• Taqsimlash guruhining vazifalari: 1)
  • O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati




    Download 2,55 Mb.
    bet89/123
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,55 Mb.
    #246168
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   123
    Л) mazkur guruhga qarashli transportlarni go'llab. ahvoli nochorlarni guruhning o'ziga olib kelish;
    5) shikastlanganlarni shahardan tashqariga ko'chirish.
    7-chizma. Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi
    BOSHQARMA
    ASOSIY BO'LIMLAR:

    Zambildagilar uchun qabul-saralash Zambildagilar uchun jarrohlik-bog'lov xonasi
    Zambildagilar uchun bog'lov xoasi Karaxt (shok) ga qarshi xona Zambildagilar uchun ko'chirish xonasi Yuradiganlar uchun bog'lov xonasi Yuradiganlar uchun ko'chirish xonasi Yuradiganlar uchun qabul-saralash xonasi
    xojalik saralash-kochirish tahlilxona dorixona


    SARALASH MAYDONCHAS1
    QISMAN ISHLOV
    VA DEZAKTIVATSIYA
    BO'LIMI
    DEZAKTIVATSIYA-LASH MAYDONI
    SANITAR ISHLOVI MAYDONI
    TRANSPORTLARGA O'TQAZISH JOYI
    SHIFOXONA BO'LIMI
    YOTADIGANLAR XONASI
    BOG'LOV-AN AEROBLILAR XONASI
    tug'ISH XONASI
    ALOHIDALASH XONASI — YUQUMLI KASALLAR XONASI i
    ASAB-NERV XONASI
    Taqsimlash guruhining vazifalari:
    1) tanasining teri qismlari va kiyimlari ionlovchi va radiofaol qurumlari bilan yuqori dozada zararlanganlarni dozimetrik nazoratdan o'tqazish;

    1. zararlangan kimsalami qisman sanitar ishlov boiimiga, kiyimlari va poyabzallarini esa, dezaktivatsiya qilish uchun yo'llash;

    2. yuqumli kasalliklarga yo'liqqanlarni va asabi keskin ravishda o'zgarganlarni aniqlash:

    4) ushbu bemorlarni maxsus alohidalash xonalariga joylashtirish:
    5) o'zi kelganlar va olib kelinganlarni 2 oqimga, o'zi yura
    oladiganlar va zambildagilarga ajratish;

    1. atrof-muhitni nazorat qilish:

    2. xabarlashuv belgilarini berish;

    8) shikastlanganlar transportlarini saralash maydonchasiga
    o'tqazishni boshqarish.
    Taqsimlash kichik guruhi dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi ostonasida, saralash-ko'chirish bo'limiga 50-60 metrcha masofada tashkil qilinadi. Uning shaxsiy tarkibi: 1 ta hamshira va 1-2 dozimetrchilardan iborat.
    Taqsimlash guruhidan o'tgan, shikastlangan va bemorlar 2 ta oqimga ajratiladi:

    1. o'zi yuradiganlar (olgan radiatsiya dozasi mumkin chegaralarda). bular qisman sanitar ishlovi va kiyimlari hamda poyabzallari dezaktivatsiya tadbirlaridan o'tadi va qabul-saralash xonalariga borishadi;

    2. zambildagilar (2 ta guruhlarga bo'linadi: a - radiatsiya bilan zararlanmaganlar; ular to'ppa-to'g'ri tayyorlab qo'yilgan xonalarga o'tishadi; b - me'yor darajasidan ortiq nurlanish dozasini singdirganlar) ular tanasining ochiq joylariga sanitar ishlovi beriladi.

