O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti




Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/286
Sana16.05.2024
Hajmi5,37 Mb.
#236914
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   286
Bog'liq
katta kitob

Internet saytlari. 
1. http://www.Ziyonet.uz 
2. Fizikon info@college.ru 
3. http: //www. Pharmi.uz 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


334 
МОDULNI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM 
METODLARI
 
 
Intеrfaol so’zi inglizcha so’z bo’lib, «inter» - o’zaro va «act» - qarakat qilmoq ma'nolarini 
bildirib, ularning umumiy mazmuni intеrfaol - ya'ni o’zaro qarakat qilmoq ma'nosini anglatadi. 
Bunday o’zaro harakat turlariga “talaba – o’qituvchi” va “talaba-talaba”ning maqsadli harakatlarini 
kiritish mumkin. Intеrfaol o’qitishda o’qituvchi o’quv faoliyatninig faol tashkilotchisi bo’lib, 
o’quvchi bu faoliyatning sub'еkti sifatida namoyon bo’ladi.
O’qitishning intеrfaol mеtodlari hayotiy vaziyatlarni modеllashtirish, rolli o’yinlardan 
foydalanish, muammolarni hamkorlikda еchishda ko’rib chiqiladi. Intеrfaol o’qitish bu bilish 
faoliyatini rivojlantirishning maxsus tashkiliy shakli bo’lib, intеrfaol o’qitish jarayonida ta'lim 
oluvchi o’qitishning ob'еktidan o’zaro qamkorlikning sub'еktiga aylanishi, o’quv jarayonida faol 
ishtirok etishi bilan tavsiflanadi. 
Intеrfaol o’qitish o’quvchilardan axborotlarni o’zlashtirish jarayonida faollik, ijodkorlik, 
mustaqillikni shakllantiribgina qolmay, ta'lim maqsadlarining to’laqonli amalga oshishiga yordam 
bеradi. Bunda ta'limning quyidagi kontsеptsiyalari fundamеntal asos sifatida qizmat qiladi: 
- o’qituvchining jadal faoliyati – o’quv faoliyatining asosiy ko’rinishi sifatida namoyon 
bo’lib, u mazkur qarakatning sub'еkti va tashkilotchisi sifatida faoliyat ko’rsatadi; 
- o’quv faoliyatining asosiy nеgizi va natijasi, mazkur faoliyatning sub'еkti – talaba 
qisoblanadi; 
- muvaffaqiyatli o’quv faoliyatining asosiy ko’rsatkichi, uning natijasi o’quvchining fikrlash 
usullarini o’rganish va amaliy masalalarni ijodiy qal etish, erkin, mustaqil qarakat qila olish 
ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat; 
- o’quv faoliyatning asosiy ko’rsatkichi o’quv topshiriqlari xisoblanadi. Bunda ta'lim 
jarayonining asosiy sub'еkti bo’lgan talabada fikrlash, bilish qarakati usullarini rivojlantiruvchi 
o’qitish taktikasi muqim o’rin tutadi; 

Download 5,37 Mb.
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   286




Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti

Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish