|
O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekomunikatsiya texnologiyalari fakulteti fan: Keyingi avlod konvergent tarmoqlari
|
bet | 3/5 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #247265 |
Bog'liq KAKT 6-Amaliy ishi
So‘zlashuv fazasidan keyin bog‘lanishni uzish fazasi boshlanadi. Bog‘lanishning uzilishi aloqa qatnashchilaridan istalganining tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. Quyidagi holatlarni ko‘rib chiqamiz:
a) Bog‘lanishni uzish tashabbuskori chaqiruvchi abonent sanalganda
(3.3 -rasm);
Bog‘lanishni uzish tashabbuskori bo‘lgan foydalanuvchining uskunasi nutqli axborotni uzatishni to‘xtatishi kerak. Bu holatda, chaqiruvchi abonent otboy signalini uzatadi, chiquvchi ATS undan otboy signalini oladi, bog‘lanish vaqtida band bo‘lgan o‘z resurslarini bo‘shatadi va ISUP:RLC xabarni (uzilishni tasdiqlash) Softswitch 1 texnologiyasiga uzatadi.
Softswitch 1 aloqa seansini ikkita Softswitch o‘rtasida tugatadigan SIP:BYE xabarini uzatadi. Ushbu xabar SIP:200OK javob bilan tasdiqlanadi.
Softswitch 2 mantiqiy kanalni yopadi va boshqaruvchi kanalga, foydalanuvchi bog‘lanishni tugatishini bildiradigan N.245:End Session Command xabarini uzatadi. Foydalanuvchi N.245:End Session Command komandasini olib,nutqli axborot uzatilishini to‘xtatishi, mantiqiy kanallarni yopishi va N.245:End Session Command xabarini javoban uzatishi kerak, javob qabul qilingandan keyin boshqaruvchi N.245 kanal yopiladi.
Kanal ochiq bo‘lganda, N.225.0:Releas Complete xabari uzatiladi. Signal kanali yopiladi.
Yuqorida keltirilgan amallar bajarilganda N.323 terminali geytgiperni rezervlangan o‘tkazish yo‘laksi bo‘shaganligi to‘g‘risida xabar beradi. Shu maqsadda bog‘lanish qatnashchilaridan har biri (Softswitch 2) RAS kanali bo‘ylab RAS-VSA tasdiq bilan geytgiper javob berishi kerak bo‘lgan RAS-DRQ bog‘lanishdan chiqish so‘rovini uzatadi, keyin chaqiruvga xizmat ko‘rsatish tugagan hisoblanadi.
b) Bog‘lanishni uzish tashabbuskori chaqiriluvchi abonent sanalganda
(10.3-rasm);
Chaqiriluvchi abonent birinchi bo‘lib otboy berganda, uskuna almashadigan komandalar to‘plami o‘zgarmasdan qoladi. Ularning ketma-ket kelishi 3.4-rasmda ko‘rsatilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekomunikatsiya texnologiyalari fakulteti fan: Keyingi avlod konvergent tarmoqlari
|