    Ikkala oqimdagi shikastlanganlar qabul-saralash xonalariga yuboriladi. Ushbu xonalar keng bo'Iishi, bir vaqtning o'zidayoq ko'pchilikni qabul qilishi kerak.
    Shikastlanganlarni ochiq issiq kunlari saralash maxsus maydonchalarda amalga oshiriladi. Bajariladigan yumushlarni qulaylashtirish va bo'limning o'tqazish qobiliyatini oshirish maqsadida uning tarkibi asosida 2-3 ta kichik guruhlar ajratiladi va ikkala oqimdagi shikastlanganlar xizmatini qiladi. Ushbu guruhlar tarkibiga yengil darajada shikastlanganlarni saralash uchun 1 ta shifokor, 1 ta hamshira va 1 ta tibbiy ro'yxatga oluvchi, zambildagilarni saralash maqsadida esa qo'shimcha ravishda hamshira yoki OMX va 1 ta ro'yxatga oluvchi beriladi.
    DTYKGga kelib tushgan shikastlanganlar va bemorlar ro'yxatga olinib ular uchun dastlarbki shaxsiy tibbiy hujjat
    Ikkala oqimdagi shikastlanganlar qabul-saralash xonalariga yuboriladi. Ushbu xonalar keng bo'Iishi, bir vaqtning o'zidayoq ko'pchilikni qabul qilishi kerak.
    Shikastlanganlarni ochiq issiq kunlari saralash maxsus maydonchalarda amalga oshiriladi. Bajariladigan yumushlarni qulaylashtirish va bo'limning o'tqazish qobiliyatini oshirish maqsadida uning tarkibi asosida 2-3 ta kichik guruhlar ajratiladi va ikkala oqimdagi shikastlanganlar xizmatini qiladi. Ushbu guruhlar tarkibiga yengil darajada shikastlanganlarni saralash uchun 1 ta shifokor, 1 ta hamshira va 1 ta tibbiy ro'yxatga oluvchi, zambildagilarni saralash maqsadida esa qo'shimcha ravishda hamshira yoki OMX va 1 ta ro'yxatga oluvchi beriladi.
    DTYKGga kelib tushgan shikastlanganlar va bemorlar ro'yxatga olinib ular uchun dastlarbki shaxsiy tibbiy hujjat
    t
    o`ldiriladi. Uni to'g'ri va aniq ravishda to`Idirish. DTYKG bo'limlarida va tibbiy ko'chirishning keyingi bosqichlarida o'tqaziladigan davolash chora-tadbirlarini o'z vaqtida va kelishilgan ketma-ketlikda amalga oshirishni ta'minlaydi. Fuqarolar muhofazasining dastlabki shaxsiy tibbiy hujjati ham tibbiy, ham adliya hujjati bo'lib tan olinadi.
    Tezlikda tibbiy yordam ko'rsatish va shikastlanishning ayrim jihatlarini belgilash maqsadida hujjatda 4 xilda rang bo'ladi: qizil (yuqorida), ko'k (pastda), sariq (o'ng tomonda) va qora (chap tomonda). Ushbu belgilar tibbiyot xodimiga tezlikda olingan shikastlarning va tibbiy yordamning tavsifi bo'yicha ish yuritish imqonini beradi.
    Shikastlanganlarni va bemorlarning shaxsiy tibbiy hujjati 104-rasmda o'z ifodasini topgan. U 2 qismdan iborat:
    1) zararlanganlarga qilingan kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy
    yordam muolajalarini amalga oshirilganligi haqidagi ma'lumotlar
    uchun;
    2) yirtib olinishi kerak bo'lgani.
    Mazkur hujjatning har ikkala qismdagilarning umumiy va ajrim tomonlari mavjud: umumiy tomonlarga zararlanganlamingjinsi, yoshi, ismi, sharifi, istiqomat qilish manzilgohi, ko'rsatilgan tibbiy yordamlar, tashxis, shifokor imzosi, sanitar yo'qotishlar, transportlar turi, shifoxonaning xili, belgilari kiradi. Ajrim jihatlarga esa, quyidagi ma'lumotlar kiradi (yirtib olinadigan qismiga nisbatan) jgutni qo'yish vaqti, sanitar ishlovi, ko'chirish holati (o'tirib, yotib) I, II va III bosqichli ko'chirish tartiblari, transportlar, tananing shikastlangan joyi va hujjatlarning pastki qismida tan olingan ta'sir etgan salbiy omil (masalan radiatsiya).
    Shaxsiy tibbiy hujjat haqida keltirilgan ma'lumotlar shundan darak beradiki, ikkala qismning umumiy tomonlari ajrim tomonlariga nisbatan ustunroq bo'ladi. Asosiy farq shikastlanganlarni tananing qaysi bir qismida ekanligini ifodalovchi tana chizmasi bilan bog'liq.
    Tibbiy saralashni shifokor yoki OMX amalga oshirib mazkur shikastlanganlar yoki bemorlar DTYKG tomonidan bcrilishi mumkin bo'lgan dastlabki shifokor tibbiy yordamiga muhtojligi ushbu yordamni olish navbati va mazkur guruhning qaysi bo'limida berilishi mumkinligini aniqlaydi. Tibbiy xodimning qarori shikastlangan kimsaning qayerga borishi va uning navbati ko'rsatilgan saralash chiptalarida o'z ifodasini topadi.


