• RADIOAKTIV ZAHARLANIShLAR.
  • O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati




    Download 5.01 Mb.
    bet8/36
    Sana15.03.2017
    Hajmi5.01 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
    K0,5), cm

    Zararlanish

    manbalari



    Zichligi,

    g/cm3



    Yarim susaytiruvchi qavat, cm

    Gamma-nurlaridan

    Gamma-bo`linishlaridan

    Suv

    1,0

    14-20

    3-6

    Daraxt

    0,7

    15-30

    10-15

    Tuproq, er

    1,6

    10-14

    11-14

    Beton

    2,3

    6-12

    9-12

    Bron (zirx)

    7,8

    2-3

    5-12

    Qo`rg`oshin

    11,3

    1,4-2

    9-12

    Po`lat

    7,8

    2,8-3

    5-12

    Qor

    0,4

    50

    -

    BA`ZI BIR RADIOAKTIV ZARRACHALARNING YARIM EMIRILISH DAVRLARI

    IZOTOPLAR

    YARIM EMIRILISH DAVRLARI

    Radiy-100

    30 sekund

    Ittriy-95

    10 daqiqa

    Indiy-119

    18 daqiqa

    Yod-131

    8 kun

    Bariy-140

    13 kun

    Stronsiy-89

    51 kun

    Stronsiy-90

    28 yil

    Seziy-137

    26 yil

    RADIASIYA DARAJASINING KAMAYISHI

    Portlashdan keyin o`tgan vaqt

    Radiasiya darajasi,

    % hisobida



    Portlashdan keyin o`tgan vaqt

    Radiasiya darajasi,

    % hisobida



    1 soat

    100

    7 soat

    10

    2 soat

    43

    10 soat

    6

    3 soat

    27

    1 sutka

    2

    5 soat

    15

    2 sutka

    1

    YADROVIY SHIKASTLANISH O'CHOG'I

    Yadroviy shikastlanish o'chog'i deb, bilvosita yadroviy salbiy ta'sir etuvchi omillar ixtiyorida boigan hududga aytiladi. Mazkur o'choqda odamlar, hayvonot va o'simlik olami ichida ko'plab yo'qotishlar, binolar, inshootlarning ommaviy yakson boiishi, bosib qolishlar, kommunal-quvvat tizimlarida talafotlar mavjud bo'ladi. Yadroviy portlash qanchalik kuchli bo'lsa, shikast topgan hudud ham shunchalik katta bo'ladi. Yakson bo'lish jarayoni ko'p jihatdan binolar, inshootlar, ularning qavatlari, soni va qurilish zichligiga bog'liq.

    Yadroviy shikastlangan hududning tashqi sarhadi deganda, qaysi chiziqdan tashqarida ortiqcha bosim darajasi 10 kPa ga teng bo'lsa, shu yerni tashqi chegara deb qabul qilinadi. Shuni unutmaslik kerakki, yadroviy portlash o'chog'ining katta-kichikligiga hududning relyefi ham ta'sir etadi. U qanchalik tekis bo'lsa, uning doirasi ham shu darajada keng bo'ladi. Yadroviy shikast topgan hudud shartli ravishda 4 qismga - zonaga ajratiladi. Bu qismlarning har biridagi yaksonlanish jarayoni, deyarli bir xilligi bilan ajralib turadi.

    Batamom yaksonlanish qismi - uning tashqi chegarasidagi zarb to'lqinining ortiqcha bosimi 50 kPa dan ko'proq bo'ladi. Bu qismdagi barcha binolar va inshootlar, radiatsiyaga qarshi berkinchoqlar, yerto'lalarning bir qismi, yakson bo'lib, mutlaq bosib qolishlar vujudga keladi va kommunal quvvat tizimlari shikastlanadi. Bu qismda muhofazalangmagan odamlarda o'ta og'ir va keng doirali jarohatlar ko`zatiladi (ichki a'zolar shikastlari, suyaklarning sinishi, karaxt (shok) holatlari, qonto`ziyalar, miyaga qon quyilishi).

