• “AGRO SHOMANAY KLASTER” mas’uliyati cheklangan
  • “AGRO SHOMANAY KLASTER” mas’uliyati cheklangan
  • Boshqarma boshlig‘i A.Yusupov Agarda
  • O‘zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoraqalpog’iston respublikasi boshqarmasi




    Download 37.03 Kb.
    bet1/2
    Sana02.02.2024
    Hajmi37.03 Kb.
    #150649
      1   2
    Bog'liq
    205 KLASTER
    Tabiat 3-sinf, 4-amaliy mashg`ulot topshirig`i, 5-Mavzu, SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH, Soliq akademiyasi, Tarmoq qarshiliklarini o‘zgartirib kuchlanishni rostlash (1), 413da8b1a6c07fcd714727d8596c5234 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DAM OLISH DAQIQALARI (1), xNvvdUVa3HPnda6wZoNziej6LkJAqJYP1QuyNOPq, 1, БаённомаДадахон Word, 1 (2), 1win, 1-mustaqil ish Kilichov Signallar tayyor, 1-mustaqil talim 6-semestr (4)





    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO’JALIGI VAZIRLIGI
    HUZURIDAGI AGROSANOAT MAJMUI USTIDAN NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI
    BOSHQARMASI

    230300, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko’chasi, 100-uy. Tel: (998 61) 222-31-00. Faks: (99861) 222-31-06.


    e-mail: infoqqr@agroin.uz, www.agroinspeksiya.uz

    2024 yil «____» fevral 11/24 -________ -son


    “AGRO SHOMANAY KLASTER”
    mas’uliyati cheklangan jamiyati
    rahbari X.Musirovga
    K O‘ R S A T M A
    Qonunchilik talablariga
    rioya qilish
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyul kungi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
    575-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 2-bob “y” kichik bandining 4-xat boshida Inspeksiyaning asosiy vazifalariga davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shakllaridan qatiy nazar yuridik shaxslar va ularning mansabdor shaxslariga hamda jismoniy shaxslarga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish;
    Mazkur nizomning 12-band “g” kichik band, ikkinchi xatboshisiga muvofiq Inspeksiyaga mulkchilik shaklidan qatiy nazar paxtani qayta ishlash korxonalari tamonidan paxta xom ashyosini qabul qilinishi, qayta ishlanishi va saqlanishi hamda realizatsiya qilinishi, beshinchi xatboshisiga ko‘ra esa nobudgarchilik bo‘yicha belgilangan normalarining to‘g‘ri va asosli qo‘llanilishi va mahsulotning chiqishi normalariga hamda sifatiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish funksiyasiyalari yuklatilgan.
    Shuningdek, qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2023 yil 12 dekabrdagi
    «Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-205-son Farmoni qabul qilingan.
    Mazkur farmonga muvofiq 2024 yil hosilidan boshlab paxta xom ashyosini yetishtiruvchi xo‘jaliklar va klasterlar o‘rtasida paxta xom ashyosini yetkazib berish bo‘yicha fyuchers shartnomalari tuproq hosildorligi normativlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining “paxta xom ashyosi seksiyasi”da har bir hudud bo‘yicha alohida o‘tkaziladigan savdolar natijalariga ko‘ra tuzilishi.
    –paxta xom ashyosini yetishtirish, paxta yig‘im-terimi va xaridini qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining kredit resurslari hisobidan moliyalashtirishi;
    –etishtirilgan paxta xom ashyosini birja sovdolarida sotish bo’yicha yangi tizim joriy qilish belgilangan.
    –klasterlar va boshqa to‘qimachilik korxonalari tamonidan paxta xom ashyosi to‘liq elektron tarozi orqali qabul qilish hamda ishlab chiqarilgan paxta tolasini avtomatlashgan majburiy hisobga olish tizimi joriy qilish;
    –paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlar (chigit, lint va o‘lik paxta) to‘liq hajmda birja orqali sotish;
    –qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, paxta, texnik chigit va qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning muvofiqligini baholash organlarida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash hamda metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan bir yilda bir marta O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan davlat nazorati amalga oshirilish; 
    –elektron tarozi orqali qabul qilingan paxta xom ashyosi va ishlab chiqarilgan paxta tolasini avtomatlashgan majburiy hisobga olish tizimini joriy qilish va uni «Agroplatforma» axborot tizimiga integratsiya qilish belgilangan.
    Yuqoridagi talablardan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni bozor tamoyillari asosida takomillashtirish, tarmoqda sog‘lom raqobat muhiti shakllantirish maqsadida Sizdan
    “AGRO SHOMANAY KLASTER”
    mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatini sohaga oid qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari hamda Hukumat qarorlarida belgilangan talablar va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etgan holda amalga oshirishingizni so’rayman.
    Boshqarma boshlig‘i A.Yusupov


    Agarda, klaster faoliyatini sohaga oid qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari hamda Hukumat qarorlarida belgilangan talablar va qoidalarga hamda qonunchilik talablariga rioya etmasdan amalga oshirsangiz yoki qonun buzilishlariga yo'l qo'ysangiz, aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishlar bo'yicha qonunda belgilangan tartibda chora qollanilishi mumkin.



    Download 37.03 Kb.
      1   2




    Download 37.03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoraqalpog’iston respublikasi boshqarmasi

    Download 37.03 Kb.