• SAMARQAND – 2023 Xarakter
  • O`zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




    Download 93,83 Kb.
    bet1/14
    Sana31.01.2024
    Hajmi93,83 Kb.
    #149405
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    PED amaliy ish no4


    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
    UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

    "Kompyuter injiniring" fakulteti


    "Pedagogika Psixologiya” fanidan



    AMALIY TOPSHIRIQ №4




    Mavzu: Xarakter idrok taffakur xotira va qobilyat qonunlarini bilish va ishlata olish


    Bajardi: KI21-02-guruh talabasi


    Pardayev A
    Qabul qildi: Musinov S
    SAMARQAND – 2023
    Xarakter — adabiyot va sanʼat asarlarida xususiy belgilari mukammal tasvirlangan va oʻzida feʼlatvor (xattiharakat, kechinma, fikriy va nutqiy faoliyat)ning tarixan aniq tipini mujassamlantirgan, shuningdek, muallifning maʼnaviyestetik konsepsiyasini ifodalagan inson obrazi. Badiiy X. umumiy (takrorlanuvchi) va xususiy (takrorlanmaydigan); obyektiv (badiiy X.ga proobraz boʻlib xizmat qilgan kishi hayotining ijtimoiypsixologik asoslari) va subyektiv (proobrazning muallif tomonidan idrok va talkin etilgan) belgilarning oʻzaro uyushgan hosilasidir. Adabiyot va sanʼat asarlaridagi X. tushunchasi falsafa, sotsiologiya va psixologiyadagi ayni tushunchadan inson obrazining konsepsiyaviyligi bilan ajralib turadi.
    X. tushunchasi ilk marta Yunonistonda, badiiy ijod ruhiy madaniyatdan ajralib chiqqan bir davrda paydo boʻlgan. X.ning antik davrda ifodalagan mazmuni uning hozirgi talqinidan keskin farq qilgan. "...Shoirlar ishtirokchilarning xarakterlarini tasvirlash uchun ularni asarga olib kirishmaydi, — deb yozgan edi Aristotel "Sheʼriyat sanʼati toʻgʻrisida"gi risolasida, — balki ularning xattiharakatlari orqali xarakterlarini ham (asar doirasiga) jalb etishadi". Antik davr tragediyasida ham inson obrazi (X.) emas, balki voqea asar gʻoyasini ifodalab kelgan va muhim badiiy obraz xisoblangan; personajlar asardagi muayyan badiiy vaziyatda oʻynagan roli bilan bir-biridan farklangan.
    Personaj X.ining mustaqil gʻoyaviybadiiy ahamiyatga ega ekanligi antik davrdayoq anglashila boshladi. Chunonchi, Plutarx "Parallel hayotnomalar" asarida qahramonlarni ular "takdir"i va X.iga koʻra oʻzaro qiyoslagan. "X." atamasining bunday 2 xil maʼnoda qoʻllanishi 18-asrgacha davom etib keldi. Adabiyot va sanʼatning keyingi rivojlanishi natijasida X. fabuladyan, asar syujetidan tamomila ajralib chikdi.
    Uzoq davom etgan tarixiyadabiy jarayonda Uygʻonish va klassitsizm davrlari alohida ajralib turadi. Uygʻonish davrida X. xulqatvorning muayyan belgilaridan forigʻ boʻlib, umuminsoniy hodisa sifatida namoyon boʻla boshladi. U nafaqat antik davr va oʻrta asr uchun muhim boʻlgan madaniylik va yovvoyilik, diniy eʼtiqod va eʼtiqodsizlik singari oʻzaro qaramaqarshi belgilardan, balki turli ruhoniy sifatlardan ham xoli boʻlib bordi. Uygʻonish davri qahramonlarining X.ida harakatchanlik, oʻzgaruvchanlik koʻzga yaqqol tashlandi. Klassitsizm X.ning yana avvalgi statik holatiga qaytdi va ayni paytda diqqateʼtiborini shaxsning ongiga — "burch" bilan "koʻngil"ning ikkisidan birini tanlash masalasiga qaratdi. Romantizm esa X.ni shaxsning ichki olami bilan mushtarak boʻlgan hodisa sifatida talqin etdi. 19-asrda tansidiy realizmttt maydonga kelishi bilan X. shaxs bilan jamiyat urtasidagi oʻzaro munosabatning uzviy birligi sifatida uzilkesil shakllandi.
    Adabiyot va sanʼat asarlarida qahramon shaxsining tashki va ichki moxiyati uning X.ini belgilaydi hamda bu qahramon X.i muallifning va boshqa personajlarning u haqsagi tavsifnomalari, shuningdek, syujet rivojidagi oʻrni va roli bilan inkishof etiladi. Mas, Abdulla Qodiriyning "Oʻtgan kunlar" romanidagi Otabek X. i, bir tomondan, yozuvchi bilan birga margʻilonlik birodarlarning tavsifnomalari, baholari, munosabatlari, ikkinchi tomondan, mazkur qahramonning asar syujetida, voqealar rivojida oʻynagan roli orqali aniq qirralar kasb etadi. Shu fikr romandagi boshqa yetakchi qahramonlar X.iga ham oiddir.
