protsessor
1 gigagertsli x86 yoki x86-64 (32 bit
yoki 64 bit)
Operativ xotira
1 GB (32 bit) / 2 GB (64 bit)
Grafik karta
DirectX 9.0, WDDM 1.0 yoki undan
yuqori
VRAM xotirasi
128 MB
Qattiq diskdagi bo'sh joy miqdori
16 GB (32 bit) / 20 GB (64 bit)
Windows 7 ning hozirga qadar 6 turi chiqarilgan:
1. Windows 7 Началная (Asosan noutbuklar uchun)
2. Home Basic
3. Home Premium
4. Professional
5. Enterprise (kopirativ mijozlar uchun)
6. Ultimate
Windows 7 operatsion tizimini yaratish ustida 2500 kishi ishlagan.
Microsoft korporatsiyasi Win7 ustida ish boshlaganida, xato qilishga haqqi
yo‘qligini anglab turardi – yaqindagina chiqqan Windows Vista tizimi xatoliklari
ko’pligi sababli tanqidlarga duchor bo‘lgan. Shu boisdan ham Windows 7 undagi
xatoliklarni to‘g‘rilashi va kompaniyaning tushib ketgan nufuzini ko‘tarib berishi
lozim edi.
Buning uchun IT-gigant ikki yarim minglik xodimlarini bu ishga jalb
etgan.Ommaviy axborot vositalarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Microsoft har biri
100 kishilik 25 ta guruh tashkil etgan, ular qatorida dasturchilar, testerlar va
menejerlar bo‘lgan. Har bir yuztalik guruh o‘ziga qarashli qism ustida ishlagan.
Endi esa Windows 7 ning foydali va kamchlik tomonlarini ko’rib chiqamiz.
Kamchilik tomonlari:
Eng muhim kamchilik tomonlardan biri bu Windows 7 2020-yil yanvardan
dasturiy yangilanishlar to’xtalib qo’yilganidir. Umuman olganda, Windows 7
tizimli kompyuter va noutbuklar hali ishlashda davom etaveradi, ammo ularda
tizimning o‘zi yangilanmaydi, xavfsizlik patchlari chiqarilmaydi va bora-bora
ushbu tizim uchun yangi dasturlar chiqmay qoladi. Help Net Security
kompaniyasining kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari Windows 7 operatsion
tizimi ostidagi kompyuter va noutbuklarga qilinayotgan hujumlarning birdaniga
oshib ketganini aniqlashgan. 2020 yilning dastlabki ikki oyidayoq xakerlarning bu
tizimli qurilmalarga qiziqishlari naq 2,25 karra yuqori bo‘lgan. Bunda viruslarning
93,6 foizi har bir kompyuter uchun betakror bo‘lgan – bu esa kuzatuvlar tarixidagi
eng yuqori ko‘rsatkichdir!. Bularning hamasi xavfsizlik yangilanishlari
olinmayatganini sabab qilib keltirish mumkin . Ma’lumotlar yo’qolishini oldini
olish uchun Windows 7 ni o’rnatmaslikni maslahat beramiz. Webroot hisobotida
bu borada, jumladan, shunday deyilgan:
«Garchi 2017 yili oldingi yildagiga nisbatan kamroq ziyonkor fayllar aniqlangan
bo‘lsa-da, operatsion tizimlar kesimida qaralganida, raqamlar statistikasi
hayratlanarli ko‘rinadi. 2017 yilda ziyonkor dasturiy ta’minot sifatida aniqlangan
fayllarning umumiy miqdoridan faqat 15 foiz qismigina Windows 10 tizimli
kompyuterlarda qayd etilgan. Viruslarning 63 foizi esa hozirgacha biznes uchun
eng ommabop hisoblanib kelayotgan Windows 7 tizimli qurilmalarda aniqlangan.
Windows 10 uchun har bir qurilmaga o‘rtacha 0,04 ziyonkor fayl to‘g‘ri kelsa,
Windows 7 tizimi uchun bu ko‘rsatkich 0,08’ga teng».