    Muhofazalanmagan aholi orasida ommaviy yo'qotishlar uchraydi. Faqat yaxshilab jihozlangan berkinchoqlardagi kishilargina shikastlanmaydilar. Batamom yaksonlanish qismida, qutqaruv ishlari o'ta murakkab sharoitlarda olib boriladi. Qutqaruv ishlariga quyidagilar kiradi: bosib qolingan joylarni tozalash; bosib qolingan berkinchoqlardan odamlarni olib chiqish. Ommaviy tuzilmalar (sanitar drujinalari) uchun bajariladigan vazifalar qiyin sharoitda amalga oshiriladi.

    Ushbu qismda yorug'lik nurlanishi 2000 kJ/m2 dan ham oshib ketadi. Natijada, narsalarning erib ketishi, kuyib ketishi ko`zatiladi. Ochiq joylardagi odamlar, o'ta og'ir darajadagi kuyishga mubtalo bo'ladilar. Ularga ta'sir etuvchi ionlashtiruvchi nurlanish 500 R va undan ham ko'proq bo'ladi. Yer yo`zasida yadro quroli portlatilganida ayni hududning portlash markaziga yaqin yerida kuchli ravishda radiofaol qurum bilan zararlanadi.



    d:\мои рисунки\гигиена2\12.jpgKuchli darajada yaksonlanish qismi - zonasi portlash to'lqinining oldingi sarhadlarida ortiqcha bosim 30-50 kPa ga teng bo'ladi. Bu joylarda yer yo`zasidagi binolar va inshootlar kuchli darajada shikast topadilar. Devorlar va tomlarning bir qismi bo`ziladi. Mahalliy bosib qolishlar, butunlay va ommaviy yong'inlar ko`zatiladi. Ko'pchilik berkinchoqlar saqlanib qoladi. Yorug'lik nurlanishi ta'sirida 90 % imoratlar butunlay yona boshlasa, ommaviy yong'inlarda esa, 25 %gacha binolar alanga ichida qoladi. Ochiq joyda bo'lgan odamlar o'rta darajadagi shikastlanishlarga uchraydi. Ularda yorug'lik impulsi (40 yoki 2000-1600 kJ/nr) ta'sirida 3- va 4-darajali kuyishlar ko`zatiladi. Bunday joylarda, odamlar is gazi bilan ham zaharlanishi mum kin.Bu qismlarda asosiy qutqaruv ishlariga bosib qolishlarni bartaraf etish, olovlarni o'chirish, odamlarni bosib qolgan berkinchoqlardan olib chiqish, bo`zilgan, yaroqsiz holga kelgan va yonayotgan binolardan shikastlanganlarni qutqarish kiradi. Ommaviy tibbiy tuzilmalar - sanitar drujinalari faoliyati qiyinlashadi, dastlabki shifokor yordamini ko'rsatish guruhining ishlashi uchun sharoit to'g'ri kelmaydi.

    O'rtacha yaksonlangan qism - portlash to'lqinining oldidagi ortiqcha bosim 30-20 kPa/m2 ga teng. Bu yerlarda imoratlar o'rtacha darajada shikastlanadi: binolar ichidagi to'siqlar, eshik kesaqilari, derazalar, tomlar bo`ziladi, devorlarda yoriqlar paydo bo'ladi. Yuqori qavatlarda shikastlanishlar ko`zatiladi. Berkinchoqlar yer ostida bo'lsa, saqlanib qoladi va foydalanish uchun ishlatiladi. Ayrim bosib qolishlar namoyon bo'ladi. Yorug'lik nurlanishi ta'sirida ommaviy yong'inlar ko'zga tashlanadi.

