|
O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti biotexnologiya kafedrasi
|
Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,91 Mb. | | #248928 |
Bog'liq SHARIPOVA NAZOKAT O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI BIOTEXNOLOGIYA KAFEDRASI TALABA: Biotexnologiya 301 A Guruh talabsi SHaripova N RAHBAR: Zaynutddinova G.F
BUĜDOY ÒSIMLIGINI ÒSISHIDA DINAMIK KÒRSATGICHLAR
REJA: - Mavzuning dolzarbligi
- Ishdan maqsad
- Amaliy ahamiyati
- Buĝdoy òsimligii bir necha fenologik davrida òtish davomida òsishi
- Natijalar hamda ularning muhokamasi
- Xulosa
Mavzuning dolzarbligi - Bugungi kunda dori vositalarini tabiiy xom ashyolardan olish texnologiyalarini ishlab chiqish dolzarb muammo hisoblanadi. Hozirgi kunda farmasevtika va tibbiyotda ishlatilayotgan dori vositalarining talaygina qismi kimyoviy va sun'iy usullarda olinganligi sababli, ularning organizmga salbiy ta'sir ko‘rsatish hollari ham kuzatilmoqda. Shu sababli, dori vositalarini ishlab chiqarishda tabiiy man'balarga e'tiborni qaratish maqsadga muvofiq. Bu o‘rinda shuni qayd etish lozimki, bir qator o‘simliklardan tarkibida oqsil mavjud , jumladan, soya, no‘xot, loviya , bug‘doy.Oqsil o‘z xususiyatiga ko‘ra farmasevtika sohasida, biokimyoda, tibbiyotda, diagnostikada o‘z o‘rniga ega biologik faol modda hisoblanadi.
Ishdan maqsad - Bir qator o‘simliklar tarkibida oqsil moddasi mavjud bo‘lib, ular faolliklari jihatidan bir-biridan faqlanadi. Oqsilga boy o‘simliklar qatoriga buĝdoy o‘simligi ham kiradi. Buĝdoy o‘simligi oqsilga juda boy o‘simlik ekanligi hammaga ma'lum. Shu bilan birga bugungi kunda Respublikamizda ham asosiy e'tibor ushbu o‘simlikka qaratilgani sababli, biz ham oqsilni aynan ushbu o‘simlikdan ajratishni maqsad qilib qo‘ydik.
BUĜDOY ÒSIMLIGI
BUGʻDOY (Triticum) — gʻalladoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; eng qad. va hozirgi dunyoning koʻpgina mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini. Somatik hujayralarida xromosomalarning soniga koʻra farq qiladigan 3 (diploid, tetraploid, geksaploid) qatorga kiradigan 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor. Jahon dehqonchiligida asosan yumshoq B. yoki oddiy B. (T. aestivum, T. vulgare) va qattiq bugʻdoy (T. durum) ekiladi.
Doni toʻyimli, tarkibida oqsil (seleksion navlarida 10—12% dan 20—25% gacha, yovvoyi turlarida 25—30% gacha), kraxmal (60—64%), shuningdek yogʻlar (2%), vitaminlar, fermentlar, mineral moddalar va boshqa bor. Doni, kepagi va boshqa chiqindilari qimmatli yem, aralash yem sanoati uchun xom ashyo.
buG’DOYDAN Oqsil olish texnologik sxemasi
Xom ashyoni tayyorlash
Maydalash
Ekstaksiyalash
Sentrifugalash
Tuzlash
Sentrifugalash
Dializ
Quritish
Buĝdoy
Fosfat buferi
Ammoniy sulfat
Shrot
Supernatant
Tayyor mahsulot
Oqsilni bug’doy o‘simligidan ajratib olish uchun avvalam bor o‘simlikdan 50 g miqdorda tortib oldik.
O’simliklardan faol modda ajratishdan avval uni yaxshilab maxsusu asbob (gomogenizator) yordamida maydalik
So‘ngra maydalangan massani 1l hajmga ega shisha stakanga solib, uning ustiga 80 ml 0,1 M rN 7,5 bo‘lgan borat buferidan soldik va bir oz inkubasiya qildik. Inkubasiyadan so‘ng, massani gomogenizatorda gomogenizasiya qildik. Shundan keyin fil'trdan o‘tkazib, cho‘kmani ajratib oldik.
Ajratib olingan suyuq massa tarkibidagi glikoproteidlarni cho‘ktirdik. Glikoproteidlarni cho‘ktirishda ammoniy sul'fatning to‘yingan eritmasidan foydalandik. Bunda ularni avval 40%, so‘ngra 60% ammoniy sul'fat bilan cho‘ktirdik. Bunda avvalambor hom ashyo maydalandi, borat buferining pH 7,5 solib bir sutkaga 4C xaroratda qoldirdik, so’ngra 7 000 ayl/min 20 daqiqa davomida sentrifugalandi, supernatant qismi ajratib olinib, (NH4)2SO4 tuzi yordamida ikki marotaba cho’ktirish amalga oshirildi. Oqsil moddalarni to‘liq cho‘kmaga tushganligini kuzatdik.
Cho‘kmani maxsus dializ qiluvchi qopchaga solib, 0,005 M rN7,5 bo‘gan bufer eritmasida 18 soat davomida inkubasiya qildik. Dializ davomida bufer eritmani ikki marota almashtirdik. Dializdan so‘ng, oqsil moddalarni qopchadan bo‘shatib, spektrofotometrda oqsil miqdorini aniqladik
Bug’doy o’simligidan ajratib olingan oqsil namunamiz tarkibi Louri metodi yordamida miqdoriy tahlil o’tkazildi. Tahlil natijalari namuma tarkibida 86% oqsil moddalari borligi aniqlandi. Bundan ko’rinib turibtiki ajratib olingan oqsil moddalarimiz, oqsil izolyati hisoblanadi. Oqsil izolaytimiz ПААГ-elektrofarez metodi yordamida tahlil qilindi. Tahlil natijalari rasmda keltirilgan.
- Mosh
- Bug’doy
- Marker oqsili
Bunda, 100 va 150 kDa oralig’ida oqsil miqdori ko’p ekanligi aniqlandi. Olinayotgan bug’doy oqsili 100 hamda150 kDa ekanligini inobatga olgan holda ushbu oqsil namunasida oqsil bor deb hisoblaymiz.
Natijalar va Xulosa Olingan natijalar: Adabiyotlarni o’rganib chiqish natijasida oqsil moddasi dukkakli o’simliklar tarkibida ko’p uchrashini aniqladik. Bizga ma’lumki bug’doy o’simligi tarkibida 38 – 42% oqsil saqlaydi. Dukkakli o’simliklar tarkibidan ajratib olingan oqsil moddasidan oqsil miqdori aniqlandi. Bunda obyekt sifatida Bùĝdoy o’simligidan foydalandik. Yuqorida ko’rinib turibdiki, olingan natijalar bug’doy o’simligidan ajratib olingan oqsil moddalarimiz oqsil izolyati hisoblanib, ushbu oqsil izolyati tarkibida oqsil moddalarimiz mavjuddir. Xulosa - Dukkakli o’simliklar tarkibidan ajratib olingan oqsil moddasidan lektin miqdori aniqlandi. Bunda obyekt sifatida Bùĝdoy o’simligidan foydalandik. Yuqorida ko’rinib turibdiki, olingan natijalar soya o’simligidan ajratib olingan oqsil moddalarimiz oqsil izolyati hisoblanib, ushbu oqsil izolyati tarkibida lektin moddalarimiz mavjuddir.
|
| |