Yer silkinishlari - mazmunan, yer qa'rida to'planib, u yerdan dabdurustdan kutilmaganda ajralib chiqib, zarb va seysmik to'lqinlar tarzida har tomonga yer qa'rida tarqaladigan ulkan kuchga ega bo'lgan quvvatdan iborat. Yer silkinishlari tektonik yoki vulqonli bo'lishi ko`zatiladi. Yer silkinishlari kelib chiqadigan yer hududi, yer silkinishlari gipomarkazi, uning ustidagi yer, o'choq markazi - epimarkaz, ya'ni markaz usti deb ataladi.
Yer silkinishlarining asosiy ko'rsatkichlari, silkinish markazining yer yo`zasiga nisbatan chuqurligi va tebranishlarining davomiyligidir. Unga ko'ra, odatda, yer silkinishlari o'chog'i, ya'ni gipomarkaz, yer qa'rida, uning sathidan 2-70 km chuqurlikda joylashgan bo'ladi. O'zbekiston sharoitida davom etish muddatiga binoan, yer silkinishlari 2 xil bo'lishi ko`zatiladi: 1) (katta tezliklarda tebranuvchi 1,5-2,5 soniyali); 2) daqiqalar bilan davom etadigan (o`zoq vaqtli 1,5-2,0 daqiqali).
Yer silsilalari, odatda yer silkinishlari tarzida namoyon bo'ladi. Silkinishlar soni va ular orasidagi vaqt turlicha bo'lishi mumkin. Yuqori tezlikdagi yer silkinishlarining quvvati, deyarli o'ta qisqa vaqt mobaynida ajralishi bois, oqibatlari, ayniqsa, sekinlik bilan qarshi chora-tadbirlar ko'rilsa, aytarli darajada ayanchli bo'lishi aniqlangan. Daqiqali, ya'ni o`zoq paytli yer silkinishlarida, tebranishlar asta-sekinlik bilan yig'iladi, ko'payib boradi, ya'ni kumulyatsiya jarayoni vujudga kelib, ko'p qavatli binolarni bemalol vayron qilib yuborishi mumkin.
Yer silkinishlari yer yo`zasiga nisbatan 2 xil yo'nalishda bo'lishi mumkin:
1) vertikal; 2) gorizontal.
Inshootlarni, shu jumladan aholi turar joylari, korxonalar, binolar, turli qurilmalarni vayron qilish ta'siri bo'yicha yer silkinishlari chog'ida, butun-butun shaharlar yo'q bo'lib ketadi. Ayni hollarda, odamlar orasida qaytmas sanitar yo'qotishlar ham uchraydi yoki jiddiy lat yeyishlar va jarohatlar kelib chiqadi. Faqat XX asrning o'zidayoq, dunyoning turli mamlakatlarida 40 dan ziyod yer silkinishlari ro'yxatga olingan bo'lib, ular ko'p miqdordagi odamlar hayotiga zomin bo'lgan. Aytarli darajadagi yer silkinishlari Toshkentda (1947 va 1966-yy), Ashgabadda (1948), Armanistonda (Spittak, 1988) ko`zatilgan bo'lib, uni magnituda deb ataladi. Ushbu quvvat birligi tariqasida, germaniyalik Rixter ballari qo'llaniladi.
Yer silkinishlarining yer yo`zidagi kuchini aniqlash maqsadida O'zbekiston Respublikasida xaqlaro MSK-64 (Medvedev, Shponxayyer, Kariskevich) shkalasi qabul qilingan. Unga ko'ra yer yo`zasiga silkinishlar 12 ballgacha bo'lib, 3 qismga ajraladi: 1) kuchsiz (1 -4 ball); 2) kuchli (5-7 ball); 3) falokatli (8 ball va undan ham yuqori). Rixter va MSK-64 shkalalarining bir-biriga monandligi 37-jadvalda keltirilgan.
Yer silkinishlari paytida baxtsiz hodisalarga quyidagi sharoitlar olib kelishi ko`zatiladi.
1)oyna siniqlarining sachrashi, tushishi;
-
elektr simlarining o`zilishi;
-
xonadagi buyumlarning, shu qatorda og'ir vaznliklarining tushib ketishi yoki ag'darilishi;
-
yong'inlarning paydo bo'Iishi (elektr toki va gazdan);
-
odamlar orasida sarosimalikning hukm surishi, o'zlarini yo'qotib, dovdirab qolishlari va g'ayri oddiy harakatlarni qilishlari (masalan, bolalarni qutqarish maqsadida, zinapoyalardan pastga yugurishib ketish, liftga chiqish va boshqalar).
Yer silkinishlarining quvvati va ularning odamlar va inshootlarga ta'siri 38-jadvalda keltirilgan.
Imoratlarning yer silkinishlaridan ko'radigan zararlari 5 ta darajaga ajratiladi: 1 va 2 darajada imoratlar yengil va o'rta, 3-darajada-og'ir, 4-darajada - ichki devorlar to'liq bo`ziladi, 5-darajada imoratlar to'la bo`ziladi.
