|
O`zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali
|
bet | 2/12 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 134 Kb. | | #149397 |
Bog'liq mus3Iidentifikatsiya - ijtimoiylashtirishning muhim mexanizmi bo‘lib hisoblanadi.
Ijtimoiy fatsilitatsiya – bu ba’zi odamlarning boshqalarning faoliyatiga ular oldida yoki bevosita ishtirokida amalga oshiriluvchi ijobiy rag‘batlantiruvchi ta’siri.
Sotsiometriya – o‘zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik tadqiq etish metodi.
P sixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqazo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va etakchidir.
Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo‘lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to‘la anglash va uning rivojlanib borish tendensiyalarini belgilashdagi o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo‘lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‘zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yordam beradi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham yurtimiz sharoitida bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog‘liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko‘ndalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g‘oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda.
Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga o‘tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko‘lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo‘lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlash ishiga xizmat qiladilar. Qolaversa, huquqiy, demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O‘zbekiston aholisining huquqiy madaniyatini va demoqratik o‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta’minlash, bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar fikr va qarashlaridagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida o‘rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun joylarda tashkil etilgan ijtimoiy-psixologik xizmat markazlari ayni shu vazifani bajarishga qaratilgandir. Respublikamiz miqyosida esa “Ijtimoiy fikr” markazining turli mavzular bo‘yicha olib boradigan ijtimoiy so‘rovlari aholining kayfiyati, qiziqishi, xoxishi, ehtiyoji, niyatini ifodalash bilan birga, hukumat va davlat tomonidan qanday istiqbolli rejalar tuzish lozimligiga olib keladi. Ijtimoiy-psixologik so‘rovlarning oliygohlarda o‘tkazilishi ustoz-shogird, talaba-o‘qituvchi munosabatlarini, ish joylarida o‘tkazish xodim-rahbar, xodim-xodim munosabatlarini bilib olish imkonini yaratadi. Bu orqali nafaqat sotsiologik so‘rov, balki inson shaxsiga aloqador psixologik xususiyatlarni aniqlash mumkin bo‘ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali
|