O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari univyersiteti




Download 33,23 Kb.
bet2/5
Sana16.05.2024
Hajmi33,23 Kb.
#238323
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aslanov 1-mustaqil ish

Barqaror rivojlanish tushunchasi
Barqaror rivojlanish- shaxs va jamiyat hayotini tashkil etishning yangi modeli. Barqaror rivojlanishning zamonaviy konsepsiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishni ijtimoiy va iqtisodiy muammolar bilan birga hal etishga chaqiradi. Mahalliy, milliy, mintaqaviy va global boshqaruvni nazarda tutadi. YUNESKO tashkilotining sobiq bosh kotibi F.Mayor fikricha, "Kishilar va tabiat o’rtasidagi iqtisodiy munosabat shakli ekologik beqarorlikni keltirib chiqaradi, bu esa o’z navbatida barqaror bo’lmagan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga olib keladi". XX asrning 50-yillaridan boshlab ekologik muammolar o’z kuchini ko’rsata boshladi. Insoniyat o’zining nisbatan qisqa (5 mln. yillik) tarixiy bosqichi davomida yer yuzidagi o’rmonlarning 2/3 qismini kesib, 6 mlrd. ga unumdor tuproqlarni qishloq xo’jalik fondidan chiqarib, 70% dan ortiq suv manbalarini ifloslantirib, atmosfera havosiga is gazi miqdorini 20 mln. tonnagacha oshirib, ozon tuynugini AQSH mamlakati yer maydoniga teng holda ochgan edi. Insoniyat rivojlanib borayotgan bir paytda bunday ayanchli holatlar tushunarsiz edi va shu maqsadda ,,Rim klubi” tuzildi. Bu klub rejalari o’zini uncha oqlamagani 1972-yil 5-iyunda Shvetsiya poytaxti Stokgolmda ,,Atrof-muhitni muhofaza qilish” konferensiyasi chaqirilishiga sabab bo’ldi. Unda 5ta muhim qaror va hujjat qabul qilindi: ,,Stokgolm deklaratsiyasi” da atrof-muhitni milliy, regional va xalqaro miqyosida muhofaza qilishning 26 prinsipi ko’rsatildi. ,,Tadbirlar rejasi” 109 banddan iborat bo’lib, unda davlat va xalqaro hamjamiyat o’rtasida atrof-muhit muhofazasining tashkiliy, siyosiy, iqtisodiy masalalariga e’tibor berilgan. Stokgolm konferensiyasi tavsiyasiga ko’ra BMTning Bosh Assambleyasi Xalqaro atrof-muhitni muhaofaza qilish dasturi- YUNEP ni tuzdi, uning qarorgohi Keniya poytaxti Nayrobida joylashgan. Konferensiyaning ochilish kuni (5-iyun) har yili Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi. Konferensiya qarori bilan Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish jamg’armasi tuzildi. 1975-yil Xelsinkida 35 ta Yevropa davlatlari va AQSH, Kanada ishtirokida o’tgan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik Kengashi (OBCE) da "Yakunlovchi hujjat” qabul qilindi.
Hozirgi zamon ekologik muammolari fanning maqsadi va vazifalari. Ilmiy texnik revolyusiya va global ekologik inqirozlari. Mahalliy salbiy ekologik oqibatlar. Orol va orolbo‘yi muammolari. Amudaryo deltasi muammolari. Aydar, Arnasoy ko‘llar sistematikasi. Iqlim o‘zgarishlari, cho‘llanish jarayoni. Iqlim o‘zgarishi, tuproq sho‘rlanishi va eroziya. Suv ekosistemalari va havoning ifloslanishi. Potensial ekologik xavflar. Ekologik muammolar. Ifloslantiruvchi moddalarning umumiy xarakteristikasi. Pestitsidlar, og‘ir metallar, zaharli chiqindilar, qishloq xo‘jaligini kimiyolashtirish, yaylov chorvachiligi, tog‘ konchilik sanoati, atrof – muhitni ifloslantiruvchi omillar. Trofik tuzilish va ekologik piramidalar. Organizmlar va ularning xilma – xilligi. Suv ekosistemalari. Agrobiotsenozlar. O‘zbekiston ekotizmlari. Suv ekologik omiliga nisbatan o‘simliklar va hayvonlarning ekologik guruhlari. Tog‘ ekosistemalari. Ekosistemaning makondagi strukturasi. Ekosistemalar birlamchi mahsuldorligi. Hozirgi zamon ekologik muammolari. Trofik tuzilish va ekologik piramidalar. Organizmlar va ularning xilma – xilligi.

Download 33,23 Kb.
1   2   3   4   5




Download 33,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari univyersiteti

Download 33,23 Kb.