|
Mashq-leksik ko’nikmalarni hosil qilish:
So’zning qo’llanishini namoyish qilish;
Mashq turlari
|
bet | 10/12 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 215 Kb. | | #116447 |
Bog'liq Majidova Mohlaroyim KURS ISHIMashq-leksik ko’nikmalarni hosil qilish:
So’zning qo’llanishini namoyish qilish;
Mashq turlari:
Retseptiv:
Naqd lug’at boyligini o’zlashtirish.
Lug’at tarkibini kengaytirish.
Payqash, bilib olish, topib olish ko’nikmalrini shakllantirish.
Reproduktiv:
Qo’llanish va qo’llash. Fikr bayon etish.
Retsepsiyada - tanib olish.
Reproduksiyada - qo’llash, ishlanish
O’zlashtirish - leksikani erkin tanlay olish
Leksikani erkin qo’llash;
Egallash, o’zlashtirish - ko’nikma darajasida bilish demakdir.
Oddiy bilish so’z ma’nosini yodda saqlash, shaklni tanib olish nazarda
tutiladi.
O‘rta maktablarda xorijiy tilni o‘rgatishdan ko‘zlangan amaliy maqsad
o‘quvchilarni shu tilde muomalaga o‘rgatishdir. Xorijiy tilda muomala qila olish uchun o‘quvchilar so‘z boyliklarini egallashlari zarur. Tildagi so‘z boyliklarini egallamay turib na tunglab tushunish, na gapirish mumkin. Tilni lug‘at tarkibini egallash o‘quvchilarning dunyo qarashini kengaytiradi, ularning filologiyaga oid bilimdonligini oshiradi.
Ma’lum tilning lug‘at tarkibiga kiruvchi so‘zaar leksika deyiladi. Leksika tilning doimo rivojlanuvchi elementi hisoblanadi. Ayrim eskirgan so‘zlar lug‘at tarkibidan chiqib, yangi so‘zlar qo‘shilib turganligi uchun ham har qanday tilning so‘z boyligini aniq hisobga olish juda murakkab.
Nemis tilida “Sprachfllege” jurnalining hisobiga ko‘ra, 300 000 – 400 000 so‘z boyligi mavjud. Kishi o‘zi qo‘llaydigan so‘zlarga qaraganda to‘rt marta ko‘p miqdordagi so‘zlarni biladi. Katta yoshdagi ilmli kishilar ona tillarida 6000 dan 10 000 gacha so‘z biladilar. Kundalik hayotda, suhbatlarda, xabarlarda kishilar qo‘llaydigan leksika yevropa tillarida 1500 dan 2500 gacha bo‘lgan so‘z boyligini tashkil qiladi. Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, kishilar o‘z ona tillarida ham chegaralangan miqdordagi leksikadan foydalanadilar.
Til o‘rganishga sarflanadigan vaqt qat’iy chegaralangan. O‘rta maktab sharoitida esa o‘quvchilar o‘zlashtirib olishlari zarur bo‘lgan leksika anlab olinishi kerak. Tanlab olingan leksika birliklarni o‘qubvhilar birinchi navbatda o‘zlashtirib olishlari lozim. Bu so‘z boyligi metodikada leksik minimum deb yuritiladi. Leksik minimum tanlash uzoq tarixga ega.
Bu sohada birinchi XVII asrpedagogi Y.A.Kamenskiy ish olib bordi. U lotin tilini o‘rgatish uchun 8000 leksik birlik tanlanadi. Leksik bu minimumning hajmi juda katta bo‘lib, uning tarkibiga xatto ona tilida ishlatish zarurati bo‘lmagan maxsus atamalar ham kiritilgan edi.
XIX asr metodistlari ham leksik minimum tanlash masalalariga o‘z hissalarini qo‘shadilar. Masalan, nemis olimi Karl Mager leksik minimum tanlashda quyidagi prinsiplarga aoslanadi:
Avval asl ma’nodagi so‘zlar, so‘ng ko‘ch ma’nodagi so‘zlar;
Avval tub so‘zlar, so‘zngra yasama so‘zlar;
Avval konkret so‘zlar, so‘ngra abstrak so‘zlar.
