|
O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti
|
bet | 1/3 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 173,3 Kb. | | #240020 |
Bog'liq Operatsion tizimlar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
Operatsion tizimlar fanidan
Mustaqil ish
Bajardi:Abduxalilboyev Alisher
Tekshirdi: Xudayberdiyev Mirzaakbar
Toshkent -2024
Mavzu: Androit operatsion tizimi
Reja:
Adroit operatsion tizimi yaratilish tarixi
Androit operatsion tizmi qulayliklari va afzalliklari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Androit operatsion tizimi yaratilish tarixi
Google Android Incʼni sotib olishidan oldin raqamli kameralarni kompyuterlarga bogʻlashni taʼminlovchi oʻz operatsion tizimini ishlab chiqmoqchi boʻlgan. 2005-yil 11-iyulda Google Android Incʼni 130 million dollarga sotib oldi. 2007-yilning 5-noyabrida Google Open Handset Alliance (OHA) tuzilganligini eʼlon qilib, birinchi ochiq mobil Android tizimini namoyish etdi.
Android operatsion tizimining har bir versiyasining kod nomi avval boshida shirinliklar nomi bilan atalardi. Ismlarning birinchi harflari versiya tartibida lotin alifbosidagi harflarga mos keladi: Cupcake („keks“), Donut („boʻgʻirsoq“), Eclair („ekler“ shirinligi), Froyo (muzlatilgan yogurt — inglizcha frozen yogurt soʻzining qisqartmasi), Gingerbread („zamjabilli pryanik“), Honeycomb („asalari uyasi“),Ice Cream Sandwich („vaflili muzqaymoq“), Jelly Bean („jeleli loviyachalar“ — konfet turi),KitKat (shu nomdagi shokolad brendi), Lollipop („obakidandon“), Marshmallow („marshmellou“ — amerikancha shirinlik),Nugat („yongʻoqholva“),Oreo („Oreo“ pechenyesi), Pie („pirog“). Android versiyalariga shirinliklar nomini berish anʼanasi Android 10 chiqarilishi bilan tugadi.
2008-yilning 23-sentabrida operatsion tizimning birinchi versiyasini namoyish etdi. Birinchi versiya chiqqanidan soʻng tizim bir necha marta yangilandi. Bu yangilashlar tizimda aniqlangan xatolarni tuzatib, yangi funksiyalar qoʻshdi.
2009-yilda platformaning toʻrtta yangilashlari chiqdi. Shunday qilib, fevralda turli xatolarni tuzatadigan 1.1 versiyasi chiqdi. Aprel va sentabrda mos ravishda 1.5 „Cupcake“ va 1.6 „Donut“ updatelari chiqdi. „Cupcake“ versiyasi bir qancha oʻzgartirishlar kiritdi: virtual klaviatura, video yozish va tomosha qilish, brauzer va boshqalar. „Donut“da birinchi marta CDMA tizimlarini qoʻllash paydo boʻldi. 2009-yilning oktabrida bir nechta Google akkauntlarini, HTML5 tilidagi brauzerni qoʻllaydigan va bir nechta yangiliklar kiritilgan Android 2.0 „Eclair“ operatsion tizimi chiqdi. „Eclair“ versiyasida „jonli fon rasmlari“ paydo boʻldi va ekran blokirovkasinining koʻrinishi oʻzgardi.
2010-yilning oʻrtasida Google Android 2.2 „Froyo“ versiyasi chiqdi. 2010-yilning ohirida esa Android 2.3 „Gingerbread“ namoyish etildi. Bu yangilanishlar anʼanaviy blokirovkani raqamli yoki xarf-raqamliga oʻzgartirdi, „kesish“, „nusxalash“, „qoʻyish“ funksiyalarini soddalashtirdi va hokazo.
2011-yilning 22-fevralida Android 3.0 „Honeycomb“ namoyish etildi. Uning asosiy yangiligi planshetga moslashtirilgani edi.
2011-yilning 19-oktabrida chiqqan Android 4.0 „Ice Cream Sandwich“ — birinchi universal tizim (ham planshetlarga, ham smartfonlarga moslashtirilgan) chiqdi.
2012-yilda tizimning yangi versiyasi — „Jelly Bean“ chiqdi. U iyunda 4.1 raqami ostida namoyish etilib, oktabr oxirida yangi update chiqqach 4.2 ga oʻzgardi.
Android – Linux yadrosida yaratilgan portativ (tizimli) operatsion tizim bo`lib, kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elekron kitoblar, raqamli pleyerlar, qo`l soatlari, netbuklar va smartbuklarda ishlatiladi. Google tomonidan sotib olingan Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Keyinchalik Google tizim rivojlanishi bilan shug`ullanadigan Open Handset Alliance (OHA) ittifoqini tuzdi. Android yordamida Java dasturlarni tuzish mumkin. Android Native Development Kit Sida va boshqa tillarda yoziladigan dasturlarni yaratadi.
Android – mobil telefonlar uchun jahonda eng mashhur operatsion tizimi paydo bo‘lganligiga atigi besh yil bo„lganligiga hatto ishonging ham kelmaydi. Quyida Android tizimi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.
Android (yunoncha so„z bo„lib, ikki bo„g„ini – “erkak” va “o’xshash”) – “odamsifat robot” ma‟nosini ifoda etadi. Balki mana shuning uchun Android operatsion tizimi logotipida robot tasvirlangandir.
Android operatsion tizimining yaratilishi tarixi 2002-yillardan boshlangan. Mana shu davrda Google korporatsiyasi yaratuvchilari E.Rubinning dasturiy ishlanmalari to’plami bilan qiziqib qoladilar. Dastlab mobil qurilmalar uchun yangi operatsion tizimni yaratish loyihasi bilan katta maxfiylik ostida TAndroid Inc. Kompaniyasi shug’ullangan, ushbu kompaniyani keyinchalik Google sotib oladi.
Android – Linux yadrosiga asoslangan kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elektron kitoblar, raqamli musiqa uskunalari, qo„l soatlari, netbuklar va smartbuklar uchun portativ (tarmoqli) operatsion tizimdir. Dastlab, Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratila boshlangan, uni keyinchalik Google sotib olgan. Keyinchalik Google Open Handset Alliance (OHA) alyansini tashkil qildi, u hozirda ham platformani qo’llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish bilan shug„ullanadi. Android Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxona orqali qurilmani boshqaruvchi Java-ilovasini yaratishga imkon beradi. Android Native Development Kit Si va boshqa tillarda yozilgan ilovalarni yaratadi.
2012-yilning uchinchi choragida sotilgan smartfonlarning 75 foizida Android operatsion tizimi o’rnatilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti
|