• / - boshga ; 2
  • -chizma. Uolles («9 lar» qoidasi) bo'yicha kuyish sathini aniqlash




    Download 2,55 Mb.
    bet116/179
    Sana15.03.2017
    Hajmi2,55 Mb.
    #82
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   179
    6-chizma. Uolles («9 lar» qoidasi) bo'yicha kuyish sathini aniqlash.

    Ko'pincha, kuygan tana qismlari sathini o'lchash chog'ida har ikkala usullardan bir vaqtda foydalaniladi

    Tana sathi 10-15% kuygan taqdirda, kuyish kasalligi kelib chiqadi. Ushbu holat 4 xil: I. II, III va IV darajali bo'Iishi taqozo qilinadi. Kuyish nafaqat kimyoviy moddalar ta'sirida, balki yuqori harorat beruvchi boshqa omillar (bug', suv, yorug'lik nurlanishi. yashin) ta'sirida ham namoyon bo'Iishi mumkin.

    Dastlabki tibbiy yordamni ko'rsatish uchun umummaqsadli doridondan foydalaniladi. Uning tarkibida turli tibbiy anjom (10 ta) bilan birga zarur dorilar majmuasi keltirilgan (22 ta):

    1) og'iz niqob, sun'iy nafas;


    1. demos vositasi, yod yoki spirt - qo'l-terilarini, tibbiy uskunalarni, jarohatlar atrofini dezinfeksiya qilish;

    2. bintlar va yopishqoq tasma - jarohatlarga bog'liq;

    3. pufak (rezinkali yoki polietilenli), sovuq - lat yeganda yoki ichki a'zolardan qon oqqanida, ilon va hasharotlar chaqqanida, allergik jarayonlarda issiq-sovuq oldirganda, charchaganda;

    4. gipotermik haltacha - mo`zlatish;

    5. rezinkali nokcha - nafas yo'llarini tozalash, ko'zni yuvish;

    6. alfa tasmasi - qon oqishini to'xtatish va o`zoq vaqt mobaynida qon tomirning bosim ostida bo'lganligida;

    7. maxsus varaqcha - kuygan joylarni qoplash;

    8. maxsus dastro'molcha - koliteks, kuygan terini qoplash, mochevina eritmasi bilan - lat yeganda, shishganda, propolyus (asalari yelimi, qo'ng'ir rangli o'ziga xos hidli, o'tkir mazali, zich yoki yopishqoq mumga o'xshash narsa) va furagin (bakteriyalarga qarshi dori - 1% eritmasi kuygan joylarga) bilan kuygan yoki hasharotlar chaqqan joyga, kesilganda qon to'xtatish uchun, qoqilgan va shilib tashlangan jarohatlarga - koliteks-gem;

    10) yig'iladigan taxtakach - bilak, tovon, tizza, tizza-tovon
    suyaklari singanida qotirish uchun.

    Mazkur doridon ichidagi dorilar:



    1. novshadil spirti - hushidan ketganlarni o'ziga keltirish va nafas olishni rag'batlantirish, taqinchoq dokali yoki paxtali bo'g'irsoqqa novshadil spirti shimdirilib bir necha marta burun teshiklariga ro'para qilinadi yoki chakkalarga tezlikda surtiladi. Burun teshiklari yoki ko'zga tushirish man etiladi.

    2. validol - tugmacha, qobiqcha (kapsula) yoki eritma holida -asab charchaganda, yurak sohasida og'riq bo'lganida - bitta donasi yoki 4-5 tomchisini qandga shimdirib til ostiga qo'yib shimiladi.

