|
O‘zbekiston respublikasi oriental universiteti g‘arb tillari kafedrasi
|
bet | 11/12 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 215 Kb. | | #116447 |
Bog'liq Majidova Mohlaroyim KURS ISHI 1-bosqich. 5-6-sinflarda о‘ynaladigan о‘yinlar:
Bu sinflarda leksik, grammatik, fonetik, orfografik o‘yinlar, ertak xarakteridagi rolli o‘yinlar o‘ynatiladi.
2-bosqich. 7-8-sinflarda о‘ynaladigan о‘yinlar:
Mazmunli o‘yinlar, ayniqsa, maishiy xizmat mavzuidagi rolli o‘yinlar o‘ynatiladi.
3-bosqich. 9-11-sinflarda о‘ynaladigan о‘yinlar:
Taqlid qilish o‘yinlari keng o‘ynatiladi. Bu o‘yinlar o‘quvchilarni bilish, o‘rganish faoliyatini rivojlantirishga yordam beradi.
Hozirgi paytda ingliz tilini o‘rgatishda rolli o‘yinlardan keng foydalaniladi. Ular oldimizga qo‘ygan maqsadga erishishda, qiziqtirishni orttirishda, darsga jalb qilishga salmoqli ijobiy yordam beradi. Shu sababli o‘yinlarni yanada kengroq qo‘llash ma’qulroqdir.
“Ta’lim to‘g‘risi”dagi Qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga binoan darslarni an’anaviy tarzda emas, noan’anaviy tarzda tashkil etishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun biz o‘quvchilar ko‘p izlanishimiz kerak.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunda ta’kidlanganidek, yangi tipdagi Kasb – hunar kollejlarida va maktablarda o‘qitish jarayonini takomillashtirish maqsadida bitiruv malakaviy ishida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1. Kasb – hunar kollejlarida va maktablarda an’anaviy va noan’anaviy yondoshuvlar va pedagogik texnologiya ta’limining tizimli usuli nazariy jihatdan o‘rganildi.
2. Ingliz tilida gapirishga o‘rgatishning mazmuni bo‘yicha ilmiy – nazariy ma’lumotlar to‘plandi va ular tahlil qilindi.
3. Kasb – hunar kollejlarida va maktablarda gapirish nutq faoliyatining turi bo‘yicha uslubiy tavsiya ishlab chiqildi.
4. “Yangi pedagogik texnologiya asosida og‘zaki nutqni o‘stirish yo‘llari” mavzusini o‘qitish texnologiyalaridan foydalanildi.
5. Tajribada sinab ko‘rildi va olingan natijalarga asosan uslubiy tavsiya berildi.
Gapirish jarayonida yo‘l qo‘yiladigan xatolarni nazorat qilish (muallim tomonidan) va o‘z-o‘zini tekshirishning nutq malakalarini egallashda ahamiyati katta. Nutqiy mashqlarni bajarish chog‘ida xatoni to‘g‘rilab turish ma’qul emas, bu ish fikr bayon etib bo‘lingandan so‘ng qilinadi.
Tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatadiki, ta’lim jarayonida interfaol metodlarning qo‘llanilishi ta’lim sifatini yaxshilashga va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
|
| |