O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari univyersiteti




Download 33,23 Kb.
bet3/5
Sana16.05.2024
Hajmi33,23 Kb.
#238323
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aslanov 1-mustaqil ish

Ekologik ta’lim-tarbiya.
G.X.Bruntlendning baqaror rivojlanish konsepsiyasining mazmuni. Respublikamizda barqaror rivojlanishga oid qabul qilingan huquqiy aktlar. Barqaror rivojlanish ta’limi va tarbiyasi holati. Itisodiy – ijtimoiy – ekologik majmuali barqaror rivojlanish ta’limi. Ekologik ta’lim tarbiya fanining tushunchasi. Tabiat, jamiyat va iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlashning ekologik jihatlarini. Tabiatdan foydalanishning ekologik prinsiplari, qoidalari va qonuniyatlarini. Ekologik ta’lim tarbiyaning ekologik- iqtisodiy jihatlari. Aholi soni, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, tabiiy resurslar va atrof muhit ifloslanishi. Demografik jarayonni rivojlanishi. Ekologiyaga oid tushunchalarni tekshirish va mustahkamlash. Barqaror rivojlanish ta’limi. Kishi hayotining davomli variantlarini modellashtirish. Inson farovonligi va ekologik ta’lim va tarbiya. Ekologik barqaror hududlar va shaharlar muammosi. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash - zamon talabi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish. Barqaror rivojlanish sammiti. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish. Barqaror rivojlanish sammiti. Ekologiyaga oid tushunchalarni tekshirish va mustahkamlash. Ekologik muammolar. Ekologik ta’lim tarbiyaning ekologik- iqtisodiy jihatlari.
Barqaror rivojlanish va uni ekologik jihatlari.
Barqaror rivojlanish va uning ekologik jihatlari fanining maqsadi va vazifasi. Respublikamizda barqaror rivojlanishga oid qabul qilingan huquqiy aktlar. Barqaror rivojlanish talablari va ularni O‘zbekistonda tadbiq qilinishi. Mamlakatimizda barqaror rivojlanish salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan tabiiy va antropogen jarayonlar. Barqaror rivojlanish ta’limi va tarbiyasi holati ekologik ta’limdan barqaror rivojlanish ta’limi sari borish zarurati. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi tushunchasi. Tabiat, jamiyat va iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlashning ekologik jihatlari. Tabiat, jamiyat va iqtisodiy rivojlanishning barqarorligi, inson, jamoa va davlatlarda tabiatdan foydalanishning ekologik talablari. Tabiatdan foydalanishning ekologik prinsiplari, qoidalari va qonuniyatlarini. "Ekologik iz" va "er sig‘imi" atamalari va ularni ishlatish yo‘llari. Barqaror rivojlanishning ekologik – iqtisodiy jihatlari. Demografik jarayonni rivojlanishi; iqtisodiy rivojlanish; insoniyat rivojlanish potensiali, aholi turmush darajasi va sifati. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning samarali ko‘rsatkichlari. Atrof - muhitni muhofaza qilish. Barqaror rivojlanish bo‘yicha Butunjahon sammiti.Mazkur hujjatda butunjahon bo’yicha ekologik xavfsizlikni ta’minlash ham milliy, ham global miqyosidagi masala qilib ko’rsatilgan. Dunyo hamjamiyatining yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasi birinchi marta 1987-yil BMTning Butunjahon atrof-muhit va rivojlanish bo’yicha Komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur komissiya o’zining GRO HARLEM BRUNDTLAND ma’ruzasi nomini olgan ,,Bizning umumiy kelajagimiz” ma’ruzasida barqaror rivojlanish konsepsiyasi modeli yaratildi. Bosh Assambleyaning 1989-yil dekabrdagi 44/428-sonli rezolutsiyasida barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida BMTning maxsus konferensiyasini chiqarish to’g’risida qaror qabul qilindi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi-bir me’yorda rivojlangan davlatlar va butun jahon hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarkibiy qarashlar tizimidir. Ekologik muammolar biror davlat faoliyatiga bevosita bog’liq emasligini Orol va Orolbo’yi muammosi misolida ko’rish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov BMTning 48, 50,55-sessiyalarida ushbu muammo nafaqat O’rta Osiyo davlatlarinig, balki butun dunyo hamjamiyatining muammosi ekanligini aytgandi, chunki Orol muammosi dunyo ekologik holatini yanada keskinlashtirishi mumkin. BMTning Rio-de-Janeyrodagi konferensiyasida qabul qilingan "Atrof-muhit muhofazasi va rivojlanishiga doir deklaratsiya"da - "Inson haqida g’amxo’rlik- barqaror rivojlanish faoliyatini ta’minlashning markaziy bo’g’inidir. Odamlar sog’lom yashash va tabiat bilan uyg’unlashish orqali unumli mehnat qilish huquqiga egadirlar", - deb aytilgan edi.
Yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasida inson va tabiatning uyg’unlikda rivojlanishi uchun quyidagi asosiy qoidalar nazarda tutilgan:
► davlatlarning tabiiy resurslardan foydalanishdagi suveren huquqi boshqa davlatlar atrof-muhitiga zarar qilmasligi kerak.
► davlatlar yoki alohida transcontinental kompaniyalarning rivojlanish huquqi hozirgi va kelajak avlodning atrof-muhit muhofazasi sohasidagi ehtiyojlarini adekvat darajada qondirishi kerak.
► barqaror rivojlanishda atrof-muhit muhofazasi taraqqiyot jarayonining bir qismi hisoblanadi va undan ajralgan holda muhokama qilinmasligi kerak.
► rivojlanayotgan va o’tish davri iqtisodiyotida turgan davlatlarda ekologik muammolarni birlamchi masalalar turkumiga kiritish lozim, shu uchun ham ularda tabiiy resurslarni konservatsiya qiluvchi (saqlovchi) xo’jalik tarmoqlarini rivojlantirish kerak.
► har bir davlat atrof-muhit holati uchun javobgar.
► tabiiy xomashyolarni qazib olish, ishlab chiqarish va qayta ishlash ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi va bu jarayonda ilg’or texnologiyalardan foydalanish kerak.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi yuqorida keltirilgan atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan prinsiplarni amalga oshirish tufayli, xalqaro hamjamiyatning hamkorligiga va bir maromda rivojlanishiga xizmat qiladi.

Download 33,23 Kb.
1   2   3   4   5




Download 33,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari univyersiteti

Download 33,23 Kb.