Ekologik ta'lim — tabiat musaffoligining muhim omili




Download 33,23 Kb.
bet4/5
Sana16.05.2024
Hajmi33,23 Kb.
#238323
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aslanov 1-mustaqil ish

Ekologik ta'lim — tabiat musaffoligining muhim omili
Prezidentimiz raisligida joriy yilning 2-fevralida “Ekologik holatni yaxshilash va “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo'yicha ustivor vazifalar yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida ko'tarilgan ezgu tashabbus qalbimizda Ona tabiatga nisbatan insoniylik tuyg'ularni junbushga keltirdi.Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, “Bugun dunyo miqyosida texnika va texnologiya, sanoat yuqori darajada rivojlangan XXI asrda ekologiya bilan bog'liq muammolar birinchi darajali muammo sifatida kun tartibiga chiqayotgani bejiz emas. Biz bu masalada faqat bugunni emas, yaqin va uzoq kelajakni o'ylab ish tutmasak, ko'zlagan maqsadimizga erisha olmaymiz”.Bunday shunday xulosa kelib chiqadi: O'zbekistonda ekologiya, tabiatdan foydalanish, atrof-muhit muhofazasi va barqaror taraqqiyot bilan bog'liq muammolar o'z yechimini kutayotgan birinchi darajali muammolar sifatida e'tirof etildi va qalbida imoni bo'lgan barcha insonlarni amaliy xatti-harakatga chorladi, shijoat va g'ayrat bilan olg'a yurishga ilhomlantirdi.Mamlakatimizda uzluksiz ekologik ta'lim tizimini samarali yo'lga qo'yish orqali aholining, jamiyatning ekologik madaniyatini oshirish mumkin. Gap shundaki, aholining, birinchi navbatda, uzluksiz ta'lim tizimida tahsil olayotgan o'quvchi va talaba yoshlarda ekologik ong va madaniyatni shakllantirmasdan, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasiga sarflanayotgan har qancha mablag'lar bilan muammolarni bartaraf etib bo'lmaydi. Shunday ekan, davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, yosh avlod qalbida Ona tabiatga mehr-muhabbat, unga daxldorlik hissini o'z vaqtida tarbiyalashimiz lozim.Biz “tabiat va insonning birligi, uyg'un rivojlanishi — eng oliy qadriyat”, “odam — tabiatning egasi emas, balki uning tarkibiy qismi” qabilida yangicha ekologik fikrlashga o'tishimiz, o'zimiz yashayotgan atrof-muhitni chuqur bilishimiz, buning uchun ilm-ma'rifatli, ekologik madaniyatli bo'lishimiz lozim. Bu esa, eng avvalo, ta'lim tashkilotlarida ekologik ta'lim va tarbiyaning qay darajada yo'lga qo'yilishiga bevosita bog'liqdir.Bu borada davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi “O'zbekiston Respublikasida ekologik ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi qarorida maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim, professional ta'lim, oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda maktabdan tashqari ta'lim turlarida uzluksiz ekologik ta'lim tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi “2030 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi Farmonida barcha darajalardagi ta'lim o'quv dasturlariga ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalarini kiritish orqali uzluksiz ekologik ta'lim tizimini takomillashtirish, xususan, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlantirish masalalarini ta'limning barcha bosqichidagi o'quv dasturlariga joriy etish, ekologik muammolarni va tabiatdan to'g'ri foydalanish zaruratini yanada chuqur anglab yetishga yordam beruvchi ekologiya bo'yicha yangi umumta'lim va maxsus o'quv rejalari (dasturlari) ni joriy etish va mavjudlarini yaxshilash chora-tadbirlarida aniq vazifalar belgilab berildiPrezident va hukumat qarorlari ijrosini ta'minlash uchun ilg'or xorijiy tajribaga asoslangan holda takomillashtirilgan, innovatsion o'quv dasturlar (kurslar, modullar) ishlab chiqildi. Masalan, Prezident va hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashga yo'naltirilgan hamda ilg'or xorijiy tajribalarga asoslangan “Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari” integrativ kursi innovatsion o'quv fani (moduli) sifatida tavsiya etildi va uning o'quv dasturi ishlab chiqildi, shuningdek bakalavriat ta'lim yo'nalishlarining o'quv rejasida oldindan mavjud bo'lgan “ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” o'quv kursi mazmunan takomillashtirildi.Bakalavriat ta'lim yo'nalishlarining o'ziga xos xususiyatlariga mos holda “Ekologik xavfsizlik”, “Mintaqaviy ekologiya”, “Tabiat va jamiyat” koyevolyutsiyasi”, “Ishlab chiqarishni ekologizatsiyalash”, “Ekolok san'at”, “Ekologik lingvistika”, “Maktabgacha yoshdagi bolalarni ekologik tarbiyalash nazariyasi va texnologiyasi”, “Boshlang'ich sinfda ekologik ta'lim-tarbiya texnologiyalari” kabi kurslar (modullar) o'quv fani sifatida tavsiya etildi va ularning o'quv dasturlari ishlab chiqildi.Shuningdek, shu yilning 26 martidan boshlangan “Yashil makon” loyihasi doirasida o'tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik”da yurtimizning barcha hududlari qatori biz faoliyat olib borayotgan oliygohimiz hududida ham manzarali gul va daraxt ko'chatlarini o'tkazish ishlari o'z yakuniga yetmoqda. Ayniqsa, bu borada Tabiiy fanlar fakulteti tizimidagi biologiya, kimyo va geografiya ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olayotgan talaba-yoshlar Botanika va ekologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari bilan birgalikda mazkur loyihaga o'z hissalarini qo'shmoqda. “Yashil makon” loyihasida talabalar faol qatnashib, gul va daraxt ko'chatlarini ekmoqda.Bir so'z bilan aytganda, yuqorida keltirilgan ekologik kurslar talabalarda ekologik madaniyatni oshirib, ularda ona tabiatga bo'lgan mehr-muhabbatni yanada yuksaltirmoqda. Hozirgi kunga kelib atmosfera havosi chiqindilar bilan ifloslanishi jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Atmosfera havosining zararli gazlar, chang, qurum, tumanlar bilan ifloslanishi o‘z navbatida insonlarda allergiya, pnevmaniya, bronxial astma va rak kasalliklarini uyg‘otmoqda. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Olmaliq, Farg‘ona, Navoiy va Qo‘qon shaharlari atmosfera havosining zararli moddalar bilan ifloslanishi bo‘yicha eng iflos havoli shaharla guruhiga kiradi. CHirchiq shahrida qon kasali 4,7 barobar, endokrin bezlar tizimi kasalligi 1,9 barobar, qon bosimining oshishi 4,5 barobar ortganligi ma’lum. Farg‘ona shahrida 1982-1988 yillar mobaynida nafas yo‘li kasalliklari juda oshganligi aniqlangan edi. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo xududiga Tojikistonning Mirzo Tursunzoda shahrida joylashgan alyuminiy zavodi chiqindilarining asorati tufayli bu erda birqancha kasalliklar sodir bo‘lmoqda. Ayniqsa bolalar o‘rtasida qon va qon yaratuvchi a’zolar, asab tizimi va sezish a’zolari, suyak-mushak tizimi kasalliklari ancha ko‘paygan.

Download 33,23 Kb.
1   2   3   4   5




Download 33,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekologik ta'lim — tabiat musaffoligining muhim omili

Download 33,23 Kb.