2-TAJRIBA ISHI
MAVZU: QURITILGAN MEVALAR OLISH UCHUN XOM-ASHYO
MIQDORINI HISOBLASH
Mashg’ulotning maqsadi. Quritilgan mahsulot turlari va ularni quritish
uchun xom-ashyo sifatida qo‘llaniladigan meva-sabzavotlarning navlari bilan
tanishish. Tayyor mahsulot olish uchun zarur xom-ashyo
miqdorini hisoblashni
o‘rganish.
Kerakli jihozlar va materiallar. Tarozi, refraktometr, pichoq,
idishlar,
meva-sabzavot namunalari.
Ishning
nazariy
asoslari.
Meva-sabzavotlarni
quritish
jarayonida
foydalaniladigan xom-ashyo va olingan tayyor mahsulot muntazam texnik-
kimyoviy nazoratdan o‘tkazilib turiladi. Bunda texnologik ishlab chiqarishning har
bir bosqichida sodir bo‘layotgan yo‘qotishlar aniqlanadi. Xom-ashyo va tayyor
mahsulotning sifati mavjud standartlar yoki texnik shartlar (TSh) talablariga ko‘ra
aniqlanadi. Texnologik jarayonda foydalanilayotgan
xom-ashyo sarfini nazorat
qilish maqsadida har smenada xar bir turdagi xom-ashyo partiyasidan og‘irligi 5-
10 kg bo‘lgan 2-3 ta o‘rtacha namuna olinadi. Olingan o‘rtacha namuna asosida
quyidagilar aniqlanadi:
- xom-ashyoga beriladigan texnologik ishlov berish usuliga muvofiq ruxsat
etilgan chiqindi chiqish miqdorining mosligi;
- xom-ashyo tarkibidagi quruq modda miqdori.
Bundan tashqari tayyor mahsulot sifatini
va undagi namlik miqdorini
aniqlash uchun ham olingan tayyor mahsulot partiyasidan 1 kg miqdorda namuna
olinadi. Quritilgan mahsulot olishda texnologik jarayonda ruxsat etilgan
yo‘qotishlar va chiqindilarning asosiy solishtirma og‘irligini xom-ashyoni
tozalashda sodir bo‘ladigan po‘stloq va boshqa chiqindilar tashkil etadi.
Shuning
uchun har bir xom-ashyodan olingan namuna asosida chiqindilar miqdori foizlarda
aniqlanadi.
Xom-ashyo tarkibida mavjud quruq modda, chiqindilar miqdori,
hamda
tayyor mahsulot tarkibidagi namlik miqdorini bilgan holda 1 tonna tayyor
mahsulot olish uchun zarur bo‘lgan xom-ashyo miqdorini va tayyor mahsulot
chiqish miqdorini foizlarda aniqlash mumkin.
1 tonna tayyor mahsulot chiqishi uchun zarur xom-ashyo miqdorini quyidagi
ifoda orqali aniqlaymiz:
100 * С2
А = (100 — Р) * С ; (1)
B = (100 — Р) * С; (2)
С*
Bu yerda:
A - 1 tonna tayyor mahsulot olish uchun zarur xom-ashyo miqdori (tonnada);
B - tayyor mahsulot chiqish miqdori (xom-ashyo massasiga nisbatan foizda);
С1 - xom-ashyo tarkibidagi quruq modda miqdori (%);
С2 - tayyor mahsulot tarkibidagi quruq modda miqdori (%);
Р - olingan namunalar asosida aniqlangan chiqindilar va yo‘qotishlar miqdori
(%).
1 tonna tayyor mahsulot uchun zarur xom-ashyo
miqdorini quritilgan
mahsulot tarkibidagi namlik miqdorini bilgan holda, ya’ni quritilgan kartoshka
namligi 10-12%, quritilgan sabzavotlar namligi 10-14%
va quritilgan mevalar
namligi 20% etib belgilandi (1-rasm).