a Ch o r t o r i laqabi bilan mashhur edi (II,404).
S.Ayniy asarlarida kishining ismi, familiyasi bilan birga ayrim tahalluslar ham uchraydi. Bu ko`proq olim va shoirlarning nomlari bilan ko`proq keladi. Tahalluslar ham o`z egasining xarakteri, holati, psixikasi bilan bog`langan holda bo`ladi. Bunga Sadriddin Saidmurodzodaga (Ayniyga) berilgan taxalluslarning o`zi misol bo`la oladi. Ular quyidagilar: past, gul ma`nosidagi ,,Sifliy``, qashshoqlik ma`nosidagi ,,Muhtojiy``, devona ma`nosidagi ,,Jununiy`` va nihoyat, qirq sakkiz ma`nosini anglatuvchi ,,Ayniy`` (I, 54), Qozi Abduvohid Sarir qalam ovozi (V, 77).
Yozuvchi asarlaridagi tahalluslarning barchasi ham yuqori ko`tarinki stilga xos bo`lib, kitobiy xarakterga egadir.
Shunday qilib, S.Ayniy asarlaridagi antroponimlar nominative funksiyani bajarish bilan birga, badiiy tasvirni real va ishonchli, emotsional ta`sirchan bo`lishini ta`minlagan. Qayd qilingan antroponimlarda tarixiy sotsial tengsizlik bo`yoqlari ham aks etib turadi, ayni yozuvchi laqablar orqali burjuaziyani , so`dxo`rlikni qattiq satira ostiga olib ular ustidan kulgan.

Download 280,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 280,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta

Download 280,5 Kb.