    S
    aralash jarayoni paytida zarar ko'rganlar 5 ta guruhga ajratiladi (105-rasm):

    1. hayotiy ko'rsatmalari asosida dastlabki shifokor yordamiga ehtiyoj sezganlar (jarrohlik - bog'lov bo'limiga yo'llanma oladi);

    2. o'zlari yura olmaydiganlar (shifo bo'limiga jo'natiladi);

    3. DTYKG tomonidan tibbiy yordamga muhtoj bo'lmaganlar (ko'chirish xonalariga taqsimlanadi);

    4. yengil shikastlanib yuradiganlar (bog'lov yoki ko'chirish xonalariga yuboriladi);

    5) alohidalashga muhtoj bo'lganlar (ajrim xonalarga jo'natiladi): Qabul-saralash xonalarida shikastlanganlar va bemorlar ro'yxatga olinib saralanadi hamda dastlabki olingan tibbiy yordam kamchiliklari to'ldiriladi va ayrim hollarda (hatto qo'yilgan bog'lovlar yechilmaydi) dastlabki shifokor yordami ko'rsatiladi. Jarrohlik-bog'lov bo'limi hisobidan o'zi yura oladiganlarni saralash xonalarida, ular uchun bog'lov joyi tashkil etiladi. Shikastlanganlarni saralash-ko'chirish bo'limidan navbatga ko'ra shahardan tashqari hududga ko'chirish transport-saralash jarayoni asosida amalga oshiriladi.
    O'zlari yura oladiganlar va zambildagilar uchun tayinlangan ko'chirish xonalarida quyidagi ishlar bajariladi:

    1. kelganlarning umumiy ahvoli nazorat qilinadi;

    2. kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordamlar beriladi;

    3) shikastlanganlar uchun to'ldirilgan shaxsiy hujjatlar va ularning
    ko'chirish pasporti to'liq to'ldirilganligi nazorat ostiga olinadi;
    4) zarar topganlar ko'chirish amallariga tayyorlanadi.
    O'zi yura oladiganlarni ko'chirish maqsadida ularni yoz oylarida ko'chalarda ajratilib maxsus jihozlangan maydonlarga joylashtiriladi.
    QISMAN SANITAR ISHLOVINI BERISH, KIYIMLAR VA POYABZALLARNI DEZAKTIVATSIYA QILISH BO'LIMI
    Mazkur bo'lim tomonidan ikkita maydoncha tashkil etiladi:
    1) shikastlanganlar uchun (qish oylarda xonalarda) sanitar ishlovi
    maydonchasi;
    2) kiyimlar va poyabzallarni dezaktivatsiya qilish maydonchasi;
    Bo'limni ochishda shamolning yo'nalishi inobatga olinib shartli
    ravishda «ifloslangan» va «toza» qismlarga ajratiladi.
    Jarrohlik bog'lov bo'limi quyidagi bo'limchalarga ega bo'Iishi mumkin:
    1) bitta jarrohlik bo'limi faoliyat yuritishi uchun 2-3 ta kushetka
    va jarohatoldi xonasi bilan;

