|
O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekomunikatsiya texnologiyalari fakulteti fan: Keyingi avlod konvergent tarmoqlari
|
bet | 3/10 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 475,72 Kb. | | #247276 |
Bog'liq KAKT 7-Amaliy ishi1 FAZA. “Band qilish”
11.4-rasm. “Abonent go‘shakni ko‘taradi” holati boshlanganda dasturning xarakati
Apparat dasturli o‘zaro ta’sir dasturning faollanishi 8.4-rasmda ko‘rsatilgan. “Abonent go‘shakni ko‘targanda” signal abonent itnterfeysiga uzatiladi, keyin bu signal LOGIC ga uzatiladi. LOGIC signalni natijada OZU ga keyin signalizatsiya blokiga uzatadi. Bu ma’lumotning hammasi O chi kanal orqali uzatiladi. Protsessor signalni LOGIC ga 16 chi kanal orqali uzatadi, bu signal drayv deyiladi. LOGIC 16 kanal orqali javob beradi. Qabul qilingan ma’lumot ikki so‘zdan iborat: birinchisi go‘shak ko‘tarilganini aniqlaydi, ikkinchisi – PTN identifikatori-fizik terminal nomer. Hamma ma’lumot DH qayta ishlovchiga uzatiladi. (OS) operatsiya tizimi “skanirlash” ma’lumotini paketli OZU (PRAM) ga yozadi. DH qayta ishlovga doim bu PRAM ni tekshirib turadi. Shundan keyin DH, SSM ko‘rinishida birinchi xabarli signalizatsiyaning dasturli blokiga (S16) uzatadi. Shu paytdan boshlab dasturli ta’minot faollashadi (qadam 1.2 11.5-rasm).
Dasturli bloklar ishi 4.5-rasmda ko‘rsatilgan.
11.5-rasm. “Band” fazasida dasturli ta’minotning o‘zaro ta’siri
Ushbu chaqiruv uchun SIG xarakati tranzaksiyani hosil qiladi. Tranzaksiya uchta o‘lchovchi yo‘lni o‘z ichiga olishi mumkin:
Asosiy yo‘l – so‘zlashuv yo‘li;
Vaqtincha yo‘l, konferens – aloqa uchun;
Tizimli yo‘l – vaqtinchalik yo‘l, bunda abonent modul (SCM) tizimli modul bilan ulanadi.
Chaqiruvga xizmat ko‘rsatish jarayonida tranzaksiya to‘g‘risida ma’lumotda bitta dasturli blokdan ikkinchisiga uzatiladi. Keyingi qadam-klaster yo‘lini band etish. Buning uchun, SIG dan DH xabar yuboriladi.
DH xarakati abonent liniyaning manba kuchlanishini ulaydi. Buni 16 chi kanal orqali ALCN logik sxemaga buyruqlar paketini yuborib bajaradi. Bu yo‘l – abonent interfeysi va (44) boshqaruv qurilmasi orasidagi bo‘sh kanal.
MCUA platasi, qaysi kanalda hisoblashni yuborish va qabul qilishini biladi. Keyingi qadam abonent komplektiga SCM tizimli blokni ulash. Ulanish axboroti klaster yo‘li (UCP) – foydalanuvchi yo‘li bilan tizimli modul orasidagi aloqani aniqlaydi. TN “bo‘sh” holatdan “band” holatiga o‘zgaradi. DH ma’lumot bazasi munosabatiga kirish uchun TN dan foydalanadi. Bu kirish (COL) liniyasiga sinfiga mansub ma’lumotlarni olish uchun kerak, ular o‘z ichiga quyidagi axborotni kiritgan: telefon apparat turi; ustivorlik, liniya yoki yo‘k; chaqiruvga cheklov bormi yoki yo‘k; taksofon; identifikator. Shundan keyin DH natijani SIG ga (3 qadam) yuboradi. Bu xabar buyruq identifikatorini ulaydi. DH xarakati 6-rasmda ko‘rsatilgan. Abonent ma’lumotlari ASM da yoki ASE boshqaruvining qo‘shimcha elementida joylashgan. ASM da OLCOS bloki bor.
Agar abonent kvartira sektorida bo‘lsa, unda ma’lumotlar OLCOS ASM ga keladi. Agar abonent boshqa turdagi sektordan bo‘lsa, unda ma’lumotlar ASE da joylashadi. Faollashtirilgan QXT li odatdagi, abonent misolini ko‘rib chiqamiz. Bu xolda ASE darajasiga ma’lumotlarni jo‘natish zaruriyati yo‘k. Lekin ASM_SIG MB dan OLCOS (Origination Line Class of Service) ma’lumotlarini chiqarib oladi.
11.6-rasm. DH xarakati.
TN terminal nomer izlash uchun indeks sifatida foydalaniladi.
OLCOS quyidagi ma’lumotlarga ega:
DNET uchun ma’lumotlar bloki.
Signal xili.
Chaqiruvchi tomon kategoriyasi (SOS).
Narx-navo xisoboti to‘g‘risida axborot.
SCM ga yuborilishi kerak bo‘lgan prefika raqamlarning talab kilingan soni.
Calling Line id chaqiruvchi liniya identifikatori (ISDN abonent uchun).
Faollashtirilgan QXT.
Abonent guruxi nomeri.
Indikator – LCACO ma’lumotlar uchun ASE darajasiga murojaat qilishi kerakmi yoki ASM OLCOS etadimi?
Agar abonent tastaturli nomer teruvchili bo‘lsa, unda SCM tizimli blokni topib unga ulash kerak bo‘ladi.
Chunki abonent tonli terishni ishlatadi. Shuning uchun, tonal terish qabul qilgichini ulash kerak, u SCM modulida joylashgan. Bu ARTA_FMM ga so‘rov yuborilib bajariladi. (51 qadam). Bu xabar signal turiga ega bo‘lib, bu signalni SCM tezroq yuborish kerak.
Bir vaqtda ASE ga xabarni yuborish bilan LCACO faollashadi. ASE nomeri LSSG (Load Sharing subGroup) nomeri bilan aniqlanadi, unga A abonenti qaram. Xabar hamma LCACO dasturlariga yuboriladi, agar u LCACO ning boshqa moduli tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, unda faollashtirish to‘g‘risida xabar qabul qilinmaydi.
ARTA xarakatidan qat’iy nazar, LCACO o‘zining faollashganligi to‘g‘risida ASM_SIG ga tasdiq xabari yuboradi.
LCACO faollashishi to‘g‘risida tasdiq olinishi bilan “band” fazasi tugaydi.
2 FAZA. “Stansiya javobi” signalini tayyorlash va uzatish
ASM dasturli ta’minotida ARTA deb nomlanuvchi FMM monoprotsessori bor.
SCM ni izlash uchun ARTA_FMM ma’lumotlar bazasida bir nechta real muloqotlar va bitta mulojali muloqot ishlatadi. U bo‘sh SCM ni siklli izlash uchun foydalaniladi. Izlash natijalarini olgandan so‘ng operatsion tizimi OS quyidagi xarakatlarni bajaradi:
SCM qurilmalarini tanlash (FMM yordamida);
SCM ni bekor qilish – band;
Abonent bilan nomerni terish tonal qabul qilgichi (M4) orasida ulanishni o‘rnatish;
“Stansiya javobi” signali qabul qilgichini ulash; Abonentni ulash;
ASM da impulsli terish yoki nomerni dasturli terish holatida skanirlashni boshlash. Skanirlash vaqtini saqlab turmok.
Dasturli ta’minlash xarakati 11.7-rasmda ko‘rsatilgan. Ayrim qadamlarni batafsil ko‘rib chiqamiz.
11.7-rasm. Dasturli ta’minlash harakati
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekomunikatsiya texnologiyalari fakulteti fan: Keyingi avlod konvergent tarmoqlari
|