|
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari
|
bet | 1/2 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,02 Mb. | | #121074 |
Bog'liq 2 mustaqil ish prizintatsiya O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari Vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti “Telekomunikatsiya texnalogiyalari” fakulteti “Multimedia aloqa tarmoqlari” fanidan Mustaqil ish-2 Mavzu; Multimediya aloqa tarmog‘ining transport telekommunikatsiya texnologiyalari, ochiq tizimlarni bir-biri bilan ishlash etalon modeli. Multimediya tarmoqlari uchun xizmatlarni ta’minlash va xizmat ko‘rsatish sifati talablaridan iborat zamonaviy multimediya ilovalarini aniqlash.
I.Kirish
1.Multimediya tizimlari va texnalogiyalari.
II. Asosiy qisim.
- Ochiq tizimlarni bir biri bilan ishlash etelon modeli.
- Multimediya tarmoqlari uchun xizmatlarni ta`minlash.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
Reja;
"Multimedia" termini "multi" — ko’p va "media" — muhit, tashuvchi, muloqot vositasi so’zlaridan tuzilgan. Bu so’zlarni o’zbek tiliga “ko’p muxitli” kabi tarjima qilish mumkin Multimedia — bu turli kompyuter texnologiyalarining to’plami bo’lib, unda turli shakldagi va ko’rinishdagi ma’lumotlar, masalan, grafika, tekst, video, fotografiya, xarakatlanuvchi obrazlar (animatsiya), ovozli effektlar qo’llaniladi. Qoidaga ko’ra multimedia deganda interaktiv dasturiy ta’minot orqali boshqariladigan vizual va audio effektlarning birgalikda qo’llanilishi tushuniladi. “Multimedia” tushunchasiga bir qancha misol keltiramiz: Multimedia (multimedia) – bu zamonaviy kompyuterli axborot texnologiyalari bo’lib, u kompyuter sitemasida tekst, ovoz, videotasvir, grafik tasvir va animatsiya (multiplikatsiya) ni birgalikda qo’llash imkonini beradi.
Oxirgi yillarda aloqa, barcha turdagi axborotlarni raqamlashtirish yo‘li bo‘yicha rivojlandi. Bu nafaqat ularni uzatishda, balki taqsimlash, saqlash va qayta ishlashda ham tejamkor usullarni ta’minlovchi bosh yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoldi. IKM-24 raqamli uzatish tizimidan keyin IKM-30, IKM-120, IKM-480, IKM-1920 undan keyin esa sinxron raqamli ierarxiya (SDH) tizimlari paydo bo‘ldi.
Raqamli uzatish tizimlarining jadallik bilan rivojlanishi, analog uzatish tizimlari bilan solishtirganda bir qancha afzalliklari bilan farq qiladi, masalan: shovqinga muvozanatliligining yuqoriligi, aloqa liniyasining uzunligiga uzatish sifatining zaif bog‘lanishi, aloqa kanallarining elektrik parametrlarini mo‘‘tadilligi, diskret xabarlarni uzatishda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini qo‘llashning samaradorligi va boshqalar. “Aloqa tarmog‘i” terminini ikki nuqtai nazardan qarash mumkin. Birinchidan, aloqa tarmog‘ini, ma’lumotlarni almashish uchun texnik vositalar majmuasidan iborat bo‘lgan mustaqil ob’ekt kabi qarash mumkin.
Har qanday turdagi telekommunikatsiya tizimlarini taxlil qilish uchun ITU tomonidan tavsiya etilgan modeldan boshlaymiz. Quyidagi rasmda taqdim etilgan bu model, bulutlar ko‘rinishida tasvirlangan 4 ta komponentdan iborat.
. ITU tomonidan tavsiya etilgan telekommunikatsiya tizimlarining modeli
Har bir bulutning ichida ingliz tilida umumiy qabul qilingan nomi keltirilgan. YUqorisida esa odatda texnik adabiyotlarda keltirilgan tarjimasi keltirilgan. “aloqa tarmog‘i” termini, aloqa operatori javobgar bo‘lgan muhit kiruvchi, modelning ikki komponentiga tegishli.
XX1 asrda dunyo hamjamiyati o‘zining, global axborot jamiyati (GAJ) deb nomlangan yangi rivojlanish erasiga o‘tdi.
GAJning asosiy fazilati shundan iboratki, unda bilim va axborot, tashqi ishlab chiqarish rolini egallaydi, ya’ni jamiyat bolig‘ining material asosi bo‘lib qoladi. YUqori texnologiyalarni qo‘llash maxsuslashtirilgan yangi soxa, birinchi navbatda infokommunikatsiya muhitida dasturiy maxsulotlarni samarali taqsimlash amalga oshadi.
GAJning boshqa xarakterli xususiyati, telekommunikatsiya xizmatlarining juda yuqori darajada oshishidir. Masalan faqatgina telefon, tele va radio eshittirish xizmatlardan foydalanishning o‘zi bir yilda 800 milliard dollarni, infokommunikatsiya xizmatlari bozori (internet, lokal kompyuter tarmoqlari, harakatdagi aloqa tarmoqlari va b) bilan birga esa 1,5 trln. dollarga etdi va kengayish hali davom etmoqda.
Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanishi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari
|