YADROVIY SHIKASTLANGAN O'CHOQDA DASTLABKI TIBBIY YORDAMNI TASHKIL QILISH




Download 2.55 Mb.
bet112/179
Sana15.03.2017
Hajmi2.55 Mb.
#82
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   179
YADROVIY SHIKASTLANGAN O'CHOQDA DASTLABKI TIBBIY YORDAMNI TASHKIL QILISH

Mazkur o'choqda, dastlabki tibbiy yordam, o'ziga va o'zaro tartibda, sanitar guruhlari (SG), sanitar bo'limlari (SB), fuqarolar muhofazasining qo'shinlar qismidagi tibbiy bo'limlar, fuqarolar muhofazasi qismlari, fuqarolar muhofazasi tuzilmalarining shaxsiy tarkibi tomonidan imqoniyat boricha qisqa vaqt ichida amalga oshiriladi. Tibbiyot xizmati kuchlari shikastlangan o'choqqa fuqarolar muhozafasining yagona guruhi tarkibida fuqarolar muhofazasining umumiy maqsadda tashkil etilgan tuzilmalari va xizmatlari bilan birga, qutqaruv, kechiktirib bo'lmaydigan talafot-ta'mirlash ishlarini bajarish uchun kiradi. Mazkur ishlar (agar, radiatsiyaviy sharoitlar imqon bersa), bir vaqtning o'zida o'choqning barcha hududida, tun-u kun va muntazam ravishda oxirigacha amalga oshirilishi kerak. Fuqarolar muhofazasi shahar tumanining guruhlangan kuchlari ushbu tuman fuqarolar muhofazasining qarori bilan tashkil etiladi. Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati kuchlari, ularni ishlatish tartiblari vujudga kelgan sharoitlarni inobatga olgan holda, tuman tibbiy xizmati boshlig'i tomonidan belgilanadi. Sanitar guruhlar (SG) ishlari fuqarolar muhofazasining vaziyatga qarshi boshqa tuzilmalari bilan birga bajariladi.

Joylarda vazifalarni amalga oshirishdan oldin o'choqlarda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i sanitar guruhlari (SG) boshliqlari oldiga kerakli vazifalari qo'yishi lozim. Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i bajarilishi lozim bo'lgan masalalarni hal etishdan avval, quyidagilarga e'tibor berish yo`zasidan ko'rsatmalar beradi:

1) har bir sanitar guruhi (SG) ishlashi kerak bo'lgan hududlar;

2) sanitar guruhining ishlar olib borayotgan hudud qismida,
bo'ysunish tartibiga ko'ra, har bir ishlash joyida umumiy rahbarlik
qilish qutqaruv tuzilmalari boshliqlariga yuklatiladi;

3) sanitar guruhining (SG) ishlash muddati;



  1. shikastlanganlarni olib chiqish joyi va yo'li (transportlarga shikastlanganlarni o'tqazish joyini belgilash);

  2. dushman tomonidan qayta hujumning amalga oshirilish alomatlarini yetkazish va himoya usullari;

  3. dozimetrik nazorat va nurlanishning mumkin bo'lgan eng katta dozasini aniqlash tartibi.

Sanitar guruhi (SG) boshlig'i bajarilishi lozim bo'lgan vazifalarni aniqlagach, qo'l ostidagi sanitar zanjiri - tizimi oldiga ayrim vazifalarni qo'yadi. Bu paytda u, ularning har biriga ishlash joyini va uning o'zi qayerda bo'lishini tayinlaydi. Ish jarayonida, sanitar guruhi (SG) boshlig'i, asosan, sanitar zanjiri tizimini boshqaradi.

Murakkab joylarda, ishlarni boshqarish maqsadida sanitar guruhi (SG) boshlig'i, ma'naviyat bo'yicha muovinini jo'natadi. Sanitar guruhi (SG) boshlig'i sanitar zanjiri - tizimlari bilan bo'ladigan aloqani belgilar va aloqachi yordamida amalga oshiradi. Tashkiliy masalalarni hal etish qisqa vaqt ichida aniq ravishda olib boriladi.

Barcha sanitar zanjiri - tizmi oldiga bajariladigan vazifalar qo'yilgach, sanitar guruhining (SG) shaxsiy tarkibi shikastlanganlarni qidirib topib, ularga dastlabki tibbiy yordam ko'rsatishni boshlab yuboradi. Bunday amallar dastavval qulagan, yonib ketgan joylarda. keyinchalik yong'inlarning o'chirilishi, himoya yerto'lalarining ochilishi, qulagan narsalardan tozalanishi tufayli, joyning qolgan qismi fuqarolar muhofazasining boshqa

tuzilmalari tomonidan bajariladi. Shikastlanganlarga beriladigan dastlabki tibbiy yordam ular topilgan joylarda amalga oshiriladi.

Yadroviy shikastlanish o'chog'ida, beriladigan dastlabki tibbiy yordam, quyidagi muolajalarni o'z ichiga oladi:

1) qon oqishini vaqtinchalik to'xtatish;



  1. yonayotgan yoki tutayotgan kiyimlarni o'chirish;

  2. kuygan va jarohatlangan hollarda dastlabki bog'lovni qo'yish

4) qo'1-oyoqlar va to'qimalar keng ko'lamli shikastlanganida ularni
tinch holatga keltirish (immobilizatsiya);

  1. og'riqni qoldiruvchi vositalarni tanaga kiritish;

  2. nafas yo'llarining o'tuvchanligini ta'minlash;

7) havo tozalagichlar va shaxsiy doridondagi boshqa moddalardan
foydalanish;

  1. o'pkaga sun'iy nafas oldirish;

  2. yurakni bilvosita uqalash va boshqalar.





Download 2.55 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   179




Download 2.55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



YADROVIY SHIKASTLANGAN O'CHOQDA DASTLABKI TIBBIY YORDAMNI TASHKIL QILISH

Download 2.55 Mb.