    Berkinchoqlardan tashqarida bo'lgan odamlar yengil va o'rtacha darajada shikastlanadilar. Ammo, yorug'lik nurlanishi hamon kuchli bo'lgani bois kishilar orasida kuyish hollari davom etadi. Odamlar is gazi bilan zaharlanishi mumkin. Yengil shikastlangan, ammo kuymagan odamlar o'zlariga va o'zaro yordam berishlari hamda shikast topgan o'choqdan chiqishi mumkin.

    Kuchsiz yoki ozgina yakson bo'lgan zona.

    Bu yerda ortiqcha bosim 20-10 kPa bo'lib, inshootlar salgina shikastlanadi: deraza va eshik kesaqilari, yengil to'smalar - devorlar bo`ziladi, devorlar yoriladi. Yerto'la va pastki qavatlar saqlanadi. Yorug'lik nurlanishi ta'sirida ayrim yong'inlar ko`zatiladi. Ochiq yerdagi odamlar qulayotgan narsalar, oyna siniqlaridan shikastlanadi. Berkinchoqlarga yashiringanlarga ozor yetmaydi.

    Bu zonada qutqaruv ishlari yong'inni o'chirish, qisman bo`zilgan va qulayotgan binolardan odamlarni olib chiqishga qaratilgan. Ommaviy tibbiyot tuzilmalari (sanitar drujinalar, dastlabki shifokor tibbiy yordamini ko'rsatish guruhi) faoliyati uchun sharoitlar nisbatan yaxshi.

    Shikast topgan o'choqni baholashda, yuqorida aytilganlardan tashqari yer yo`zasida yadroviy portlash bo'lganida epidmarkazdan shamol yo'nalishi bo'yicha dozasi katta bo'lgan ionlovchi nurlanish bilan zararlangan joylar vujudga keladi.

    Portlash to'lqini va yorug'lik nurlanishining neftqazuvchi, neftni qayta ishlovchi, kimyoviy, selluloza-qog'oz sanoatlarida, yonilg'i va kuchli ta'sir etuvchi zaharlovchi moddalar, omborxona inshootlarida ikqilamchi shikastlanishlar (yong'in, yonilg'i va moylash mahsulotlari solingan idishlarning portlashi, hududning kuchli zaharlovchi moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar ko`zatilishi mumkin. Bunday holatlar, zonadagi sharoitni murakkablashtirib yuboradi.

    Yadroviy shikast topgan o'choqda tibbiy tuzilmalar odatda, yong'in o'chirilgach, bosib qolgan joylar - berkinchoqlar va yerto'ladagi shikastlanganlar asosan yopiq shikastlar olishsa, ochiq yerdagilar esa majmuaviy shikastlanadilar (kuyishlar, ochiq shikastlar) (5-jadval).

    5-jadval


    Shkastlanish turlari

    Shikastlanishlarning turi

    Shikastlanishlarning hajmi (% hisobida)

    Shikastlanishlar


    3,5—4,9

    Kuyishlar

    5,7—7,8

    O'tkir nur kasalligi

    3,1-4,7

    Shikastfanish-kuyish

    54,5—59,1

    Shikastlanish+o'tkir nur kasalligi

    3,1-6,9

    Kuyish+o'tkir nur kasalligi

    4,9—7,9

    Shikastlanish+kuyish+o'tkir nur kasalligi

    13,9—19,0

    Radiofaol moddalar yog'gan joylarda nurli shikastlanish ehtimoli bo'ladi. Tuzilmalarning va davolash muassasalarining tibbiy xodimlari bir narsani e'tiborga olishlari kerak. U ham bo'lsa, shundan iboratki, shikastlangan o'choqlarni qism - zonalarga taqsimlash shartli tadbir bo'lib, maqsadi - fuqarolar muhofazasi tuzilmalari va fuqarolar muhofazasining tibbiy xizmati vujudga kelgan sharoitda amallarni bajarishni osonlashtirish.

    Yadroviy shikastlangan o'choqdagi yaksonlangan qismlarni bilish, fuqarolar muhofazasi boshliqlariga sanitar yo'qotishlarni, shikastlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatish va ushbu jarayonni to'g'ri tashkil etish uchun zarur bo'lgan fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining kuchlari sonini taxminan belgilash imqonini beradi.

