§ 2. Shaharsozlik faoliyati sifatini va xavfsizligini oshirish




Download 90.47 Kb.
bet6/14
Sana31.07.2021
Hajmi90.47 Kb.
#16273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
§ 2. Shaharsozlik faoliyati sifatini va xavfsizligini oshirish

Bino va inshootlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanishning zamonaviy standartlari mavjud bo‘lganda hamda shaharsozlik faoliyati subyektlari ularga rioya qilganda bino va inshootlarning lozim darajadagi sifatini va xavfsizligini ta’minlash mumkin bo‘ladi. Shuningdek, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda mehnatni muhofaza qilish, qurilish obyektlarida baxtsiz hodisalarning oldini olish tizimlarini takomillashtirish zarur.

Ushbu yo‘nalishda Strategiyani amalga oshirishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:

a) bino va inshootlarni loyihalashtirish va qurish qismida texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish eng yaxshi xorijiy tajribani inobatga olishi lozim;

b) bino va inshootlar inson salomatligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, xavfsizlik va obodonlashtirish talablariga muvofiq bo‘lishi kerak;

v) bino va inshootlar shunday loyihalashtirilishi va qurilishi kerakki, toki ularning maksimal darajada uzoq yashashi ta’minlansin;

g) binolar, inshootlar va jamoat maskanlarini loyihalashtirish va qurish qismida texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar quyidagilar bo‘yicha talablarni nazarda tutishi lozim:

bino va inshootlarning arxitektura parametrlari va estetik tavsiflari;

bino va inshootlarning konstruktiv mustahkamligi, barqarorligi va ishonchliligi;

bino va inshootlardan foydalanish davrida yong‘in xavfsizligi, salomatlik va atrof-muhitni muhofaza qilish, xavfsizlik;

binolar, inshootlar va jamoat maskanlaridan imkoniyatlari cheklangan shaxslarning foydalanishi mumkinligini ta’minlash;

binolarning energiya tejamkorligi va ularning shovqindan himoya qilishi;

bino va inshootlarda qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish.

Bayon etilganlar munosabati bilan Strategiya doirasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi:

1) hududlarning geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda texnik tartibga solish sohasidagi milliy hujjatlarni xorijiy normativ hujjatlar bilan uyg‘unlashtirish;

2) bino va inshootlarning xavfsizligi va energiya tejamkorligini oshirish, obyektning hayotiy davri mobaynida innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga yo‘naltirilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;

3) bino va inshootlar konstruksiyalari va asoslarining, shu jumladan murakkab tabiiy va tabiiy-texnogen sharoitlardagi yong‘in va mexanik xavfsizligi bo‘yicha talablarni o‘z ichiga oluvchi bino va inshootlarning xavfsizligi bo‘yicha umumiy texnik reglamentni ishlab chiqish;

4) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida ma’lumotlar bazalariga axborotni jamlagan holda, tayanch konstruksiyalarning “o‘zini tutishi”ni kuzatib borishga, o‘z vaqtida baxtsiz hodisalarning oldini olishga va xavfsizlikni oshirishga yo‘naltirilgan bino va inshootlarning konstruktiv elementlarini “buzmaydigan nazorat qilish” tizimlarini joriy etish;

5) jahon tajribasini o‘rganish asosida loyiha-qidiruv va qurilish faoliyatiga xavf-xatarlarni sug‘urta qilish tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish;

6) davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshiruvchi, loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazuvchi, shuningdek, qurilish sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organlar va tashkilotlarning xodimlarini davriy attestatsiyadan o‘tkazish tizimini joriy etish;

7) yetakchi xorijiy arxitektorlar, muhandis-konstruktorlar va quruvchilarni jalb qilgan holda arxitektura va qurilish sohasida treninglar, seminarlar, mahorat darslari, o‘quv kurslarini tashkil etishda nodavlat notijorat tashkilotlari, xususan O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi, O‘zbekiston Muhandislar-konsultantlar uyushmasi rolini oshirish;

8) injiniring xizmatlarini ko‘rsatishda (shu jumladan mualliflik va texnik nazorat) “autsorsing” tamoyillarini joriy etish;

9) loyiha va pudrat ishiga “ustoz-shogird” tamoyillarini tatbiq qilish;

10) shaharsozlik faoliyatining barcha ishtirokchilari (buyurtmachi, loyihachi, pudratchi, foydalanuvchi tashkilot) tomonidan qurilish obyekti hayotiy davrining barcha bosqichlarida axborot modellashtirishning zamonaviy texnologiyalari qo‘llanilishini rag‘batlantirish;

11) Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi 167-son Konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi choralarini ko‘rish;

12) qurilish maydonchalarida potensial tahdidlarni aniqlash, kasbiy xavf-xatarlarni baholash, nazorat qilish va boshqarishni nazarda tutuvchi mehnat xavfsizligi standartlari va ISO : 45001 xalqaro standarti tizimiga muvofiq Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini qurilish tarmog‘i obyektlarida joriy etishni ta’minlash;

13) Xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasining (ISSA) konsepsiyasini joriy etishga asoslangan “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish” dasturini ishlab chiqish;

14) mehnat xavfsizligi va gigiyenasi masalalari bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalarni kelgusida rivojlantirish maqsadida qurilish pudrat tashkilotlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislari malakasini oshirish va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassisning malaka sertifikatini olish tizimini joriy etish;

15) xodimlarning ish joylarida xavfsizlik va gigiyena talablariga rioya qilish masalalarida ishtirok etishi orqali kadrlarga investitsiya qilish, motivatsiya tizimini joriy etish.

§ 3. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi ma’muriy tartib-taomillarning samaradorligi, ratsionalligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, qurilish tarmog‘i tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish

Shaharsozlik faoliyati sohasidagi ma’muriy tartib-taomillarning samaradorligi, ratsionalligi va shaffofligi ishchanlik va investitsiya muhiti yaxshilanishining garovi hisoblanadi. Ruxsat berish tartib-taomillarining izchil takomillashtirilishi ruxsatnomalar tizimini erkinlashtirish va isloh qilish uchun mustahkam poydevor, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Strategiya doirasida ma’muriy tartib-taomillarning samaradorligi, ratsionalligi va shaffofligini quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali ta’minlash nazarda tutiladi:

1) “Biznes yuritish” xalqaro indeksida “Qurilishga ruxsatnomalar olish” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyasini yaxshilash;

2) shaharsozlik faoliyati subyektlari uchun litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish;

3) tadbirkorlik faoliyati obyektlarini qurish uchun yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish;

4) elektron tender platformasi hamda loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini joriy etish orqali loyiha va pudrat ishlarining davlat xaridlari tartib-taomillarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish;

5) nodavlat tashkilotlari tomonidan loyihalashtirish va qurilish sohasidagi mutaxassislarni kasbiy sertifikatlashtirish, shuningdek, ushbu nodavlat tashkilotlarining Qurilish vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilinishi tizimini joriy etish;

6) zarur hollarda xalqaro moliya institutlari, xalqaro konsalting kompaniyalari va xorijiy ekspertlar bilan hamkorlik qilish orqali qurilishda narx shakllanishi tartibini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va tegishli yechimlarni ishlab chiqish;

7) loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning “hajm” uslubini bosqichma-bosqich joriy etish va uning asosida shaharsozlik faoliyati subyektlari (buyurtmachi, loyihachi va pudratchi) tomonidan qurilish-montaj ishlarining amalga oshirilishi:

I bosqich — “resurs” va “hajm” uslublarini solishtirish va uning natijalariga ko‘ra “hajm” uslubini joriy etish bo‘yicha takliflarni tayyorlash;

II bosqich — markazlashtirilmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida “hajm” uslubini tajriba-sinov tarzida qo‘llash;

III bosqich — shaharsozlik faoliyati subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda “hajm” uslubini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

8) qurilish materiallarining batafsil texnik tavsiflarini ko‘rsatish (identifikatsiya qilish) uchun mo‘ljallangan “Qurilish materiallari milliy klassifikatori” elektron platformasini joriy etish;

9) qurilish qiymatini aniqlashning bozor tamoyillari hamda buyurtmachi, loyihachi va pudratchi o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarga asoslangan muqobil mexanizmlarini parallel ravishda ishlab chiqqan holda loyihaoldi va loyiha hujjatlarining smeta qismini davlat ekspertizasidan o‘tkazishga doir talablarni bekor qilish;

10) davlat va unga tenglashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha qurilish sohasidagi texnik buyurtmachilar tizimini xususiy tadbirkorlik subyektlarini texnik buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirishga jalb qilish hisobiga tubdan isloh qilish;

11) buyurtmachi funksiyalarini amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan loyihalarni boshqarishning zamonaviy uslublari (benchmarking, ERP-tizimlari, hodisalarni modellashtirish va boshqalar) qo‘llanilishini rag‘batlantirish;