    Adabiyot va sanʼat asarlarida tasvirlangan qahramonlar har doim ham X. darajasiga koʻtarila bermaydi. X., obrazdan farqli oʻlaroq, yozuvchidan katta mahoratni, qahramonning muayyan tarixiyijtimoiy va madaniymaʼrifiy sharoitdagi oʻziga xos oʻrni va xususiy belgilarini teran ochishni taqozo etadi. Shu maʼnoda epik janrlar yozuvchiga qahramon X.ini yorqin yaratish imkonini beradi. Masalan, M. Sholoxovning "Inson takdiri" xikoyasida murakkab va mashaqqatli hayot yoʻlini bosib oʻtgan, ammo shunga qaramay, oʻzining ezgu insoniy fazilatlariga gard ham yuqtirmagan Sokolov X.i katta mahorat bilan yaratilgan. Bunday holni Gʻafur Gʻulomning "Mening oʻgʻrigina bolam", "Hasan Kayfiy", Abdulla Qahhorning "Oʻgʻri", "Anor" kabi hikoyalarida ham uchratish mumkin.
    Har bir milliy adabiyotning boyligi qahramonlar X.ining rangbarangligi bilan ham belgilanadi. Agar Abdulla Qodiriy oʻzbek adabiyotiga Otabek va Kumush, Yusufbek hoji va Oʻzbek oyim singari oʻz siymosida oʻzbek xalqi tarixining muayyan tarixiy davrini va shu xalqning muayyan katlamini ifodalagan X.larni olib kirgan boʻlsa, Oybek 20-asr boshlarida yashagan Yoʻlchi, Gulnor, Shoqosim, Qoratoy, Yormat singari 20-asr boshlarida yashagan mehnatkashlarning rangbarang tiplari bilan boyitdi ("Qutlugʻ qon"), Navoiy, Husayn Boyqaro, Nizomulmulk, Majididdin singari tarixiy, Sultonmurod, Zayniddin, Toʻgʻonbek singari toʻqima qahramonlar X.ini kashf etdi ("Navoiy"). Shunday oʻziga xos X.lar Shayxzoda, Mirtemir, S. Abdulla, M. Osim, R. Fayziy, O. Yokubov, P. Qodirov, Sh. Xolmirzayev kabi yozuvchilar ijodida ham koʻplab uchraydi.
    Badiiy kashfiyot darajasiga kutarilgan X., ijobiy yoki salbiy mohiyatga ega boʻlishidan qatʼi nazar, har bir adabiyotning badiiy boyligini tashkil etib, oʻzi mansub boʻlgan xalqning milliy X.ini, milliy oʻziga xosligini badiiy mujassamlantirgani bilan ahamiyatlidir.
    Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o‘zini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o‘rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‘rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir ob’ektlar va ularning bevosita o‘rganiladigan xossalari haqida ma’lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob’ektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida jismlar va real olam hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo‘lgan savolga javob topish uchun etarli emas. Bu savollar: «yuaga kelgan vaziyatda nimani, qay tarzda bajarish mumkin, va bu harakat natijasida nima hosil bo‘ladi?»dan iborat.
    Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor, tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o‘zgartirishdan iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bog‘liqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o‘tish sodir bo‘ladi.
    Shunday qilib, tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida ta’riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri umumlashtirishdan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o‘tmish avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida og‘zaki va yozma nutqda (o‘qituvchilar ma’ruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.) Ifodalangan. Shuning uchun tafakkur ko‘plab odamlar bilimlarini umumlashtiradi.
    Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi.
    Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta’sir ko‘rsatmay, ko‘pchilik hollarda asboblar ko‘magida olingan qo‘shimcha belgilar yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi vositali tarzda aks ettirishdir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda namoyon bo‘lishi bilan inson ichki, barqaror o‘zaro aloqalarning belgilarini aniqlab oladi.
    Tafakkurning o‘ziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan u yoki bu vazifani bajarish bilan bog‘liqligidan iborat. Tafakkur muammoli vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bo‘lgan savolga javobdan boshlanadi.
