Bulutli hisoblash tizimining xususiyatlari




Download 387,72 Kb.
bet3/7
Sana12.02.2024
Hajmi387,72 Kb.
#154849
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish.O\'roqov Shohrux
Mavzu Xalqaro baholash, Amaliy ish Jahongir 8-9-10, kkzLv4BsxdCMGbwbKqZJ5IfeVPGPga75u8jPRC73, BASLAWİSH SLAYD, Мустақил ишларнинг янги мавзулари

2 Bulutli hisoblash tizimining xususiyatlari


Korxonaning yoki shaxsiy foydalanuvchilarning kompyuterlari internet yoki bulut tarmog’iga ulanar ekan, bilish lozimki, unda ruhsatsiz ulanishlar amalga oshirilishi mumkin. Bulutda saqlanayotgan yoki qayta ishlanayotgan axborotlar bizga fizik ko‘rinishda foydalanishga imkoniyat bo‘lmasada, ammo bulut provayderlari yoki xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining hodimlariga kirishga ruhsatlari bo‘lishi mumkin. Ya’ni ular ma’lumotlarga aktiv hamda passov hujumlarni amalga oshirishlari mumkin.
Bulutli hisoblash tizimlarining imkoniyatlarini sanaydigan bo‘lsak, ushbu tahditlar bartaraf etilishi mumkin degan xulosaga kelishimiz mumkin. NIST tashkiloti bulutli hisoblash tizimlarining quyidagi asosiy imkoniyatlari va hususiyatlarini sanab o‘tgan:
O‘z-o‘ziga xizmat: foydalanuvchi yoki mijoz qurilmalarga fizik ulanmasdan va qurilmalarning hususiyatlariga qat’I chegara qo‘ymasdan foydalanishi mumkin. Ya’ni, ixtiyoriy vaqtda uni dinamik holda kengaytirishi mumkin [4].
Tarmoqqa ulanish: bulutli hisoblash tizimlarining xizmlaridan foydalanish uchun maxsus qurilmalar va ularning hisoblash imkoniyatlariga talab qo‘yilmaydi. Foydalanish qurilmalari sifatida: notebook, kompyuter, smart telefonlar va planshetlarni keltirish mumkin.
Manbaalarning joylashuvi va masofasi: xizmlat ko‘rsatish tarmog’I va foydalanuvchi joylashgan joyga va uning masofasiga hech qanday cheklov joriy etilmagan. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish davomida bulutli hisoblash tizimining qurilmalari va xizmatlari o‘z o‘rnini o‘zgartirishi mumkin (masalan: xizmat ko‘rsatish boshida AQSHda joylashgan va provayder o‘z o‘rnini Buyuk Britaniyaga o‘zgartirgan).
Xizmatlarning elastikligi: Amalga oshirilayotgan jarayon talab etadigan hisoblash va yuklanishdan kelib chiqib, bulutda joylashgan qurilmaning hisoblash imkoniyatlari kengaytirilishi mumkin. Masalan: videokarta boshqa kompyuterning imkoniyati orqali kengaytirilishi yoki boshqa provayderlarning qo‘shimcha xotiralaridan foydalanishi mumkin.
O‘lchovli xizmat: foydalanilgan barcha xizmatlar uchun to‘lovlar oldindan amalga oshirilishi mumkin. To‘lovlar bir martalik xizmatlar uchun bir martalik to‘lov va boshqa holatlarda kunlik, oylik, yillik kabi to‘lov turlari mavjud. Shuningdek, shartnoma orqali xizmatlarni almashish imkoniyati ham mavjud. Masalan: kunning yarmida A foydalanuvchi B foydalanuvchi kompyuteri imkoniyatlaridan masofadan foydalanadi, qolgan qizmida B foydalanuvchi A foydalanuvchining kompyuteri imkoniyatlaridan foydalanadi.
Bulutli hisoblash tizimlarining asosiy 3 turdagi xizmat modellari mavjud bo‘lib, qolgan barcha xizmatlari ushbu modellarning tarkibiga kiradi.
Dasturiy ta’minot xizmati: bulutli hisoblash tizimlarining tarmoqlarida ishga tushirilgan va mavjud ilovlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ushbu ilovalar foydalanuvchilarga masofadan web brouserlar yoki bulutning maxsus dasturlari yordamida foydalanishimiz mumkin. Mazkur holatda mijoz bulutli hisoblash tizimida joylashga dasturlarni, uning xotirasini, hisoblash imkoniyatlarini va joylashga joyini o‘zgartira olmaydi. U o‘ziga kerakli ilovani virtual holatda ishga tushiradi va undan foydalanadi. Har bir foydalanuvchi o‘zining sozlanmalarida kelitrilgan amallar ketma-ketligini bajarish imkoniyatiga ega hisoblanadi.
Platforma xizmati: bulutli hisoblash tizimlarining fizik imkoniyatlaridan foydalanishni amalga oshiradi, ya’ni uning hisoblash parametrlaridan, xotira qurilmalaridan, dasturiy ta’minotning kutubxonalari, qurilmalar drayverlaridan, dasturlash tillaridan, va boshqa pravayderda mavjud xizmatlardan foydalanishi mumkin. Mazkur holatda mijoz bulutli hisoblash tizimida joylashga dasturlarni, uning xotirasini, hisoblash imkoniyatlarini va joylashga joyini o‘zgartira olmaydi. Ro‘yhatdan o‘tishda va jarayon boshida o‘z sozlanmasini keltiradi va shu asosida qolgan ishlarni davom ettiradi.
Infratuzilma xizmati: tarmoq vaziflarini amalga oshiradigan qurilma va dasturlarni o‘z ichiga oladi. O‘rnatma dasturlardan foydalanish, ularni yuklab olish va tarmoqda keng joriy etish funksiyalarini bajarish mumkin. U bulutli hisoblash tiziminining tarmog’ini o‘zgaritirish imkoniyatiga ega emas, ammo, dasturlarni, xotira qurilmalarini va tarmoq ulanishlarini boshqarish va nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Bulutli hisoblash tizimlarini foydalanish holatiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:

Download 387,72 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 387,72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bulutli hisoblash tizimining xususiyatlari

Download 387,72 Kb.