|
O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti
|
bet | 4/8 | Sana | 12.07.2024 | Hajmi | 311,88 Kb. | | #267443 |
Bog'liq MUSTAQIL ISH EL1Yil
|
1999
|
2001
|
2003
|
2005
|
2007
|
2009
|
Δ, nm
|
180
|
130
|
90
|
65
|
45
|
32
|
Xotira qurilmalarida elementlar joylashuv zichligi har ikki yilda ikki marta ortib borayotganini 1965 yilda Gordon Mur bashorat qilgan edi. 2.2-jadval ushbuni tasdiqlaydi.
Funksional vazifasiga ko‘ra ISlar analog va raqamlilarga bo‘linadi. Analog ISlarda signal uzluksiz funksiya sifatida o‘zgaradi. Eng keng tarqalgan analog IS – operatsion kuchaytirgichdir. Raqamli ISlar diskret ko‘rinishda berilgan signallarni o‘zgartirishga va qayta ishlashga xizmat qiladi.
IMS tayyorlash jarayoni.
Tayyorlov operatsiyalari. Yarimo‘tkazgich IMSlar tayyorlash uchun asosiy material bo‘lgan kremniy monokristall quymalari olishdan boshlanadi. Monokristall quymalar hosil qilishning bir qancha usullari mavjud.
Choxralskiy usulida tarkibiga donor yoki akseptor kiritmalar qo‘shilgan o‘ta toza kremniy eritmasi yuziga kremniy monokristali tushiriladi. Eritma eritgan monokristall o‘z o‘qi atrofida asta-sekin aylantirilib ko‘tariladi. Monokristall ko‘tarilishi bilan eritma kristallanadi va kremniy monokristalli hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan kremniy quymasi n – yoki r – turli elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi. Quyma uzunligi 150 sm, diametri esa 150 mm va undan katta bo‘lishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti
|