    1. 2 ta jarrohlik guruhi faoliyat yuritishi uchun og'ir jarohatlanganlar uchun 5-6 ta kushetka;

    2. bitta shifokor guruhining ishlashi uchun bog'lov xonasi (saralash ko'chirish bo'limida tashkil qilinadi);

    4) 60-80 ta karaxt bo'lganlar uchun karaxtga qarshi xonalar;
    Bo'limning shaxsiy tarkibi jarrohlik guruhiga aylantiriladi. Har bir
    guruh: jarroh-shifokor, jarrohlik hamshirasi, ikkita bog'lov hamshirasi, tibbiy ro'yxatga oluvchi va 2 ta kichik hamshiralardan iborat.
    Karaxtlikka qarshi xonani jarrohlik xonasiga yaqinroq joylashtirish zarur, chunki karaxt holidagi shikastlanganlar jarroh nazorati ostida muntazam ravishda bo'lishlari lozim. Bu paytda olib boriladigan davolash muolajalari shifokor tavsiyasiga ko'ra hamshira tomonidan amalga oshiriladi.
    Zambildagilar uchun mo'ljallangan bog'lov xonasida bo'shliqlar jarrohligidan tashqari jarrohlik amallari: navokain to'sig'i, traxeyaning og'ir darajadagi bo'g'ilishlarida - traxeyatomiya, transport immobilizatsiyasi, teri mushak kesimida osilib turgan qo'1-oyoqlarni kesib tashlash, peshob pufagini sanchib teshish (punksiya) kabi amallar bajariladi.
    Yura oladiganlar uchun mo'ljallanadigan bog'lov xonasi odatda 1 ta kushetkaga mo'ljallangan bo'ladi. Ushbu xonadagi yura oladiganlarni ko'ruvdan o'tqazib, shikastlanganlarga bog'lov qo'yilib qotirilib, antibiotiklarni, qoqshol va gazli qorasonga (gazovaya gangrena) qarshi zardoblar shikastlanganlar badaniga kiritiladi. Ushbu bog'lov xonasida tajribali hamshira ishlashi kerak. DTYKGda jarohatlarga nisbatan ishlov amallari bajarilmaydi.
    Shifoxona bo'limi kamida 3 ta ochiq va 2 ta ajrim xonalarga ega bo'ladi. Ochiq xonalarga tubandagilar kiradi:
    1) yura olmaydiganlar (jarrohlik muolajalaridan keyin va to'rtinchi darajali nurlanish kasali borlar);
    2)ko'zi yoriganlar;

    1. yuqumli kasallik bilan og'riganlar;

    2. asab-nevrologik kasallar;

    3. o'lim talvasasidagilar (agoniya holatidagilar);

    Shifo bo'limida yura olmaydigan bemorlarni vaqtincha joylashtirib davolash muolajalari amalga oshiriladi. Shifoxonada bir kecha-kundo`zdan ortiq yotib qolganlarga fuqarolar muhofazasi dastlabki tibbiy shaxsiy hujjatining orqa tomoni to'ldiriladi.
    Yuqumli kasalliklarni alohidalash xonasi 2 xil usulda: havo-tomchi va me'da-ichak yo'li kasalliklariga tarmoqlanadi.
    Asab-nerv tizimi keskin ravishda izdan chiqqan bemorlarning xonasida tinchlantirish vositalari va ularni kezi kelganda zambillarga taxtakachlash uchun va zarur maqsadlarda ishlatiladigan narsalarning bo'lishi ko'zda tutiladi.
    Ajrim xonalarni ochish paytida ularni shikastlanganlarning asosiy oqimidan chetroqda bo'lishini oldindan hisobga olish kerak. Mazkur xonalardagi kimsalar ularni ko'chirish uchun lozim bo'lgan ko'chirishning dastlabki imqoniyatlari vujudga kelgunicha ularni ushbu sohaga aloqador shahardan tashqarida joylashgan shifo muassasalarida ushlab turiladi.
    Tug'ruqxona zararlangan o'choqlarda turli sabablarga ko'ra bevaqt suv ketishi boshlangan homilador ayollar uchun mo'ljallangan. Tahlil bo'limi shifokor bo'limiga yaqin masofada tashkil qilinadi. Uning majburiyatlari:

