DASTLABKI TIBBIY YORDAMNI KO'RSATISH
1. Qon ketishini to'xtatish (49-53-rasmlar): jarohatni siqish; jarohatlangan tana qismini ko'tarib qo'yish; odamni cxaqlanchasiga yotqizish; boshini balandroq qilish; jarohatni siqib bog'lash; jarohatdagi jismga tegmaslik (vaziyatga ko'ra, agar shunday qilinganda qon oqishi kuchayib ketadigan bo'lsa); jarohatga steril taxlamma (salfetka), bint yoki toza mato qo'yish; jarohat qismi yurak sathidan balandroq bo'lishini ta'minlash; jarohatni bint bilan bog'lash va yopishqoq plastir yoki skoch yoxud to'g'nog'ich bilan mustahkamlash, ayni maqsadda ingichka rezinka xaqlachalardan, shisha idishlarga kiydiriladigan paralon turidan foydalanish; qo'l-oyoqlarni bog'lash, barmoq uchlarini ochiq qoldirish, chunki ular rangiga qarab, mazkur tana qismida qon aylanish jarayoni qay tarzda ketayotganini nazorat qilish mumkin bo'ladi; qon tomirlarni bosish nuqtalaridan foydalanish; qon tomiriga rezinka tasma - jgut bog'lash vaqti va yordam bergan kishi ismi-sharifini yozish; jarohatlanganni shifokorga ko'rsatish
Qon ketishini vaqtincha to'xtatish maqsadida, tasma - jgut qo'yish eng ishonchli va keng tarqalgan usul hisoblanadi. Qon ketishini to'xtatishda 4 xil jgutdan foydalanish mumkin: 1) matodan buramali; 2) enli rezinasimon tasma; 3) esmarx - naysimon; 4) enli tasmasimon (54,55 - rasmlar).
To'qimalarning kamroq shikastlanishi uchun enli tasmasimon Jgutlardan foydalangan ma'qul. Qon ketish joyiga qarab qon to xtatuvchi jgut qo'ltiq osti sohasiga, yelkaning yuqori qismiga, sonning yuqori va pastki qismiga qo'yiladi.
|