• LAN (Local Area Network)
  • O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti




    Download 104,67 Kb.
    bet2/36
    Sana17.02.2024
    Hajmi104,67 Kb.
    #158192
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhamm-fayllar.org

    Simli va simsiz tarmoqlar

    Simli tarmoqda qurilmalar bir-biriga kabellar yordamida ulanadi. Odatda simli tarmoqlar Ethernet protokoliga asoslanadi, bu yerda qurilmalar himoya qobig’i bilan qoplangan juft (UTP- Unshielded Twisted Pair) kabellar yordamida turli xil komutatorlarga ulanadi. Ushbu komutatorlar qo’shimcha ravishda Internetga kirish uchun tarmoq marshrutizatoriga ulangan bo’ladi.


    Simsiz tarmoqda qurilma radio signallar yordamida kirish nuqtasiga ulanadi. Kirish nuqtalari qo’shimcha ravishda tashqi tarmoqqa kirish uchun kommutatorga/marshrutizatorga kabellar orqali ulanadi.

    1-rasm. Aralash yoki gibrid kompyuter tarmog’i


    Simsiz tarmoqlar mobilligi tufayli keng qo’llanilishiga erishdi. Mobil qurilmalar kabelga bog’lanmagan va simsiz signallar diapazonlarida erkin harakatlanishi mumkin. Bu esa qulay aloqani ta’minlaydi va ish samaradorligini oshiradi.

    Tarmoq - bu ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlash qurilmalari tomonidan hosil qilingan ob’ektlar to’plami. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti kompyuter tarmog’ini bir-biriga ulangan mustaqil qurilmalar o’rtasida bit-yo’naltirilgan ketma-ket ma’lumotlarni uzatish deb ta’riflagan.
    Tarmoqlar odatda foydalanuvchilar tomonidan xususiy ravishda boshqariladi va ba’zi hududlarni egallaydi va hududiy jihatdan quyidagilarga bo’linadi:
    LAN (Local Area Network) - bir yoki bir nechta yaqin joylashgan binolarda joylashgan lokal (mahalliy) tarmoqlar yoki LANlar odatda tashkilot (korporatsiya, muassasa) ichida joylashgan, shuning uchun ular korporativ deb ham nomlanadi.
    WAN (Wide Area Network) - hududiy, aralash, global, binolarda, shaharlarda va mamlakatlarda joylashgan yoki taqsimlangan kompyuter tarmoqlari. Shunga qarab global tarmoqlar to’rt asosiy turga bo’linadi: shahar, mintaqaviy, milliy va transmilliy. Juda katta miqyosda tarqatilgan tarmoqlarga quyidagilar kiradi: Internet, EUNET (European UNIX Network), Relcom, FIDO (Fast IDentity Online).
    Tarmoq odatda quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:
    • tarmoq kompyuterlari (tarmoq adapteri bilan jihozlangan);
    • aloqa kanallari (kabel, sun’iy yo’ldosh, telefon, raqamli, optik tolali, radiokanallar va boshqalar);
    • har xil turdagi signal o’zgartirgichlari;
    • tarmoq qurilmalari.
    Tarmoqning ikkita tushunchasi mavjud: aloqa tarmog’i va axborot tarmog’i (2-rasm).
    Aloqa tarmog’i ma’lumotlarni uzatish uchun mo’ljallangan bo’lib, u shuningdek ma’lumotlarni o’zgartirish bilan bog’liq vazifalarni bajaradi. Aloqa tarmoqlari ishlatiladigan fizik ulanish vositalariga ko’ra farqlanadi.

    Download 104,67 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 104,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti

    Download 104,67 Kb.