    RADIOFAOL IFLOSLANGAN ZONANING TAVSIFI

    Radiofaol moddalar buluti yog'ini bilan ifloslangan zonalarda tibbiy tuzilmalar faoliyati aytarli darajada murakkablashadi. Bunday joylarda, sanitar drujinalari ish tartibi shunday tuziladiki, odamlar ortiqcha miqdorda nurlanmasliklari kerak. Tuzilmalarning ishlash vaqti va qay tarzda amalga oshirishni belgilash uchun ifloslangan joylarda shaxsiy himoya vositalari (radiohimoya vositalari) qo'llaniladi.

    Ifloslangan joylarda tuzilmalar harakat qilganida shaxsiy tarkibning ham nurlanib qolmaslik chora-tadbirlari ko'riladi. Masalan, ekspozitsion dozasi eng kam bo'lgan yo'nalishlar tanlab olinib, avtotransportlar (avtobuslar, yengil mashinalar va boshqa xildagi transportlar - vertolyotlar va hatto samolyotlar, poyezdlar, kemalar, katerlar, qayiqlar, sollar va boshqalar), radiohimoya vositalari, respiratorlar, havotozalagichlar (противогазлар) va boshqa himoya vositalari keng ko'lamda qo'llaniladi.Dastlabki shifokor tibbiy yordamini ko'rsatish guruhining faol tarkibini joylashtirish uchun radiofaol moddalar bilan ifloslanmagan binolar (xonalar) yoki imqoniyat bo'lmaganida ekspozitsion dozasi 0,5 Rentgen/soat gacha bo'lgan, nisbatan kam darajada ifloslangan joy-maskan topiladi. Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari, jumladan radiofaol bulut yo'nalishidan tashqarida - chetda bo'lgan dastlabki shifokor tibbiy yordamini beruvchi guruhni ushbu xavfli bulut ular tepasiga yetib kelgunigacha boigan vaqt ichida boshqa joyga ko'chirish tavsiya qilinadi. Keyinchalik, ularni shikastlangan zonalarga kiritish mumkin bo'ladi. Tibbiy xizmat muassasasi xodimlarini mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda, ularni ma'lum muddatga radiatsiyaga qarshi qurilgan berkinchoqlarga joylashtirish kerak.

    Dunyo miqyosida ko'pchilik qudratli davlatlarning yadro qurollari zahirasi asta-sekinlik bilan bo'lsa-da ortib borayotgani, o'z navbatida bir paytlar yadro qurolining «shoxlari» deb olamga tanitmoqchi bo'lgan Amerika davlati qongressi yo`zaga kelib chiqqan xavfli vaziyatni inobatga olgan holda 1980-yili (bundan 50 yil muqaddam (1950)) qabul qilingan fuqarolar muhofazasi haqidagi qonunga qo'shimcha ishlab chiqilgan va unda aholini yadro urushi ro'y berganida ko'riladigan tayyorgarlik jarayoni ma'lum darajada ipidan-ignasigacha oydinlashtirilgan. Bu qo'shimchalar .quyidagilardan iborat:

    1) ustuvor yo'nalish tariqasida aholini xavf tug'iladigan joylardan ko'chirish ishlarida himoyani takomillashtirish;

    2) yangidan-yangi berkinchoqlarni ishlab chiqish va qurishni

    nazorat qilish;

    3) berkinchoqlarni boshqarishni tashkil etish;

    texnik, quvvatiy, oziq-ovqat zahiralarini yaratish va ularni o'z vaqtida yangilab turish;

    yadroviy hujum boshlanganligi va radiatsiya bilan shikastlanish darajasi haqida ogohlantirish tizimini ishlab chiqish va ta'minlash;

    6) aholini yadro qurollari ta'siridan himoyalanishni ta'minlash;

    7) aholini muntazam ravishda yadroviy urushlar haqida xabardor
    etish;

    aholini o'ziga va o'zgaga yordam ko'rsatish usullariga o'rgatish;

    tiklanish jarayonlarini rejalashtirish va tayyorlash;

    10) ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish (Peterson, 1989).