Shuningdek, Webroot dokladida xabar qilinishicha, Windows 10 Home talqini
Windows 7 Home talqiniga nisbatan naq ikki baravarga xavfsiz ekan. 2017 yilda
oddiy foydalanuvchilar orasida Windows 10 tizimli qurilmalar uchun o‘rtacha 0,07
virus to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Windows 7’da ishlovchi kompyuterlarga o‘rtacha 0,16
virus, Windows XP tizimlilariga esa – 0,17 virus to‘g‘ri kelgan.
Bulardan tashqari, mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘tgan yilning boshida yuzdan
oshiq mamlakatlarda 200 milliondan ziyod kompyuterni zararlagan WannaCry
virusi Windows 10 tizimli kompyuterlarga umuman ziyon yetkazgan emas.
Mazkur dasturiy ta’minotdan zarar ko‘rgan qurilmalarning mutlaq ko‘pchiligi
Windows 7 tizimi boshqaruvi ostidagi kompyuterlar bo‘lgan.
Shu ma’lumotlardan so’ng Windows 7 ning qanchalik xavfli ekanini ko’rishimiz
mumkin.
Windows 7 ning foydali tomonlaridan esa bu albatta tizimning ishlashga qulayligi
va dasturiy taminotning “yengilligi”. Eski modeldagi kompyuter va noutbuklarga
albatta bu tizim ishlashi stabilroq bo’ladi. Yana bir “plus” tomonlardan biri bu
dasturiy ta’minotning foydalanish bepulligi. Windows 7 ning grafik interfeysi ham
qulay va sodda.
WINDOWS operatsion sistemasining grafik interfeysi.
Obyektning belgilanishi-obyekt nomi va nishoni. WINDOWS ekrani elementlari;
ishchi stoli, masalalar paneli,“Ishga tushirish” paneli.
Ishchi stoli-bu ekranning asosiy qismi, unda fayl va papkalar kabi muxim
obyektlar joylashgan.
“Mening kompyuterim”, “Tarmoqlar aro boglanish”, “Savatcha”, “Internet”,
“Portfel” ish stolidagi asosiy obyektlar bilan tanishib chiqamiz. Masalan: “Mening
kompyuterim”-tashqi xotira qurilmasi bilan ishlash (disk va diskyurituvchilar
bilan) xamda kompyuter parametrlarini sozlash imkonini beradi.
“Tarmoqlar aro bog‘lanish”-bu lokal xisoblash tarmog‘iga ulangan kompyuterlar
bilan ishlash, shu bilan birga o‘zaro axborot uzatishga ko‘maklashadi.
“Savatcha”- o‘chirilgan obyektlarni saqlash uchun maxsus papka.
“Internet” (Internet Explorer)-Internet global axborot tarmoqlari ishi uchun
dasturlar.
“Ishga tushirish” tugmasi kompyuterdagi mavjud dasturlarni ishga tushirishga
xizmat qiladi.
Shu bilan birgalikda windowsni ishlatish ham juda oson.
WINDOWS ishchi stoli tafsilotlari. Ish stolida foydalanishning asosiy usullari.
Kontekst menyu-belgilangan obyekt ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan xarakatlar
ro‘yxati.Xar qanday obyektning kontekst menyusini chaqirish uchun klaviatura
maxsus tugmachasi yoki “sichqoncha”ning o‘ng tugmasini bosish kifoya.Ishchi
stolini kontekst menyusini chaqirish “sichqoncha”ning o‘ng tugmasini stol
tekisligida xarakatlantirmok bilan amalga oshiriladi.
Xulosa
Biror narsaga xavotir bo'lish uchun risklar, xavfli muhitda yoki faoliyatda mumkin
bo'lgan zararlarni tushuntiradi. Bilan tushuntirilgan risklar kompyuter
tarmoqlariga, dastur va tizimlarga, ma'lumotlarga, tadbirlarga, tashkilotlarga yoki
insonlar uchun yetarli ta'sir qilishi mumkin.
Jamiyatning ko'p yildan beri Windows 7-ni qo'llab-quvvatlashni to'xtatganligi
sababli, operatsion tizimni yangilash va xavfni ta'minlash katta ahamiyatga ega.
Agar mumkin bo'lsa, yangi Windows-versiyasiga o'tishni inobatga oling, chunki
yangi versiyalar xavfli muhitingizni ta'minlashda ko'proq imkoniyatlar taqdim
etadi.
|