|
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari
|
bet | 2/2 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,02 Mb. | | #121074 |
Bog'liq 2 mustaqil ish prizintatsiyaOchiq tizim deb – ochiq tizimlar talablarini qondiruvchi, turli tizimlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi mumkin bo‘lgan tizim tushuniladi. Agar tizim ochiq tizimlarni o‘zaro bog‘langan (OTO‘B) etalon modeliga mos kelsa u ochiq tizim xisoblanadi.
OTO‘B etalon modeli – standartlar tuzilishini umumiy strukturasi. U aloxida standartlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish prinsipini aniqlaydi va OTO‘B uchun talab etiladigan ko‘pgina standartlarni bir vaqtda ishlab chiqish imkonini ta’minlash uchun asos xisoblanadi. Biroq OTO‘B standarti faqatgina etalon modelni aniqlabgina qolmay, balki etalon modelni qondiruvchi aniq xizmatlar to‘plamini, shuningdek xizmatlarni ta’minlovchi protokollar to‘plamini aniqlashi zarur. Bunda protokol deb, bir-biri bilan ishlovchi satxlarni o‘zaro ta’sirlash qoidalarini va jarayonlarini aniqlaydigan xujjat tushuniladi.
Hozirda aloqa operatorlarining xizmatlari ko‘pincha bir darajali prinsip bo‘yicha sinflanadi va bunday xizmatlarning ro‘yxatlarini IP, VPN (Virtual Private Network), DSL (Digital Subscriber Line), telefon aloqalarini ko‘rish mumkin. Xizmatlarning aniq bo‘lmagan sinflanishi tijorat siyosatidagi va marketingdagi muommolarga olib keladi, bu yaratilgan infrastruktura va kapital xarajatlar samaradorligida va muddatlarida namoyon bo‘ladi
Uzatilayotgan ma’lumot turiga qarab xizmatlarni sinflash (Kontenent). Ushbu usul bilan mos ravishda xizmatlarni sinflanishi quyidagilarga bo‘linadi:
- telefon (va videotelefon) xizmatlari;
- ma’lumot uzatish xizmatlari;
- keng eshittirishli xizmatlar;
- ajratilgan kanallar xizmatlari (uzatilayotgan ma’lumotlar turiga umuman bog‘liq bo‘lmagan xizmatlar);
- infrastrukturali xizmatlar.
Telefon xizmatlari deganda tovush uzatishni tushinish mumkin. Bunda oxirgi foydalanuvchi sifatida boshqa huddi shunday mijozlar bilan interaktiv rejimda o‘zaro munosabatda bo‘ladigan individual mijozlar bo‘lishi mumkin. Bu xizmatlar o‘z navbatida belgilangan va uyali telefon aloqasi xizmatlariga bo‘linishi mumkin.
Bundan tashqari, hozirda ushbu turdagi xizmat turlaridan bosqichma bosqich video uzatish hizmat turi ajralib chiqmoqda. Bunda bu xizmatlarning asosiy turlaridan biri bu videokonferens aloqa hisoblanadi. Hozirda sodir bo‘layotgan tarmoqlarning konvergensiyasi telefon va boshqa turdagi xizmat turlari orasidagi chegara unchalik ajratilmaydi. Biroq hozirgi kunda telefon xizmat turlarini boshqa xizmat turlaridan ajratishimizning asosiy sabablaridan biri, bu abonent tamonidan chaqiriladigan manzillar tahlili asosida kanallarni kommutasiyasi bilan bog‘liq. Ma’lumotlar yetkazib berish xizmati o‘z navbatida IP (Internet Pratacol), ATM (Asynchronous Transfer Mode), Frame Relay (FR), X.25 va boshqa shu kabi xizmatlarga bo‘linadi.
Aloqa xizmatlari sinflashning turlaridan biri axborot uzatish turi bo‘yicha xizmatlarni ajratish (kontent):
- ATM protokoli bo‘yicha ma’lumotlar uzatish xizmati;
- FR protokoli bo‘yicha ma’lumotlar uzatish xizmati;
- IP va boshqa protokollar bo‘yicha ma’lumotlar uzatish xizmati.
Multimedia xizmatlari, ko'pgina matn, rasmlar, videolar, audiolar, animatsiyalar va boshqa vizual va audio elementlarni o'z ichiga olgan xizmatlardir. Bu soha keng qamrovli bo'lib, har qanday elektron platfroma yoki tizimga taalluqli bo'lishi mumkin. Quyidagi, ko'pgina multimedia hizmatlarining bir qancha turini ta'kidlash mumkin:
Multimedia Tarkiblar Platformalari:
YouTube: Videolar o'zgaruvchan joyda saqlanadi va ularga xodim bo'lib boshqarish imkoniyatini beradi. Foydalanuvchilar o'zlarining kanallarini yaratish, videolarni ko'rish va ularga izohlar qoldirishlari mumkin.
SoundCloud: Musiqa va audiolarni yuklab olish, ularga kommentariya qoldirish va o'zingizning musiqa qo'shing.
Flickr, Instagram: Fotolarni o'zgartirib, ularga taqriz qoldirish va ularga boshqa foydalanuvchilarning tasvirlarini ko'rish.
Slideshare: Slaydlarni o'zgartirish, ularga izohlar qoldirish va ularni boshqa foydalanuvchilarga ulashish.
Multimedia Amaliyotlari va Redaktorlari:
Adobe Creative Cloud: Photoshop, Illustrator, Premiere Pro, After Effects kabi dasturlari o'z ichiga oladi, bu orqali rasmlar, logotiplar, videolar va boshqa multimedia elementlarini tuzish va o'zgartirish mumkin.
Canva: Grafik dizayn asbob-uskunalari, infografikalar, logotiplar va boshqa vizual elementlarni yaratish uchun oson va samarali vosita.
Audacity: Audiolarni tahrirlash, kesish, biriktirish va boshqa o'zgartirishlar uchun bepul dastur
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari
|