|
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasiBog'liq 85. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar (1)2.4. GLOSSARIY
BOSHQARUV SHAKLI
- bu huquqiy institut bo’lib, davlat hokimiyatini tashkil
etish tartibi. Oliy va maxalliy davlat organlarini tuzish usulini hamda ularning
bir-biri va aholi bilan o’zaro munosabatlari tartibini o’z ichiga oladi.
VAZIR
(arab. yuk ko’taruvchi) – o’rta asrlarda O’rta va Yaqin Sharq davlatlarida,
shu jumladan, O’rta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon)
boshlig’i. Yuqori mansabdor shaxs. V. hukumat a’zosi hamda ma’lum bir vazirlikni
boshqaruvchi yuqori mansabdor shaxsdir.
VAZIRLAR MAHKAMASI
– Isroil, Latviya, Yaponiya, Shri-Lanka,
Qozog’iston, Turkmanistonda va qator boshqa mamlakatlarda hukumatning rasmiy
nomi. O’zbekiston Respublikasida hukumat “Vazirlar Mahkamasi” deb nomlangan
bo’lib, “O’zbekiston Respublikaci Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi Qonunga
binoan, u O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy
sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari,
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro
etuvchi hokimiyat organidir.
VAZIRLIK
– ko’pchilik davlatlarda davlatning markaziy idora organi, ijtimoiy-
madaniy qurilish va ma’muriy-siyosiy faoliyatning ayrim tarmoqlarini boshqaradi.
Yangi Vazirliklar tuzish, mavjudlarini tugatish, ularning rahbarlarini tayinlash
O’zbekistonda Prezident vakolatiga kiradi va davlatning oliy vakillik organi – Oliy
Majlis tomonidan tasdiqlanadi.
DAVLAT BOSHQARUVI –
davlat organlarining tashkillashtiruvchi, ijro
etuvchi va farmoyish beruvchi faoliyati bo’lib, qonun asosida amalga oshiriladi. Bu
faoliyatni davlat boshqaruv organlari amalga oshirib, ijro etish jarayonida
qonunlarning va unga asoslangan hujjatlarning bajarilishini ta’minlash uchun
farmoyish berish huquqiga ega bo’ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi
|