O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti va Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari




Download 45.57 Kb.
bet1/2
Sana29.03.2024
Hajmi45.57 Kb.
#181042
  1   2
Bog'liq
518 30.09.2023
Global Climate Change Presentation, MUNDARIJA, Mirzaliyev Alimardon Usmanaliyevich, optika 13 lab, Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish-www.fayllar.org (2), Final kids 28 march 0 to1, Kema modelini yig\'ish Kemani loyihalash Kemani modellashtirish-fayllar.org, DILSHODA, Kema modelini yig\'ish Kemani loyihalash Kemani modellashtirish-fayllar.org (2), Kema modelini yig\'ish Kemani loyihalash Kemani modellashtirish-fayllar.org (1), 1.19.Texnik-ijodkorlik-va-konstruksiyalash-2-kurs- (2), 113413, Texnik ijodkorlik, birka olimpiada, Сурхандарьинская область.pdf64251a4f66f89



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti va Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda aholini ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib borish, ijtimoiy sohada kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-oktabrdagi 539-son “Aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) huzurida Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) va Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilganligi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2023-yil 1-iyundagi PQ-176-son qarorida:
Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari hamda Agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi;
Markaz va Institut xodimlariga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish institutining tuzilmasi 1-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Agentlik direktoriga Institut va Markazning tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilansinki:

Institut aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ijtimoiy himoyaga muhtojlikning birlamchi sabablarini tahlil qilish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslantirilgan samarali va istiqbolli takliflar ishlab chiqish bo‘yicha davlat muassasasi hisoblanadi;

Markaz Agentlik tomonidan vazirlik va idoralarning muvofiqlashtiriladigan hamda monitoring qilinadigan faoliyat yo‘nalishlaridagi xodimlari malakasini oshirish uchun hamda oilaviy bolalar uylarini tashkil etish uchun tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarini tashkil etish bo‘yicha davlat muassasasi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Institut va Markazning shtat birliklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2023-yil 1-iyundagi PQ-176-son qaroriga asosan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimi tugatilishi munosabati bilan bo‘shagan shtatlar hisobidan shakllantiriladi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-oktabrdagi 539-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2023-y., 09/23/539/0785-son)

Markaz tomonidan o‘quv jarayoniga professor-o‘qituvchilarni hamda soha bo‘yicha mutaxassislarni mehnatga soatbay haq to‘lagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb etilishi mumkin;


Markaz va Institutning xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan xodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining 200 foizi miqdoridan ko‘p bo‘lmagan shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
4. Quyidagilar:

a) Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari;
ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalariga ko‘ra ajratiladigan grantlar;
xalqaro grantlar, shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;

b) Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:


O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari;
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
xalqaro grantlar, shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Belgilansinki:
a) 2024-yil 1-apreldan boshlab, Markazda:
vazirlik va idoralarning Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladigan va monitoring qilinadigan faoliyat yo‘nalishlaridagi xodimlari uchun uch yilda kamida bir marta to‘lov-shartnoma asosida majburiy malaka oshirish kurslari;
oilaviy bolalar uylarini tashkil etish uchun tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi;
b) Institutga 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositasini hamda Markazga jami 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratiladi.
6. Institut va Markaz Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi, 21-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.

Download 45.57 Kb.
  1   2




Download 45.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti va Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari

Download 45.57 Kb.