    Tafakkur muammosini ko‘rib chiqqan a.a.smirnov tafakkur va aqliy jarayonlarning assotsiativ tarzda kechishini tafovutlash zaruriyati haqida ogohlantirgan edi. Gap shundaki, aqliy faoliyatda biz assotsiatsiyalardan keng foydalanamiz, chunki ular tafakkur masalalarini echishda ahamiyatli yordam ko‘rsatadi. Aqliy jarayonlarning assotsiativ kechishida holat o‘zgacha bo‘ladi. Muhim tafovut shundan iboratki, bu vaziyatda o‘z oldimizga hech qanday maqsad qo‘ymaymiz, chunki hech qanday vazifani bajarmaymiz. Bunda bir jarayon ikkinchisi bilan almashadi, chunki ular bir-biri bilan assotsiativ tarzda bog‘langan bo‘ladi. Tafakkur jarayonlarining assotsiativ tarzda kechishi ko‘p hollarda inson toliqqan bo‘lib, hordiq olishni xohlayotganida kuzatiladi. Uyquga ketishdan oldin xayolingizdan ketma-ket turli xildagi o‘ylar o‘tishini kuzatgansiz. Mana shu o‘ylar ma’lum assotsiatsiyalarga kiradi.
    Tafakkurning alohida muhim o‘ziga xos xususiyati – bu uning nutq bilan uzluksiz aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq tovush shakliga ega bo‘lmagan holat, masalan, kar-soqov odamlarda ham nutq shakliga mujassamlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Biz doimo so‘zlar orqali fikr yuritamiz.
    Qisqartirilganlik, muxtasarlik, ixchamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan yashirin, tovushsiz, ichki nutq insonning tafakkur mexanizmi bo‘lib hisoblanadi.
    Nutq tafakkur qurolidir. Ma’lum fikr so‘zlar bilan ifoda etilganida tafakkur jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‘z bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan iborat bo‘lgan murakkab jarayon.
    Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‘oyalar harakati. Uning natijasi obraz emas, balki ma’lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo‘nalishli-tadqiqiy, qayta o‘zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo‘lgan harakatlar va muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat.
    Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi sababiy-oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo‘llash sohasi bo‘lgan amaliyot tafakkur faoliyatining manbai bo‘lib xizmat qiladi.
    Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi. Oddiy psixik jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos vazifasini o‘taydigan yuqoriroq darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini tashkil etadi. Lekin hozirda tafakkur jarayonini ta’minlovchi barcha fiziologik tuzilmalarning o‘zaro ta’sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud emas. Tafakkur faoliyatida miya peshona qismlari alohida ahamiyatga ega ekanligi shubhasizdir. Bundan tashqari, bosh miya po‘stlog‘ining tafakkurni gnostik (bilish) vazifasi bilan ta’minlovchi doirasi, shuningdek, tafakkur jarayonini ta’minlovchi miya nutq markazlari ham katta ahamiyatga ega.
    T afakkurning ikki darajasi mavjud: fahm-farosat – abstraksiyalardan foydalanish o‘zgarmas chizmalar, namunalar chegarasida sodir bo‘ladigan oddiy tafakkur, sog‘lom fikr, tafakkurning boshlang‘ich darajasi, uning mantiqiy mazmunini emas, balki, ibora va dalillar tuzilishini o‘rganadi, bu aniq, izchilliklik bilan mulohaza yuritish, fikrlarni to‘g‘ri tuzish, dalillarni qat’iy tizimlashtirish, tasniflash layoqati; aql (dialektik tafakkur) – abstraksiyalarni ijodiy qo‘llash va ular tabiatini ongli tadqiq etish xususiyatiga ega bo‘lgan nazariy bilishning oliy darajasi, aql yordamida inson narsalar mohiyati, ularning qonunlari va qarama-qarshiliklarini anglab etadi.
    Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bo‘linadi. Nazariy tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa –ko‘rgazmali-obrazli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ajratiladi.

    Download 93,83 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 93,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

    Download 93,83 Kb.