    1. Valeriana - arslon quyruqlarining spitrli damlamalari, korvalol. valoqardin, Zelenin tomchilari - tinchlantiruvchi va kuchsiz uxlatuvchi - g'azablanganda. uyqusizlikda, nevrozlarda, haddan tashqari qo'zg'olish - stresslarda, qattiq qo'rqqanda tinchlantirish; 20-25 tomchidan, 1 qoshiq suvga;

    2. dimedrol, suprastin, tavegil, diazolin tugmacha va mayda zoldirchalar- allergik jarayonlarga qarshi, og'riq qoldiradigan dorilar ta'sirini oshirish uchun;

    3. sanorin, naftizin, giazolin - tomchi holida - tumovda, allergik jarayonda burunga, hasharotlar chaqqanda, jarohat ustiga;

    4. asetilsalitsil kislotasi (aspirin) - bo'g'imlarda og'riqlar bo'lganda, isitma tushiradi.;



    1. furatsillin - tomoqni chayish uchun bir piyola suvga (qaynatilgan iliq) ikkita dona tugmachasini eritiladi;

    2. libeksin, bromgeksin - ko'krak qafasi jarohatlanganda, qovurg'alar singanda, yo'talni to'xtatish uchun;

    9) no-shpa - silliq mushaklarni bo'shashtiruvchi - ichak a'zolarida
    og'riq bo'lganida: tugmacha va ampula ko'rinishida;

    1. analgin, baralgin - jarohatlar bosh bo'g'imlarda va boshqa og'riqlarda, buyrak og'rig'ida 1-2 tugmachasi ichiladi;

    2. tish tomchilari - tiqinchoqqa shimdirilib og'rigan tish teshigiga kiritiladi;

    3. bellastezin, besalol - 1 ta tugmachasini qorinda og'riq paydo bo'lganida yoki me'da-ichak faoliyatlari izdan chiqqanida;

    4. senadeksin, fenolftalein (purgen), senade va boshqa surgilar qabziyatlarda bir tugmachadan yotishdan oldin;

    14) sulgin, ftalazol, furazolidon - ich ketganida tugmacha holida;

    15) karbolen (faollashtirilgan ko'mir), MKS-mikro-


    kristallitsellyuloza - 0.5 tugmachasini qorin (ichaklarda) dam
    bo'lganida, zaharlangan holatlarda 40 tugmagacha ichiladi;

    1. 2% osh sodasi (choy sodasi, natriy bikarbonati) - tugmacha yoki kukun ko'zga fosfororganiq zaharlovchi moddalar (karbofos. dixlorofos, tiofos) tushganida yuvish uchun hamda hasharotlar chaqqanida so'rish uchun, faringit va laringit kasalliklarida tomoqni chayish uchun;

    2. margansovka - kaliy pcrmanganati - 0,K-0,5% eritmasi jarohatlarni yuvish uchun, 0,l-0,01%lisi og'iz va tomoqni chayish va oshqozonni yuvish uchun, 2-5% lisi yara va kuygan joylarga ishlov berish uchun;

    1. 5% yodning spirtdagi eritmasi - teri yallig'langanida mayda yiringchalarga, tirnalganda, mayda yaralarga, jarohatlarning atrofiga ishlov berish uchun;

    2. brilliant yashili - 1 yoki 2% li suv yoki spirtdagi eritmasi. mikrojonzotlarga qarshi, yassi yaralarni, kesilgan joylarni, tirnalganda, yiringchalarga, teri kasalliklarida foydalaniladi.

    3. sintomitsin linimenti (suyuq surtma dori) - yoki sintomitsin emulsiyasi mayda jarohatlar turidagi yiringli yallig'lanishlar, mikrojonzotlar tushgan kuyish joylari;

    4. vodorod peroksidi - qon oqishini to'xtatish, dezinfeksiyalash uchun;

    5. spirt, atir, aroq - yaralarga, jarohatlarga, mikrojonzotlar tushishining oldini olish, aseptik bog'lovlarni qo'yish, 30-50 ml dan karaxt holatida yoki uning oldini olish uchun qo'llaniladi;

    Majmuiy shikastlanishlarda dastlabki tibbiy yordamni amalga oshirish navbati, uning har bir turi va og'irlik darajasiga qarab bajariladi.

    Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatilgach, shikastlanganlarni, transportlarga ortish joyiga olib chiqiladi. Shikastlanganlarni olib chiqish qutqaruv tuzilmalarining zambilli tizimlari orqali amalga oshiriladi. Shikastlanganlarni o`zoq masofalarga olib chiqish paytida estafeta «men beray, sen ol» usulidan foydalaniladi.

    Inshootlardagi fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i sanitar guruhlari va shikastlanganlarni transportlarga o'tqazish jarayonini shaxsan o'zi yoki yuborilgan vaqillari boshqaradi.

    Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi qutqaruv ishlari olib borilayotgan inshootlar yaqinida bo'lganida, shikastlanganlarni zambillarda olib chiqiladi, o'zi yuradigan zarar ko'rganlar esa dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi oldiga o'zi yetib boradi, mabodo, qutqaruv ishlari bajarilayotgan inshootdan dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhigacha o`zoq masofada bo'lsa u holda shikastlanganlarni ko'chirish masalalari dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhidagi inshootlar tuzilmalarining yetib kelgan transportlaridan foydalangan holda shikastlanganlarni «o'zidan boshqaga» hamda dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhining o'ziga tegishli transportlari orqali «boshqadan o'ziga» usullarini amalga oshirish yo'li bilan hal etiladi.

    TANA SHIKASTLANISHLARI
    Organizmdagi to'qima va a'zolarga tashqi muhit omillari (fizik. kimyoviy, biologik va ruhiy ta'sirotlar) dabdurustdan ta'sir o'tqazishi oqibatida o'sha to'qima va a'zolarning anatomiyasi va faoliyatining izdan chiqishi shikastlanish deyiladi.

    Shikastlar kelib chiqishiga ko'ra quyidagi turlarga ajratiladi: 1) mexaniq shikastlar (ochiq yoki yopiq) (56-rasm);




    56-rasm. Suyaklaming yopiq (a) va ochiq (b) sinishi.

    1. fizikaviy shikastlar (yuqori va past harorat, kuyish yoki sovuq urishi, elektr toki, nurlanish va h.k.);

    2. kimyoviy shikastlar (kislotalar, ishqorlar, zaharalovchi moddalar);

    1. biologik (bakteriya zaharlari - toksinlari);

    2. ruhiy shikastlar (qo'rqish, tashvishlanish);

    3. jarrohlik shikastlari.

    Vaziyatga ko'ra shikastlar 2 xil bo'ladi:

    1. ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan shikastlar;

    2. ishlab chiqarishda bo'lgan shikastlar.

    Soniga binoan shikastlar: bitta, bir qancha va bir necha xil bo'Iishi mumkin.

    Odam shikast topganida nafaqat mahalliy, balki tanada umumiy o'zgarishlar ham ko`zatiladi.

    Shikastlanishlar ishlab chiqarishdan tashqari, qishloq xo'jaligida, ko'chada, tabiat qo'ynida, turmushda, jismoniy mashqlarda, ayniqsa bolalarda ham uchrashi mumkin.

    Odamlar shikastlangan paytlarda tibbiy yordam ko'rsatish quyidagi asosiy tadbirlardan iborat bo'ladi:


    1. voqea sodir bo'lgan joyda dastlabki tibbiy yordamni ko'rsatish;

    2. shikastlanganlarni tegishli shifoxonaga yetkazish;

    3. dastlabki shifokor yordamini berish;

    4. malakali va maxsuslashtirilgan tibbiy yordamni amalga oshirish. Dastlabki tibbiy yordamni ko'rsatish chog'ida quyidagi jihatlarga

    e'tibor berish zarur:

    1. shikastning sababiga va uning hayot uchun xavfli bo'lgan holatlariga nuqta qo'yish;

    2. yo`z berishi mumkin bo'lgan asoratning oldini olish;

    3) bemorni davolash muassasasiga jo'natish uchun
    imqoniyatlardan kelib chiqib, yaxshi sharoitlarni yaratish.