12) loyiha tashabbuskorlari (yuridik va jismoniy shaxslar) uchun loyihani boshqarish bo‘yicha zamonaviy xizmatlarni (buyurtmachi xizmatlari, injiniring xizmatlari va boshqalar) ommalashtirish;

13) quyidagilar orqali davlat loyiha institutlarini transformatsiya qilish:

davlat loyiha-qidiruv tashkilotlarini moliyaviy va texnologik auditdan o‘tkazish uchun xorijiy ekspertlarni jalb qilish;

har bir davlat loyiha instituti bo‘yicha rivojlantirishning tijorat konsepsiyalarini, shu jumladan texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish;

investitsiyalar jalb qilish va (yoki) qurilish tashkilotlarining davlat loyiha tashkilotlari bilan kooperatsiyasini ta’minlash maqsadida investorlar qidirish hamda investorlar va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan qurilish kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazish;

loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatida davlat ishtiroki ulushini qisqartirish;

14) ko‘chmas mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng ipoteka obyektini rasmiylashtirish sharti bilan tijorat banklari tomonidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish davrida beriladigan, qurilishning ulushli ishtirokchilarining ipoteka krediti mablag‘lari hisobiga qurilish pudrat tashkilotlarini moliyalashtirishni tezlashtirish imkoniyatini ta’minlash;

15) istiqbolli shaharsozlik salohiyatiga ega bo‘lgan, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infrastrukturasining yetarli quvvati bilan ta’minlangan ko‘p kvartirali uylarni qurish uchun yer uchastkalarini quyidagilarni hisobga olgan holda auksionga qo‘yish:

aholi tomonidan uy-joy mulkining istiqbolda sotib olinishiga prognoz ehtiyojni o‘rganish va tahlil qilish;

investorlar tomonidan tegishli investitsiya shartlarining kafolatlangan tarzda bajarilishini ta’minlovchi talablarni qo‘yish;

16) ulushli ishtirok etish asosida uy-joy qurishni imtiyozli kreditlash uchun xalqaro moliya institutlari mablag‘larini faol jalb qilish siyosatini davom ettirish;

17) xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda va istiqbolda urbanizatsiya jarayonlarini chuqur tahlil qilish asosida investorlarga uy-joy komplekslarini yaratish loyihalarini amalga oshirishni taklif qilishga yo‘naltirilgan respublika mintaqalaridagi seliteb hududlarni rivojlantirishning tijorat konsepsiyalarini ishlab chiqish;

18) xomashyo resurslarini tejashga yo‘naltirilgan sanoat, qurilish va qattiq maishiy chiqindilarni chuqur qayta ishlash orqali qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarishga joriy etish;

19) qurilishda energiya jihatidan samarador va energiya tejamkor materiallarni (gazobeton, penobeton, polistirolbeton, bazalt asosida issiqlik saqlovchi materiallar, polistirol bilan to‘ldirilgan sendvich panellar va boshqalar), asbob-uskuna va priborlarni (quyosh panellari va konvektorlari, mavjudlik va harakat datchiklari, termoregulyatorlar, elektron santexnika va boshqalar) qo‘llashni kengaytirish;

20) bino va inshootlarning energiya tejamkorlik sinflari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirgan holda ularning energetik auditi tizimini keng joriy etish;

21) keyinchalik eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqargan holda tabiiy dekorativ va pardozlash toshlari (granit, marmar, travertin va boshqalar) zaxiralarining yangi konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish;

22) an’anaviy loy g‘isht o‘rnini bosuvchi muqobil qurilish materiallari zaxirasi mavjudligi va ularni qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish;

23) resurs tejamkor texnologiyalarni, tabiiy gaz o‘rnini bosuvchi yonilg‘i-energetika resurslarining qayta tiklanadigan va muqobil turlarini qo‘llagan holda qurilish materiallarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish;

24) qurilish maqsadidagi tayyor mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasini oshirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;

25) energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llagan holda qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayonlari joriy etilgan korxonalarni rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;

26) eng yaxshi xorijiy tajribani o‘rganishni hisobga olgan holda tashkilotlar kooperatsiyasi asosida klaster qurilish tizimini (ishlab chiqarish-qurilish, investitsiya-qurilish va loyiha-qurilish klastyerlari) joriy etish;

27) klaster usulida tajriba almashish hamda qurilish-montaj jarayonlarining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha ustalar va tor malakali mutaxassislarni o‘qitish tizimini tatbiq qilish.



Download 90.47 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 90.47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ 2. Shaharsozlik faoliyati sifatini va xavfsizligini oshirish

Download 90.47 Kb.