2.1-rasm. Quritilgan maxsulot assortimenti.
Quyida ifodalar va yuqoridagi rasmlardan foydalanib zarur xom-ashyo
miqdorini aniqlash misolining ikki namunasini keltirib o‘tamiz.
1-misol: Mevalarni quritishda korxonada po‘stloqni qo‘lda tozalash va
bo‘laklangan holda quritishdan oldin blanshirlash jarayonini qo‘llamoqda. Bunday
hollarda mavjud normativlarga ko‘ra 1 tonna tayyor mahsulot olish uchun zarur
xom-ashyo miqdori 7 tonnadan oshmasligi zarur. Xom-ashyo sifatini aniqlash
uchun olingan namuna tahlili shuni ko‘rsatdiki 1 kg. namunadan chiqindilar
miqdori 0,1 kg. chirigan olma, 0,15 kg. po‘stloqqa, ya’ni umumiy yo‘qotish
miqdori 0,25 kg.ni yoki 25% ni tashkil etdi. Xom-ashyo tarkibidagi namlik 75% ni,
quruq moddalar miqdori 25% ni tashkil etadi. Quritilgan olma namunasi tahlili esa
tayyor mahsulot tarkibidagi quruq modda miqdori 88% ni va namlik 12% ni tashkil
etishini ko‘rsatdi. 1 tonna tayyor mahsulot olish uchun zarur xom-ashyo miqdorini
aniqlash uchun olingan natijalarni 1 ifodaga qo‘yib hisoblaymiz.
100 * C
2
100 * 88,0
А = (100 - Р) * Cl = (100 - 25) * 25,0 = 4'7 tonna
Tarkibidagi namlik 12% bo‘lgan 1 tonna quritilgan olma olish uchun zarur
xom-ashyo sarfini aniqlaymiz.
Quritilgan olma namligi 12%, quritishga kelgan xom-ashyodagi chiqindi va
yo‘qotishlar miqdori 25% va namlik 75% bo‘lgan holatda 1 tonna quritilgan tayyor
mahsulot olish uchun 1-jadvaldan foydalanib, ya’ni jadvaldagi 25% yo‘qotishlar va
chiqindilar ustunning va 25% quruq modda ustunining kesishmasidagi ma’lumotni
aniqlaymiz. Lekin 1-jadvalimizda chiqindilar va yo‘qotishlar grafasida 24 va 26
foizli ko‘rsatkichlarda zarur xom-ashyolar miqdori mavjud.
2.1-jadval
O‘zlashtirish uchun savollar:
1. Olmadan olinadigan quritilgan mahsulotlarni qisqacha ta’riflab bering?
2. O‘rikdan olinadigan quritilgan mahsulotlarni qisqacha ta’riflab bering?
3. Respublikaning qaysi tumanlarida meva-uzumdan qanday quritilgan
mahsulotlar olinadi?
4. Sun’iy va tabiiy quritish usullarida olinadigan mahsulotlar orasidagi farq
nimada?
5. Yuqoridagi olinadigan quritilgan mahsulotlar uchun qanday usullar loyiq
hisoblanadi, ularga misol keltiring?
6. Qoqi tayyorlashda meva xom-ashyosining qanday ko‘rsatkichi asosiy
ko‘rsatkich hisoblanadi?
7. Quritishda tayyor mahsulot chiqish miqdori xom-ashyoning qanday
ko‘rsatkichi ta’sir ko‘rsatadi?
8. Tayyor mahsulot chiqish miqdorini oldindan hisoblash orqali
aniqlashdan qanday maqsad ko‘zlanadi?
9. Qadim zamonlarda O‘rta Osiyo hududiga uzumni quritishning qaysi
usullari mavjud bo‘lgan?
10. Quritishning shtabel usuliga izoh bering?
№
Xom-ashyo
nomi
Quritilgan
mahsulot
miqdori,
tonnada
Xom-ashyo
tarkibidagi
quruq modda
miqdori (Ci),
%
Tayyor mahsulot
tarkibidagi quruq
modda miqdori
(C2), %
Tayyor
mahsulot
tarkibida
gi namlik
miqdori, %
Yo‘qotish
lar va
chiqindi
lar
miqdori
(P), %
1
Olma
5,5
20
88
12
33,7
2
Nok
10
22
88
12
33,7
3
Uzum
20
22
92
8
42,9
4
Bexi
30
13
87
13
28,0
|