    1. DTYKG manzilgohini dozimetrik nazorat qilish;

    2. qon va peshobning sodda klinik tahlillarini o'tqazish;

    3. kelayotgan shikastlanganlarni dozimetrik ko'rigidan o'tqazish;



    1. zararlanganlarga qisman beriladigan sanitar ishlovini dozimetrik tekshirish;

    2. kiyimlarning nurlantirish bilan zararlanganligini maxsus asboblar yordamida aniqlash va dozasini o'lchash;

    Dorixona: kamida 6 ta xonaga ega bo'lishi ko'zda tutiladi:
    1) talabnomalarni qabul qilish va dorilarni tarqatish (retseptura
    xonasi);

    1. badanga yuboriladigan suyuqliklarni tayyorlash;

    2. dori vositalarini tayyorlash uchun;

    3. suvni sterilizatsiya qilish uchun;

    4. idish-tovoqlarni yuvish uchun;

    6) moddiy xona (tibbiy anjomlarni saqlash uchun);
    Retseptura - assistenlik, kubli va yuvish xonalarni bir-biriga
    qo'shishga ruxsat beriladi.
    Aptekada kamida 4 ta xona bo'lishi zarur. Moddiy bo'lim DTYKGni moddiy jihatdan ta'minlashga qaratilgan bo'lib, uning vazifalariga quyidagilar kiradi:

    1. bo'limlarni tibbiy jihatdan ta'minlash;

    2. inshootlarda xizmat qilayotgan SGni tibbiy anjom bilan to'ldirish;

    3. zarar ko'rgan o'choqlarda saqlanib qolgan tibbiy anjomlarni va ularning zahiralarini vujudga keltirish;

    4. belgilangan hisobot va hisob-kitobni olib borish;

    5. yetishmaydigan mol-mulklarni olish uchun talabnomalarni o'z vaqtida topshirish;

    6. DTYKGda tibbiy anjomning sartlanishi va saqlanishini nazorat qilish

    Xo'jalik bo'limi quyidagi masalalarni hal qilishi zarur:

    1. DTYKG uchun ajratilgan binolarni tartibga keltirish;

    2. elektr manbalarini ishga solish;

    1. guruh bo'limlarini ochishda ko*maklashish;

    2. qo'shimcha sanitar xo'jalik mollari va jihozlarini axtarib topish;

    5) DTYKG va shikastlanganlarni suv va oziq-ovqat bilan
    ta'minlash, almashtiriladigan kiyim-kechaklar zahirasini yaratish;

    1. avtotransportlarni yoqilg'i moylash vositalari bilan ta'minlash;

    2. DTYKG oiganlarni ko'mishni tashkil etishi;

    3. halatlar, kiyim-kechaklar va boshqa narsalarni yuvish;

    4. ayrim og'ir va murakkab bo'lmagan yumushlarni bajarish jarayoniga shahardan tashqariga ko'chirilguncha yengil zararlanganlami jalb qilish;