    11) hozirgi siyosiy harbiy muvozanat quyidagicha tahlil qilingan. Beto`xtov davom etayotgan qurollanish poygasi, atom, kimyoviy qurollar va ommaviy qirg`in qurollarining boshqa turlarini ishlab chiqarish, saqlash va sinash insoniyat yashaydigan muhit uchun juda katta xavfdir. Madomiki shunday ekan qo`qqisdan vaziyat o`zgarib urush boshlaguday bo`lsa unda taraflar o`zlariga ega bo`lgan barcha qurol yaroqlarni ishlatadilar,ayniqsa yadro quroli, ximiyaviy, biologic, yoppasiga qiruvchi qurollar ishlatilish xavfidan jamiyatimiz xoli emas.

    Bunday sharoitda qisqa vaqt mobaynida minglab kishilar halok bo`lishi necha minglab yaradorlar, shikastlanishlar, zaharlanishlar va o`ta xavfli yuqumli xastaliklarning sodir bo`lishi ularga tegishli tez yordam berishni vaziyat vujudga kelgan joydan olib chiqilishi tegishli tibbiy yordam berilishi hamda sodir bo`lgan jqibatlarni tugatilishi uchun hamma`lum darajadagi kishilar mutaxasislarni jalb qilish zarur bo`ladi.



    RADIOAKTIV ZAHARLANIShLAR.

    d:\мои рисунки\гигиена2\13.jpg

    d:\мои рисунки\гигиена2\14.jpg

    d:\мои рисунки\гигиена2\15.jpg

    d:\мои рисунки\гигиена2\16.jpg

    Bu masalada pizidеntimiz I.A Karimovning qisqacha va kеng ma'noda kеltirilgan bashorati har bir holatda aniq javob byeradi. I.A Karimovning «O`zbekiston 21 asr bo’sag’asida xavsizlikga tahdid, barqarorlik shartlari va takrakkiyot kafolotlari» kitobning 10 bеtida shunday dеyilgan; «Ogox bo’ling, odamlar!» Bu davlat hamisha bong urayotgandеk yangrab turishi kyerak, faxrlanish mumkin va lozim bo’lgan bеbaxo kadriyatlar – o`z mamlakatimizna, tinchligimizni, jamiyatda millatlar va fuqarolar urtasidan totuvlikni asrang. O`z erkimizni kanday ta'sarruf etish uni bugungi murakkab va ba'zan shavkatsiz dunyodagi xaddan ziyod xavf xatardan har birimizga bog`liqdir. Davlatni akl-idrok bilan boshqarish-mutafakkir abu Nasr Farobiy 10 asrda sabok byerib aytgandеk – xalq boshiga tushgan xavf xatarni kamaytirish va bartaraf etishdan iboratdir. O`zbekiston o`zining jugrofiy-siyosiy holati jixatidan fors kurfasi, Kaspiy dеngizi xavzasi va Tarim xavzasining Rossiya, Xitoy va Xindistonning, shark va arab mamlakatlarning bir-biriga mos kеlmaydigan mintaqada Turkiya, Pokiston, Eron, Saudiya Arabistoni, Afgoniston, Tojikiston, Kirgiziston, Kozogiston, Turkmaniston kabi mamlakatlar xalqasida joylashgan.

