TCP (Transmission Control Protocol) uztishlarni boshqarish protokoli va IP
(Internet protocol) tarmoqlararo protokol. Ko'pincha birlashtiriladigan tarmoqlarga
tarmoq osti deb ataladi va birlashgan tarmoq intertarmoq yoki Internet deb ataladi.
Internet protokollarining texnik spetsifikatsiyasi RFC (Request for Comments)ning
hujjatlari shaklida chiqariladi.
RFCning hujjatlari Internetda, masalan,
http://www.rfc-editor.org saytidada chop etiladi.
7.1-rasm. TCP/IP stekining tuzilishi
TCP/IP protokollari steki modeli 4 ta sathdan iborat (RFC 1122).
Tarmoq interfeyslari sathi “mahalliy” texnologiyalar asosida qurilgan tarm
oqlarni murakkab tarmoqlarga birlashtirishni ta’minlaydi. Mahalliy texnologiyala
r deganda mahalliy tarmoql (tarmoq osti)larning qurilish texnologiyalari va nuqta
-nuqta kanallari tushunliladi.Bu sathning asosiy vazifasi quyidagilar:
deytagrammalarni qabul qilishga va ularni aniq tarmoq bo’yicha uzatishga javob
beradi;
tarmoq tarkibiga kiruvchi tarmoq texnologiyalarining o’zaro aloqasini tashkil qili
shga javob beradi;
OSI modelining fizik va kanal sathlaridan farqli ravishda tarmoq interfeyslari sath
i fizik va kanal sathlarida ma’lumotlarni uzatish prinsiplarini aniqlamaydi.