    O'z vaqtida ko'rsatilgan 1-tibbiy yordam shikastlanganning hayotini va uning mchnat qilish qobiliyatini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi, to'g'ri ko'rsatilgan yordam asoratlarga o'rin qoldirmaydi.

    Har qanday shikastlanishda 1 -tibbiy yordam ko'rsatishdan oldin. bemorning ahvolini o'rganish zarur. Mabodo, bemorda shikastlanish oqibatida behushlik, kollaps, shikastlanish karaxti, dabdurustdan kelib chiqqan kamqonlik va h.k. ko`zatilsa, 1 -navbatda ayni holatlarni bartaraf etishi mumkin bo'lgan tadbirlarni amalga oshirish lozim.

    Shikastlangan kimsada nafas, yurak ishi izdan chiqqan bo'lsa yoki nafas, yurak to'xtagan bo'lsa, tezlik bilan jonlantirish muolajalarini amalga oshirish kerak bo'ladi.

    1-TIBBIY YORDAM
    Zarb (yumshoq to'qimalar va a'zolarning teriga zarar yetkazmay shikastalanishi) yeyishda, ko'rsatiladigan 1-yordam quyidagilardan iborat bo'ladi:

    1 ) zarb yegan joy qisib bog'lanib, qimirlatilmasdan, baland ko'tarib qo'yiladi;

    2) zarb yegan joyga sovuq haroratli jism qo'yiladi;

    3)2-3 kundan keyin isitiladi;



    1. 3-4 kundan boshlab sekin-asta (passiv) harakat qilinadi;

    2. 5-6 kundan so'ng, faol ha-rakatga o'tiladi;

    3. qon to'planib qolgan bo'lsa, uni shpris yordamida so'rib olinib, o'rniga antibiotiklar yuboriladi.

    Paylar cho'zilganda qilinadigan dastlabki tibbiy yordamga quyidagi amallar kiradi:

    1. avvaliga bo'g'im qimirla-maydigan holatga keltiriladi;

    2. shikastlangan bo'g'imlar yuqoriga ko'tarib qo'yiladi (oyoqni ko'tariladi, tinch holatda saqlanadi, qo'l paylari cho'zilganda, qo'l yelkaga osib qo'yiladi);

    3) ba'zangipslilongetqo'yiladi(maqsad-og'riqnikamaytirish);

    4) shishgan bo'g'im atrofiga 1-kuni mo`z halatachasi qo'yiladi;

    5) 2-kundan boshlab, issiqqo'yiladi (kompress, УВЧ, issiq vannalar va uqalash muolaja-lari);

    Yelka chiqishida 1 -yordam - chiqqan yelka-qo'lni me'yor holatida bog'lab qo'yiladi.

    Bilak chiqqanida - shikastlangan qo'lni Kramer shinasi bilan qimirlamaydigan holatga keltirib, bo'yinga osib qo'yiladi.

    Boldir suyagining chiqishi - shikastlangan oyoqni Kramer, Diterixs shinalari bilan taxtakachlanadi.

    .
    DESMURGIYA VA SHIKASTLANGAN JOYLARNI QIMIRLAMAYDIGAN HOLATGA KELTIRISH (TRANSPORT IMMOBILIZATSIYASI)

    Desmurgiya deb tananing turli qismlarini bog'lashga o'rgatadigan ta'limotga aytiladi.

    Bog'lamlarni qo'yish san'ati tibbiyotning eng qadimiy namunalaridan biri deb hisoblanadi. Qadimiy qo'lyozmalarda yaralarni davolashda, bogTovchi vosita tariqasida yopishqoq plastir, mum, bo'z va boshqa narsalar qo'llanilgan.

    Bog'lam deganda, yaralar va teri sathlarining me'yor darajasidan o'tgan o'zgarishlari tashqi muhit ta'siridan saqlab turuvchi tadbirlar majmuasi tushuniladi. Ular qon to'xtatish va shikast topgan a'zolarni qimirlamaydigan holga keltirish uchun foydalaniladi.