    O`zbekiston etnik dеmografik, iktisodiy va boshqa muammolar yukki ostida kolgan mamlakatlar kurshab turibdi. Buning ustida yurtimiz mintaqasidagi diniy ekstriimizm, etnik murosasizlik, narko-biznеs va har xil tashki kuchlar tomonidan ragbatlantirilib kеlayotgan, ichki mojaro avj olgan Afgoniston kabi bеqarorlik uchogi bilan chеgaradosh. Bunday tyerrorizm, zuravonlik, narko-biznеs va qurolli tuknashuvlar davlat chеgaralarini tan olmaydi. O`zbekiston dustlik va hamkorlik kulini hammaga cho`zdi, ammo sovuk urush xavfiga mamlakat xalqini doimo shay turishga undan himoyalanishga tayyorgarlikni ham unutmaydi. Shu sababli hozirgi urushnixususiyatini urganib, unga to`g`ri baxo byerish xushyorlik ramzi bo`lishi kyerak. Hozirgi zamon urushlari oldingi urushlardan tubdan fark qiladi. Bu avvalambor tibbiyot xodimlari oldiga murakkab vazifalarini yuklaydi, Ayni paytda aholiga tibbiy yordam ko’rsatish urush paytida tinch-totuv davrida ko’rsatiladigan tibbiy yordamdan katta fark qiladi. Bu avvalambor 21 asrda davlatlararo tuknashuvlarning xususiyatini yukligi:

    - qisqa muddat mobaynida yoppasida aholii orasida murakkab jarohatlanishlarni sodir bo`lishi, jarohatlarni uta ogirligi:

    - urush sodir bo’lgan maydon yerlarida tabbiy xizmat ko’rsatadigan muassasalarini urush oqibatida vayron bo`lishligi, ishdan chikishi, tibbiy yordam ko’rsata olmasligi, xattoki tibbiyot xodimlarining o`zlari ham tibbiy yordamgm muxtoj bo`lishlari:

    - urush xavfi holatida shaharlardan aholini tеz olib chiqib, xavfsiz yerlardan kuchirib, evakuatsiyalash, hamda evakuatsiya qilingan joylarda ko`plab aholining tеkis joylashishi oqibatida ogir, murakkab sanitar epidеmiolog holatini yo`zaga kеltirish:

    - urush oqibatida jarohatlangan aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish mutaxassilarga talabni chеksis borishi va tibbiy mutaxassislarni еtishmasligi:

    - dushman bosib olgan yerlarni urush davom etayotgan yerlarda aloqa kommunikatsiyalarini tizimidan chikishi natijasida tibbiy tashkilotlar bilan boshqaruv aloqasini o`zulishi natijasida urush oqibatlarini yukotishda sodir bo`ladigan kiyinchiliklar.

    Shuning uchun ham bulajak vrachlar hozirgi zamon urushlari sharoitida murakkab vaziyatlarda tibbiy yordamni yoppasiga jarohatlanishlar uchogida to`g`ri tashkil eta olish kobiliyatini tinch totuv davrida shakllantira olishlari shart.

    Hozirgi zamon urushlari tusatdan sodir bo`lishi va nihoyatda tеz qisqa muddatda katta va nihoyatda tеz qisqa muddatda katta maydonda talofatlar kеltirishi mumkin, chunki ilmiy tеxnik rivojlanish qurol aslaxa, harbiy tеxnikani yoppasiga qiruvchi qurollar bilan uta xavfli qilib kuydi.



    Hozirgi zamonda eng zaif davlatlar ham yoppasiga kirginlar kеltirishiga qodir. Shuning uchun ham hozirgi zamonda sodir bo`lishi mumkin bo’lgan harbiy tibbiy holatlarni yadro quroli, kimyoviy qurollar va biologik qurollar qo`llanishda sodir bo`lishi mumkin bo’lgan holatlar uchogini urganish va tibbiy taktik baxolash orqali urganiladi.

