|
C++ dasturlash tilida o’zgaruvchi va tiplar haqida malumot
|
bet | 2/8 | Sana | 17.07.2024 | Hajmi | 0,76 Mb. | | #267759 |
Bog'liq Loyiha1.1C++ dasturlash tilida o’zgaruvchi va tiplar haqida malumot.
O`zgaruvchi nima? O`zgaruvchi bu kompyuter xotirasining ma’lum bir qismiga berilgan nom! Ya`ni siz dasturingizda qandaydir qiymatlarni(sonlar, ismlar, belgilar va hokazo) saqlashingiz kerak bo’ladi va ular xotiraning biror joyida saqlanib turadi. O`sha saqlanayotgan joyga nom berib olasiz va unda sizning ishlatmoqchi bo’lgan qiymatingiz turadi keyin siz uni qayta qayta ishlatishingiz mumkin. Demak siz o`zgaruvchi yaratish orqali kompyuteringizning xotirasidagi ma’lum bir joyga nom berasiz va uni istalgan paytda o`zingiz xohlagandek ishlatishingiz (qiymat berish, berilgan qiymatni o’zgartirish, consolga chiqarish) mumkin bo`ladi.
O’zgaruvchilarni nomlash va e’lon qilish.
Deyarli barcha dasturlash tillarida kerakli qiymatlar o’zgaruvchilarga saqlab olinadi va tabiiyki bu vaziyatda siz o’zgaruvchini e`lon qilib olishingiz kerak bo`ladi. Xo`sh buni qanday qilasiz? C++ dasturlash tilida o`zgaruvchiga qiymat berish uchun oldin uni o`zini e`lon qilib olishimiz kerak. Yuqorida o`zgaruvchilarga nom beramiz dedik va nom berishning ham ba`zi oddiy lekin e`tibor berilishi kerak bo`lgan qoidalari mavjud:
* o`zgaruvchining nomi katta va kichik lotin harflaridan, raqamlardan va pastki chiziq( _ ) dan iborat bo`lishi kerak
* o`zgaruvchimizning bosh harfi raqamlardan boshlanmasiligi shart
* ushbu nomdagi o`zgaruvchi oldin e`lon qilinmagan bo`lishi kerak
Variable bu — sizga yuqorida aytilgan o`zgaruvchining nomi, data_type esa o`sha o`zgaruvchi qanday tipda ekanligi. Masalan o`zgaruvchimiz butun son, haqiqiy son, yozuv, belgi yoki yana qanaqadir turdagi qiymat saqlashi mumkin va bularning hammasi uchun alohida ma`lumot turlari mavjud va biz uni keyinchalik ko`rib chiqamiz. Shuningdek bir turdagi bir nechta o`zgaruvchilarni e`lon qilishimizga ehtiyoj bo`lishi mumkin va bu quyidagicha amalga oshiriladi:
Tepadagi kodda biz bir turdagi 3 ta o`zgaruvchilarni elon qildik va biz kodimizni qisqaroq bo`lishini ta`minladik. Ularni boshqacha yo`l bilan ham e`lon qilish mumkin edi:
Aslida bunda ham 3 ta o`zgaruvchi e`lon qilinyapti va ularning turi bir xil, lekin kodimiz ozroq ko`p bo`ldi(data type 3 marta yozilishi evaziga). O`zgaruvchilarni qay holatda e`lon qilish har bir dasturchining xohishiga bo`g`liq bo`lgan ish va bu ikkala holat ham yaxshi. Siz qaysi birini tanlaysiz? :)
|
| |