    DTYKGdan shikastlanganlarni ko'chirish masalasi fuqarolar muhofazasi tomonidan ajratiladigani transportlar orqali amalga oshiriladi.
    KIMYOVIY ZARARLANISH O'CHOG'IDA DASTLABKI TIBBIY VA DASTLABKI SHIFOKOR YORDAMINI TASHKIL ETISH JIHATLARI
    Zamonaviy zaharlovchi moddalar qo'llanilgandan so'ng qisqa vaqt ichida odamlarni shikastlash xususiyatiga ega bo'ladi. Bu holat o'ta qisqa muddat ichida katta hududlarda shikastlanganlarga tibbiy yordam berishni taqozo etadi.
    Jarayonda kimyoviy zaharlovchi moddalar bilan zararlangan o'choqda ishlaydigan tuzilmalar albatta teri va nafas yo'llarini himoya qilish uchun qo'llaniladigan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishadi. Himoya vositalarida faoliyat olib borish bajariladigan ishni murakkablashtirib yuboradi.
    Zamonaviy zaharlovchi kimyoviy moddalarning salbiy ta'siri (ayniqsa nerv-shol mavjudligi) yuqori darajaligi bois dastlabki tibbiy yordamning ahamiyati keskin ravishda ko'tariladi. Bunday yordam o'z-o'ziga va bir-biriga o'zaro yordam ko'rinishlarida o'z ifodasini topadi. DTYKG shikastlangan o'choqqa zudlik bilan kiritilib qisqa vaqt orasida bemorlar xojatini chiqaradi. Sanitar guruhlarning zararlangan o'choqqa kirishi tuman fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati rahbari tomonidan tashkil qilinadi. Mazkur sharoitda SGlari havotozalagichlar va terini himoyalash vositalaridan foydalanishlari lozim. Fosfororganiq zaharlovchi moddalar qo'llanilgan taqdirda esa havotozalagichni kiyishdan oldin shaxsiy doridondagi unga qarshi dorining 1-2 tugmachasini ichish kerak.
    Zararlangan o'choqqa SGning tarkibiy qismlari tashrif buyurishidan oldin quyidagi ma'lumotlardan xabardor bo'Iishi shart:

    1. qo'llanilgan zaharlovchi moddalar;

    2. ishlash joyi va tartibi;

    3) sanitar guruhlari o'choqda qaysi tuzilmalar va ular bilan qanday
    masalalar bo'yicha hamjihatlik qilishi;
    4) faoliyat olib borish vaqti;
    5) qaysi joylarda shikastlanganlarni transportlarga o'tqazishning
    amaliy bajarilishi;

    1. o'choqdan chiqish joyi;

    2. to'liq sanitar ishlovidan o'tish;

    SG boshlig'i vazifalarini aniqlab himoya kiyimlarini va havotozalagichlarini to'g'ri kiyilganligini tekshiradi va so'ngra o'choqda ishlash ko'rsatmasini beradi. Shundan so'ng SGlari shikastlanganlarni topish, ularga dastlabki tibbiy yordam ko'rsatishga o'tadi.
    Kimyoviy zaharlovchi moddalar bilan shikastlanganda o'choqda dastlabki tibbiy yordamning asosiy tadbirlari quyidagicha bo'Iishi mumkin:
    1) zaharlovchi moddaga qarshi dori qo'llash;

    1. betga qisman sanitar ishlovi (agar zaharlovchi modda tushgan bo'lsa) berish;

    2. havo tozalagichni dahan tagidan boshning orqa tomoniga tortish (kiyish);

    3. tananing ochiq qismlari: qo'llar va bo'yinni qisman sanitar ishlovdan o'tqazish;

    5) zararlangan odamni ifloslangan o'choqdan olib chiqish;
    6) bo'g'ish xususiyatli zaharli moddalar bilan shikastlangandan
    tashqari, sun'iy nafas oldirish.
    Qo'shimcha: 106-111-rasmlar.
    BO'G'UVCHI MODDALAR QO'LLANILGANDA SUN'IY NAFAS OLDIRISH MAN ETILADI
    Shikastlanganlarga dastlabki tibbiy yordam ko'rsatilgach, ularni o'choqdan zudlik bilan olib chiqish choralarini ko'rish shart. Ayni maqsadda, ularni mavjud yoki yetib kelgan transportlarga o'tqazish

    Download 2,55 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   123




    Download 2,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati

    Download 2,55 Mb.