|
O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti Pdf ko'rish
|
bet | 275/286 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 5,37 Mb. | | #236914 |
Bog'liq katta kitob
YaKUNIY BAHOLASh
YaB da talabaning bilim, ko’nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida
baholanadi. YaB fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlari tugaganidan so’ng o’tkaziladi. Elektrotexnika
fani bir semestr davomida rejaga kiritilgan mavzular o’tiladi va semestr oxirida YaB o’tkaziladi.
JB, TMI va OB ga ajratilgan umumiy ballarning har biridan 55% dan yuqori ball to’plagan
talabaga YaB da ishtirok etishga ruxsat beriladi.
YaB o’tkazish shakli – test, og’zaki, yozma ish yoki ushbu usullar kombinasiyasida Ilmiy
Kengash qarori bilan belgilanadi. Institut ilmiy kengashining qaroriga muvofiq Ya
B
belgilangan shaklda
o’tkaziladi va 30 ball asosida baholanadi.
30 balli yakuniy baholash ballari quyidagicha o’zlashtirish ko’rsatkichlari bilan belgilanadi:
16,5 dan kam -
qoniqarsiz
16,8 dan – 21,0 gacha
qoniqarli
21,3 dan – 25,5 gacha
yaxshi
25,8 dan – 30 gacha
a’lo
JB, OB va YaB turlarida fanni o’zlashtira olmagan (55 % dan kam ball to’plagan) yoki uzrli
sabablar bilan baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga quyidagi tartibda qayta
baholashdan o’tishga ruxsat beriladi:
-
qoldirilgan amaliy mashg’ulot kelgusi darsga qadar guruh o’qituvchisiga qayta topshirish va
maslahat kunida topshiriladi. 3ta mashg’ulotni qoldirgan talaba fakultet dekani ruxsati bilan
qayta topshiradi;
-
OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi va bali koeffisientsiz qayd etiladi;
-
semestr yakunida fan bo’yicha saralash balidan kam ball to’plagan talabaning o’zlashtirishi
qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin dekan ruxsatnomasi asosida qayta
o’zlashtirish uchun – 2 hafta muddat beriladi. Shu muddat davomida o’zlashtira olmagan talaba
belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi (birinchi kurs
talabalariga o’quv yili yakunlari bo’yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir).
|
| |