    Bog'lash uchun ishlatiladigan vosita 2 guruhga ajratiladi:

    1) yumshoq; 2) qattiq bog'lamlar.

    Tanaga qo'yiladigan bog'lam 2 qismdan iborat bo'ladi:

    1) yaraga davolash maqsadida qo'yilgan; 2) bog'lamni ushlab turuvchi.

    Bog'lov vositasini ushlab turuvchi narsalarga quyidagilar kiradi: 1) bint; 2) to'rli bint; 3) trikotajli bint; 4) elastik (egiluvchan va

    buqiluvchan bint va boshqalar) bint. Dokadan qilingan bintlar hozirgi

    vaqtda, asosiy bog'lov vositasi deb tan olingan. Bintning o`zunligi 5-

    7 m va eni 5-20 sm bo'lishi taqozo etiladi.

    Yumshoq bintli bog'lamlar hozirgi paytda, jihatlari va qo'llanishiga

    ko'ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:



    1. oddiy yumshoq bog'lam (himoya va davolash maqsadida);

    2. qon to'xtatuvchi bog'lam (siqib turish uchun);

    3) qimirlamaydigan holga keltirish uchun (davolash va bemorni
    ko'chirish maqsadida);

    4) to`zatuvchi bog'lam.

    Yumshoq bog'lamlarga yelimli. ro'molsimon va bint bog'lamlari kiradi.

    Yumshoq bog'lamlar ko'pincha tezda tibbiy yordam ko'rsatish zarurati tug'ilganda qo'llaniladi.

    Yelimli bog'lamlar - kollodiy, kleol (kanifol 50.0 + skipidar 1.0 + efir 100.0) va yopishqoq plastir qo'yiladi.

    Ro'molsimon bog'lamni tananing hamma sohasiga qo'llasa bo'ladi. Kamchiligi: 1) tanaga tegib turmaydi; 2) bog'langan joyni bir tekisda siqmaydi. Mazkur bog'lam sodda boiganligi bois dastlabki yordam ko'rsatish paytida qo'l keladi (58-rasm). Bint bog'lam bog'lanadigan tana qismiga qulay holat berishi kerak. Bint 3 qismdan iborat bo'ladi: 1) uchi; 2) boshi (tanasi) - o'rog'liq qismi): 3) oxiri.




    58-rasm. Ro'molli bog'lovlar: / - boshga; 2 -yelka bo'g'imiga; 3 - son-chcmoq bo'g'imiga; 4 - boldirga; 5 - ko'krak beziga; 6 - bilakni tutib turish uchun.

    Bint boshi o'ng qo'lga, uchi esa chap qo'lga olinadi va bog'lov qo'yiladigan tana qismi ustida boshi chapdan o'nga aylantirib bog'lanadi; ayni vaqtda bint pastga-yuqoriga qarab shunday o'rab boriladiki, bintning 2-o'rami 1-o'ramining 2/3 qismini yoki yarmini qoplab o'tadigan qilib solinadi. Bint bog'lanadigan joyni 1 xilda bosib borishi, ya'ni ayrim joylarda qattiq, ayrim joylarda haltum bo'lib qolmasligi kerak.

    Bint bog'lamlarining xili ko'p; 1) aylanma; 2) spiral (chirmoviq); 3) buklangan; 4) boshoqsimon; 5) toshbaqasimon; 6) orasini ochiq-ochiq qilib; butsimon yoki 8 simon qilib; 7) qaytuvchi; 8) sopqonsimon (palaxmon); 9) T simon; 10) Dezoniki. Tananing qaysi qismiga qanday bog'lam qo'yish, o'sha joyning shakliga bog'liq (59-68-rasmlar).


    Download 2,55 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   179




    Download 2,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -chizma. Uolles («9 lar» qoidasi) bo'yicha kuyish sathini aniqlash

    Download 2,55 Mb.