Tanlash jarayonida yuqoridagi prinsiplarga asoslanish sun’iylikka olib keldi. Chunki shunday yasama va abstrakt so’zlar borki, ular tub va konkret so’zlarga
nisbatan ko’p qo’llaniladi.
XIX asr oxiri XX asr boshlariga kelib xorij tili ta’limiga sarflanadigan vaqtning maksimal qisqartirilishi va o‘quvchilarga eng zarur bo‘lgan bilim va malakalarni berish zarur degan fikrni olg‘a surish munosabati bilan bir qator lug‘at minimimlari tuzildi. Bu lug‘at minimumlari tuzishda so‘zning kontekstda ko‘p uchrashi (chaxtotnost) asosiy prinsip qilib olindi. Kening, Torpdayk, Morgan kabi metodistlar turli stillarga mansub matnlarni tanlab olib ulardagi so‘zlarni hisoblab chiqadilar va eng ko‘p qo‘llanilgan so‘zlarni lug‘at minimumga kiritadilar.
XULOSA
O‘quvchi yozuv orqali o‘qigan, tinglagan, gapirgan materiallarini, ma’lumotini yozma ifodalaydi. O‘quvchi uni yozma ifodalagan bo‘lsa, uning esida yaxshi qoladi, yaxshi o‘zlashtiradi. Yana qaytadan gapirish uchun xotirasida, yodida yaxshi qoladi. Yozuv ham gapirish ma’lumotini, materialini esda qolishiga yordam beradi.
Ingliz tilida gapirishni o‘rgatishni qiyinchiliklari bor, bularni o‘qituvchi hisobga olishi zarur.
Inglizcha gapirishga o‘rgatishning mazmuniga lingvistik, psixologik, metodik qismlar kiradi.
Lingvistik qismga gapirish uchun zarur bo‘ladigan til va nutq materiallari, gap tuzilishlari, nutq namunalari kiradi. Bu materiallar tematika asosida tanlanishi zarur.
Tematika qanday til materiallarini tanlashni belgilaydi.
Lingvistik qism ustida to‘xtalganda ekstralingvistik elementlarni, imo-ishora, harakat va boshqa vositalarni ham yodda tutish zarur.
Monologik nutq gapirishning bir shakli bo‘lib, 1 ta so‘zlovchi tomonidan bajariladi.
Monologik nutq ham o‘ziga xos xususiyatlarga, qiyinchiliklarga ega. O‘qituvchi ularni o‘rgatayotganda hisobga olishi zarur.
Gap qistirish, luqma tashlash (replika) lingvistik adabiyotlarda dialogning birligi deb qabul qilinadi. Replika deyilganda gap qistirish, luqma tashlash, e’tiroz bildirish, fikrga qo‘shilishlik tushuniladi. U har bir so‘zlovchining tugallangan fikrni ifoda etuvchi 1 ta yoki bir nechat jumlalardan iborat bo‘ladi. Birinchi jumla oldingi so‘zlovchiga javob, e’tiroz bo‘lsa, ikkinchisi dialogni davom ettirishga undash bo‘ladi. Ba’zida 1 ta jumla ikkalasini o‘rnini bosadi.
Darsda o‘qituvchi nutqini yuqoridagilarni hisobga olib amalga oshirsa, inglizcha muhit yaratiladi, o‘quvchi inglizcha ma’lumot olishga, ma’lumot berishga o‘rganadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviy - ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shahs – fuqaroni shakillantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitusiyaviy huquqlaridan bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etishdir.
O‘rta maktablarda ingliz tilini o‘rgatishni hamma sinflarda o‘yinlardan foydalaniladi va ular 3 bosqichga bо‘linadi:
|
| |