Microsoft Word
(qisqacha
MS Word
,
WinWord
yoki
Word
) – matnli
maʼlumotlarni yaratish, koʻrish va tahrir qilish uchun moʻljallangan matn
muharriridir yoki matn protsessori. Microsoft korporatsiyasi tomonidan
Microsoft
Office
paketi tarkibida chiqariladi. Ilk versiyasi Richard Brodi tomonidan 1983-
yil
IBM
PC uchun yozilgan. Keyinroq Apple Macintosh (1984), SCO UNIX va
Microsoft Windows (1989) uchun ishlab chiqilgan. Amaldagi versiyasi Windows va
MacOS uchun moʻljallangan Microsoft Office Word 2016 hisoblanadi.
Microsoft Word hozirda keng qoʻllaniluvchi eng ommabop matn muharriri
hisoblanadi. IBM OC platformasidagi “.doc” kengaytmasi Word 97-2000
ikkilamchi formatining sinonimiga aylandi. Bu formatga eksport va import qiluvchi
filtrlar koʻpchilik matn muharrirlarida mavjuddir. Hujjat formati Wordning turli
versiyalarida oʻzgarishlarga uchradi. Formatlash amallari dasturning eski
versiyalarida uchramasligi mumkin. MS Word 2007 XML, - Microsoft Office Open
XML ga asoslangan “ehtimoliy tanlangan” formatniishlatadi. Word 97-2007
formatlarining tasnifi 2008-yilda Microsoftda eʼlon qilingan.