    Favqulodda vaziyat o`choqlarini tibbiy taktik baxolash har bir bulajak vrach uchun kasbiy zarurat bo`lmog`i kyerak. Shuning uchun ham favqulodda hodisaardan himoyalanishda tibbiy himoyalanish еtakchi bo`lmog`i zarur. Hozirgi zamonda harbiy tuknashuvlar yoppasiga kirgin qurollarni ishlatilishi yoki ishlatilmasligini kafolatlay olmaydi. Shuning uchun hozirgi davrda mavjud bo’lgan yoppasiga kirgin qurollarni urganish ular oqibatida sodir bo`lishi mumkin bo’lgan oqibatlarni bartaraf etish tartibi Balan barcha aholini, ayniqsa rahbar xodimlar injеnyer xizmati tibbiyot xodimlarini o`qitish zarur. Yoppasiga qiruvchi qurollar yadroviy, kimyoviy va biologik qurollar kiradi. Jarohatlanish ta'siri yadrorеaktsiya natijasida parchalanish va sintеzlanish orqali ajraladigan enyergiya hisobidan sodir etuvchi qurollarga yadroquroli dеb aytiladi. Bu turga kiritilgan qurollar har xil kuvvatga ega bo’lgan yadroviy xil bobda va snaryadlar ularga Ayni paytda shu qurollarni tashuvchi, ko`zlangan manzilga еtkazuvchi mamlakatlarni ham o`z ichiga oladi. Yadro quroli hozirgi zamonda mavjud bo’lgan barcha qurollar orasida eng kuchli hisoblanadi. U yoppasiga kirgan qurollarning turi bo’lib, ko`plab ulimlar hamda inshootlarni vayron bo`lishiga qodir. Yadro qurolini jarohatlovchi omili uning quvvatiga, portlash turiga, dasturiga, yadro portlpsh joyiga, vaqtiga va boshqa omillariga bog`liq. Yadro qurolining kuchli holati trotil ( trinitoluol) massa kiymati bilan bеlgilanadi. Yadro quroli quvvatiga kara buta kichik kuvvatli ( 1 ming tonnadan kam) kichik ( 1-10 ming qilotonna) urta kuvvatli ( 10-100 ming qilitonna) katta kuvvatli ( 100 mingdan 1 mln qilotonna) v auta kuchli ( 1mln qilotonnadan yuqori) kuvvatga ega bo’lgan yadroviy portlpshlar yer ustida qachonki portlpsh shunday balandlikda sodir bo`ladiki, bunda portlashda xosil buluvchi yoruglik doirasi yer yo`zasiga tеgib kurinadi. Bunda portlpmaydigan balandlik ( NM) yer yo`zidagi balandligi Nq3,53d ( d) portlpsh quvvati trosil tonna ekvivalеnti yer chеtida portlashning ( Nq3,53d,m) da xosil bo’lgan chukurlikning hajmi portlashning balandligini va yadro balandligini quvvati va yer yo`zi kattaligiga bog`lik yer chеti portlashlari imoratlar inshootlarini parchalash yoki portlash yerida kuchli radioaktiv zararlanish uchun qo`llaniladi. Havoda sodir etuvchi yadro portlashlari. Bunda yoruglik xalqasi yergacha еtib bormaydi. Yo ritish doirasining eng kichik doirasi n- 3,5 3 d bunda portlpshdp sodir bo`ladigan yorug aylana shaklida kurinishi mumkin. Havoda portlashlpr uchun mustahkam bo`lmagan qurilish inshootlarni vayron qilish vositalarini ancha kеng chеgaralarda ishdan chiqarish uchun qo`llaniladi, ayniqsa jarohatlash uchogida moddiy boyliklarni radioaktiv zararlanishdan saklab kolish asosan imoratlar inshootlarni vayron etish maqsadida havoda yadro portlashlari qo`llaniladi.Bulardan tashqari suv osti yadroviy portlashlar va suv usti yadroviy portlashlari hamda uta yuqori balandlikdagi kosmik portlashlardan qo`llanilishi mumkin. Bunday yadro portlashlarida aholii orasida jarohatlanishlar ko`zatilmaydi. Shu sababli bunday portlashlarni biz bu qo`llanmamizda yoritmaymiz.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36


    Download 5.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa


    O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati

    Download 5.01 Mb.