Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida




Download 31,11 Kb.
bet2/4
Sana16.05.2024
Hajmi31,11 Kb.
#237450
1   2   3   4
Bog'liq
Aslanov 2-mustaqil ish
INTERNET VA UNDAN FOYDALANISH MADANIYATI, Internet to‘lov tizimlari, Iqtisodiyotda iktining infratuzilmasi, Buxgalteriya hisobi va audit, 10-Mavzu Ma’lumotlar bazalari va katta hajmdagi ma’lumotlar bil
Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va aholi sonining o‘sib borishi ichimlik suviga yuqori talabni, undan oqilona foydalanish zaruratini, shuningdek, respublikaning suv resurslari cheklangan sharoitda zamonaviy suv tejamkor texnologiyalarni joriy etishni taqozo qiladi. Shu bilan birga, to‘planib qolgan tizimli muammo va kamchiliklar debitor qarzdorlikni kamaytirishga, to‘lov intizomini mustahkamlashga va tarmoqning yanada rivojlanishiga to‘siq bo‘lmoqda. Jumladan:
birinchidan
, suvni ishlab chiqarish, yetkazib berish, sarflash va iste’mol qilishni hisobga olish tizimining amalda mavjud emasligi, oqibatda uning yetkazib berilishi, to‘lovlar o‘tkazilishi va o‘zaro hisob-kitoblar holati haqidagi ma’lumotlarning ishonchliligi ta’minlanmayapti;
ikkinchidan
, vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan, jumladan menejment va debitor qarzdorlik undiruvini tashkil etish masalalarining samarasiz boshqarilishi tarmoqning to‘liq zarar bilan ishlashiga olib kelmoqda;
uchinchida
n, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlari, suv ta’minoti obyektlarining eskirganligi, ko‘pchiligidan qirq yildan ortiq foydalanilishi, shuningdek, ularni yangilash va modernizatsiya qilish sur’atining pastligi, ayniqsa, joylarda ko‘plab isrofgarchilik va avariyalarga, suvni yetkazishda katta yo‘qotish hamda uzilishlarga olib kelmoqda;
to‘rtinchidan
, vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlarining elektr energiyasi uchun qarzdorligi yuqori darajada;
beshinchidan
, vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlari xodimlarining kasbga tayyorgarlik darajasi past, malakali kadrlar tizimdan chiqib ketgan, ushbu sohadagi xodimlar tomonidan huquqbuzarlik sodir etish holatlari mavjud. Mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha ta’sirchan choralarning ko‘rilmasligi aholini suv bilan barqaror ta’minlash masalasini xavf ostiga qo‘yadi, suv resurslaridan o‘ta nooqilona foydalanilishiga olib keladi va zamonaviy suv tejamkor texnologiyalarni joriy etishga to‘sqinlik qiladi. Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida boshqaruv tizimini, nazorat va hisobga olish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, to‘lov intizomini mustahkamlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi) quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
suvdan noqonuniy foydalanish, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;
suv uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini ta’minlash;
suv iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish jarayonini monitoring qilish;
suvni sotish va iste’mol qilishning hisobini yuritishda ishtirok etish.
2. Belgilansinki, Byuro va uning hududiy bo‘linmalariga ushbu Farmonning 1-bandida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5059-son Farmoni 4-bandida nazarda tutilgan huquqlar beriladi.
3. Belgilab qo‘yilsinki, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida:

a) Byuro quyidagilar uchun javobgardir:


suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini ta’minlash;
suvdan noqonuniy foydalanish holatlarini, shuningdek, bevosita iste’molchilar tomonidan foydalanilgan suv hajmi va tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan hajm o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish; aniqlangan tafovutlarni bartaraf qilish mexanizmi bo‘yicha takliflar kiritish hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish;
b) O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi quyidagilar uchun javobgardir:
vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan tuzilgan shartnomalarga muvofiq suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatilishini, iste’molchilarga suv barqaror yetkazilishini ta’minlash;
vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati hajmlari haqidagi hisobot hamda axborotlar, debitor va kreditor qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligi;
vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan suv ta’minoti obyektlari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlarining holati, ekspluatatsiyasi va ularga ta’mirlash xizmati ko‘rsatilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
iste’molchilarga o‘rnatilgan suv iste’molini hisobga olish uskunalarining almashtirilishi, o‘rnatilishi va ekspluatatsiya xizmati ko‘rsatilishini, shuningdek, Byuro bilan birgalikda ular plombalanishini ta’minlash;
texnik shartlar berilishini, suv ta’minoti va suv chiqarish tizimiga iste’molchilarni ulash ishlarining amalga oshirilishini ta’minlash;



Download 31,11 Kb.
1   2   3   4




Download 31,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Download 31,11 Kb.