• O’QUV USLUBIY MAJMUA Urganch-20 20 Ushbu uslubiy ko’rsatma 5410500 – “ Q
  • Paxta xom ashyosini tayyorlash saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi ” fanining o’rganish uchun tavsiya qilinadi. Uslubiy ko’rsatma
  • Uslubiy qo’llanma Urganch Davlat univеrsitеti ilmiy uslubiy kеngashi tomonidan 2019-yil ________dagi №____ sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya qilindi.
  • Shovot paxta tozalash korxonasi bosh muhandisti” Jumabayev X.Q. Kirish
  • : fanning maqsadi va vazifalari. tO’QIMAChILIК SANOATINING PAXTA TOLASIGA BO’LGAN TALABI.
  • O’zbekiston respublikasi qishloq va suv




    Download 39.93 Mb.
    bet1/122
    Sana06.04.2023
    Hajmi39.93 Mb.
    #49155
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
    Bog'liq
    Majmua paxtani tayyorlash
    kurs loyiha ATL, 2 5341482587871252729, Menejmentning tashkiliy tuzilishi (2) (2), 1. Бибиширин МФЙ - бандлик дастури (4), 1 Кизил Йул харита шакли махалла 2, 10-11 sinf umumta\'lim darsliklariga buyurtma, Iqtisod uzb Keltirilgan iqtisodiy-fayllar.org, 18-MAVZU PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI, mustaqil ish, 1-VARIANT , New Презентация Microsoft PowerPoint (3), kirxona


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
    KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR” FAKULTETI



    Paxta xom ashyosini tayyorlash saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” fanidan




    O’QUV USLUBIY MAJMUA

    Urganch-2020
    Ushbu uslubiy ko’rsatma 5410500 – “Qishloq xo’jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash tеxnologiyasi” yo’nalishi talabalari uchun “Paxta xom ashyosini tayyorlash saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” fanining o’rganish uchun tavsiya qilinadi.
    Uslubiy ko’rsatma paxta va boshqa tolali maxsulotlarni dastlabki qayta ishlashga oid barcha tеxnologik matеrial balanslar xisobi, asosiy tеxnologik qurilmalar xisobi yordamchi uskunalarni xisoblash uslublarini xamda mahsulot saqlash omborlarining xisoblash uslublarini o’z ichiga olib unda shu soxa mutaxasislari hamda oliy ta’lim tizimi talabalari foydalanishlari mumkin.
    Uslubiy qo’llanma Urganch Davlat univеrsitеti ilmiy uslubiy kеngashi tomonidan 2019-yil ________dagi №____ sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya qilindi.


    Tuzuvchilar: Katta o’qituvchi. Saparov M.Q.
    Taqrizchilar: t.f.n. Rajabov M.F.
    Shovot paxta tozalash korxonasi bosh muhandisti” Jumabayev X.Q.

    Kirish
    Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 12 sentyabr kuni 9 oy va yil yakuni boʻyicha belgilangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga erishish, paxta-toʻqimachilik sohasida klasterlarni joriy etishni jadallashtirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda, paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini kengaytirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Joriy yilda 20 ta tumanda 164 ming gektar maydonda klaster usulida paxta yetishtirish yoʻlga qoʻyilib, bu tajriba dastlabki natijalarini bera boshlaganini ta’kidlab o’tdi.
    Yangi quvvatlarni tashkil etish va klasterlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish natijasida, 2019 yilda ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 78 foizi Oʻzbekistonda qayta ishlanadi. Bu ko’rsatkichni 2020 yilga borib, paxta tolasini toʻliq qayta ishlashga oʻtiladi. Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish ulushi 40 foizdan kamida 60 foizga yetkazilishi takidlab o’tildi.  Ushbu fikirlardan kelib chiqqan xolda “Paxta xom ashyosini tayyorlash saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” fanidan nazariy va amaliy bilimlarni kuchaytirish, ushbu fandan kurs ishini bajarish davrida talaba o’zining shu fan bo’yicha olgan bilimi asosida, paxta tozalash korxonasi ishlab chiqarish bo’limlarining tеxnologik jarayonini tashkil qilishni, rеjalashtirishni va paxta tozalash sanoati korxonalarining tеxnologik jarayonlarini loyixalash qonun-qoidalarini mukammal o’zlashtirishi.
    O’quv uslubiy majmuadan talaba keyingi yillarda davr talabiga ko’ra respublika paxta tozalash sanoatida yuz berayotgan o’zgarishlar joriy etilayotgan yanga texnologiyalar paxtani dastlabki ishlashda ko’proq va sifatli tola ishlab chiqarish bilan mahsulot tannarxini kamaytirish ogir qo’l mehnatini talab qiluvchi ishlarni mehanizatsiyalash tizimlarini shakillantirishga qaratilgan.
    Ushbu uslubiy majmua paxta tozalash korxonalari bo’limlarida ishlatiladigan tеxnologik uskunalardan foydalanishda tajribasi borligini, umumiy nazariy va muxandislik savollariga javob berishda katta yordam beradi.

    1-mavzu: fanning maqsadi va vazifalari. tO’QIMAChILIК SANOATINING PAXTA TOLASIGA BO’LGAN TALABI.

    Ma’lumki, qishloq xo’jalik mahsulotlari yilning muayyan mavsumida etishtiriladi, shu sababli ularni uzoq vaqt saqlash va qayta ishlashni tashkil qilmagan holda aholini yil bo’yi turli mahsulotlar bilan ta’minlash masalasini hal qilib bo’lmaydi. qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish ko’paygan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham takomillashtirilib borilmoqda, yangi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlanib, mahsulotni iste’molchilarga sifatli etkazib berishning eng so’nggi usullaridan keng foydalanilmoqda.


    Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yig’ish, tashish, saqlash va qayta ishlashni ilmiy tashkil qilinsa, bu boradi fan-texnika yutuqlari hamda ilg’or tajribalarga tayanib ish ko’rilsa, mahsulotni sifatli saqlashga va uni standart talablariga mos holda qayta ishlashga erishiladi.
    Etishtirilgan mahsulotlarni yig’ish, tashish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirishda malakali mutaxissislar tayyorlash ham muhim masala hisoblanadi.
    Ushbu fanni o’rganishdan asosiy maqsad, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasining nazariy asoslarini o’rganish, bu borada etishib chiqayotgan kadrlarga zamon talabiga mos bilim berishdan iborat. Shuningdek, qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashning takomillashgan usullarini muntazam ravishda o’zlashtirish, saqlash va qayta ishlashda bo’ladigan barcha jarayonlarni tushunishi va boshqara olishi, bu borada eng muhimi mahsulot sifatini yaxshilash, barcha jarayonlarning talab darajasida to’g’ri bajarilishini ta’minlash asos qilib olingan.
    Er yuzidagi xalqlar qishloq xo’jalik mahsulotlarini iste’mol qilishni boshlagandan buyon uni saqlash va qayta ishlash bilan shug’ullanib uni doimo rivojlantirib kelishgan. Mashaqqatli mehnat evaziga etishtirilgan mahsulotni nes-nobud qilmasdan hamda uning sifatini pasaytirmasdan saqlash, undan unumli foydalanish qadimdan inson ehtiyojlaridan biri bo’lib kelgan. Bunda turli xil zararkunandalardan himoya qilish to’grisida ham bosh qotirib kelishgan.
    Mamlakatimizning turli xududlarida olib borilgan arxeologik qazishmalar qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash quldorlik tuzumi davridayoq amalga oshirilganligi aniqlangan. Jumladan O’rta Osiyo sharoitida ham qadimdan qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga e’tibor berib kelingan. Mintaqamizda ob-havo yil va sutka davomida o’zgaruvchan bo’lganligi sababli go’sht, yog’, sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar tezda ayniydi, aksincha juda qattiq sovuqda esa sabzavot va mevalar muzlab o’z sifatini yo’qotadi. Shu sababli qadimdan bizning ota-bobolarimizni qishloq xo’jalik mahsulotlarini qay usulda saqlash muhim muammo bo’lib kelgan.
    Asosan quruq mahsulotlar tez buzilmaydigan mahsulotlar hisoblanib, ularni quruq joyda, shisha idishlarda, yopiladigan qog’oz qutilarda, miqdori ko’p bo’lgan mahsulotlarni (g’alla, em-xashak, Urug’liklar) usti yopiq ayvonlarda yoki omborlarda saqlab kelishgan.
    Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash usullari bo’yicha O’rta Osiyoda IX – XII asrlardayoq bir qator ulamolar bilim va tajribalariga tayanib, samarali jihatlarini o’z asarlarida yozib qoldirishgan. Bular, Ibn Al Haysam (965-1035), Ibn Xatib ar Roziy (1149-1209), Ibn Roshta (XII asr), Ibn Hammar (942 yilda tugilgan), Muhammad Ibn Bahrom (1149 yilda vafot etgan), Abu Hamid ibn Ali ibn Umar, Hasrat Mashhadiy Sayid Muhammad (XVII asr) kabilarning asarlarida ham qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tadbirlarini aytib o’tishgan.
    Hozirgi kunda fan va texnikaning jadal rivojlanishi barcha qishloq xo’jalik mahsulotlarining turli sharoitda tarkibini aniqlash imkonini berish bilan birga ularni etishtirish, saqlash va qayta ishlashning kompleks tadbirlarini yaratishga ham qulay sharoit yaratilmoqda.
    Respublikada paxtachilik - xalq xo'jaligining eng yirik tarmoqlaridan biri bo'lib, mamlakat iqtisodida, xalqning moddiy farovonligini yuksaltirishda katta ahamiyatga ega. Respublika iste'mol fondining katta qismi paxtachilik xom ashyosidan ishlab chiqariladigan sanoat mollaridan tashkil topadi.
    Sanoat va oziq-ovqat mollarini ishlab chiqarishda chigitli paxta eng kerakli xom ashyo turlaridan biri hisoblanadi. U o'zining ahamiyati jihatidan davlat iqtisodiyotida g'alla, oltin, neft va boshqag'oyat muhim xom ashyo turlari bilan bir qatorda turadi.
    Chigitli paxta - paxta tozalash korxonalari uchun xom ashyo, tolasi esa to'qimachilik, trikotaj, poyafzal, engil sanoat va boshqa tarmoqlar uchun yarim-fabrikat mahsuloti sifatida xizmat qiladi (1-rasm).
    Chigitdan - xalq iste'moli uchun tozalangan xar xii moy, uning chiqitlaridan glitserin hamda yog' kislotalari ishlab chiqariladi. Bulardan o'z navbatida sovun, kir yuvish poroshoklari, linolium, izolyatsiya lentalari, kinoplenka, klyonka, suv o'tkazmaydigan mato, sun'iy ten' va sun'iy kauchuk olinadi. Maxsus kimyoviyusulda ishlangan paxta momiqidan (lintdan) sellyuloza, undan esa sun'iy ipak olinadi.
    Gidroliz s'anoatida shulxadan foydalaniladi: 1 tonna shulxadan 150 kg fufurola olish mumkin, bu esa smola va plastik massa sintetik tola, dori preparatlari uchun xom ashyo bo'lib hisobladi.

    1- rasm. Paxta g'o'zasidan olinadigan mahsulotlar

    Download 39.93 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




    Download 39.93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi qishloq va suv

    Download 39.93 Mb.