Yer silkinishlarida salbiy oqibatlarning kelib chiqishida, nafaqat dovdirab qolgan odamlarinng vaziyatga nomonand harakat qilishlari, balki binolarning tuzilishi ham katta ta'sir о'tqazishi, ma'lum darajada ahamiyat kasb etadi. Ayni maqsadda, 38-jadvaldagi ma'lumotlar bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi.
38-jadval
t\r
|
Bino turi
|
SHikastlanish darajasi
|
1
|
Temir beton, quyma yirik panelli
|
Yengil, o`rta
|
2
|
Seysmik chidamli, g`ist devorli beton tomli
|
O`rta, kuchli
|
3
|
4-9 qavatli g`isht to`ldirilgan, sinchli, panelli
|
O`rta ,kuchli
|
4
|
1955-yilgacha bo`lgan 1-2 qavatli g`isht devorli, yog`och tomli
|
Kuchli
|
5
|
1957-yildan keyingi 3-5 qavatli g`isht devorli, beton tomli
|
Kuchli
|
6
|
Loy va xom g`ishdan kuchaytirmasdan qurilgan bino
|
Batamom bo`zilgan
|
39-jadval
t\r
|
MSK-64 ballari
|
Odamlar va binolarga ta`siri
|
1
|
I
|
Sezilarsiz, faqat sesmik asboblargina sezadi
|
2
|
II
|
Juda kuchsiz, deraza oynalari titraydi, uyda o`tirgan odamlar sezishi mumkin.
|
3
|
III
|
Kuchsiz, osilgan jismlar tebranadi, ko`chadagi odam sezadi.
|
4
|
IV
|
O`rtacha sezilarli, devorlar qirsillaydi,ko`chadagilar va uy ichidagi odamlar sezadi.
|
5
|
V
|
Ancha kuchli, idishdagi suvlar chayqaladi, to`qiladi, osilgan jismlar qattiq tebranadi, odamlar uyg`onadi, ko`chaga yugurib chiqishaadi.
|
6
|
VI
|
Kuchli, kitoblar, idishlar jovondan ag`darilib tushadi, uy hayvonlari betoqat, odamlar uyg`onadi, hovli va ko`chaga yugurib chiqishadi.
|
7
|
VII
|
Juda kuchli, manbalardagi suvlar chayqalib, loyqalanadi, odamlar qo`rqishadi, ko`chaga qochishadi, avtotransportdagilar ham sezishadi, uy devorlarida katta yoriqlar paydo bo`ladi.
|
8
|
VIII
|
Xom g`ishtli uylar butunlay qulaydi, pishiq imoratlarda yoriqlar paydo bo`ladi, uy tepasidagi mo`rilar ag`dariladi, daraxtlar qulaydi, sinadi, tog`larda qulash bo`ladi.
|
9
|
IX
|
Vayron qiluvchi, pishiq imoratlar ham qattiq shikastlanadi, poydevorida ko`chadi, qiyshayadi, oddiy imoratlar vayron bo`ladi, yer yoriladi, yer osti suvi sizib chiqadi.
|
10
|
X
|
Yaksonlovchi, hamma imoratlar shikastlanadi, temir yo`llar qayilib ketadi, yer osti quvurlari o`ziladi, yer cho`kadi, suv manbalari qattiq to`lqinlanadi.
|
11
|
XI
|
Fojiali, deyarli barcha imoratlar vayron bo`ladi, to`g`on va dambalar yoriladi, temir yo`l izdan chiqadi, yer ko`chadi.
|
12
|
XII
|
Kuchli fojiali, hamma imoratlar vayron bo`ladi, daryo o`zanlari o`zgarib, sharsharalar hosil bo`ladi, tabiiy to`g`onlar vujudga keladi.
|
Mazkur 38-jadvaldan ko'rinib turibdi: yer silkinishlariga eng yuqori darajada bardoshliligi bilan temir-beton, quyma yirik panelli binolar, eng past bardoshsiz binolarga esa, loy va xom g'ishtdan kuchaytirmasdan qurilgan binolar kiradi. Ammo, bir narsaga e'tiborni qaratish lozim: O'zbekiston Respubikasida quriladigan binolar orasida hali ham sinch devorlilari mavjud, ularning yer silkinishlariga bardoshliligi, temir-beton, quyma yirik panelli binolarnikiga teng bo'lmasa ham, boshqacha to`zilgan binolardan pishiqligi bilan ajralib turadi. Misol tariqasida. biz o'zimizning 1966-yildagi yer silkinishlarigacha istiqomat qilgan qo'sh sinchli uyimizni keltirishimiz mumkin. Bu jarayonda bizning uyimiz davorlarida yoriqlar paydo bo'lgan edi, xolos. Yoriqlar katta bo'lmagan. Shuni unutmaslik kerakki, sinchli uylar bir qator yoki 2 qator sinchli bo'lishi mumkin. Yer silkinishlariga, albatta 2 qator sinchli uylarning bardoshliligi, aytarli darajada yuqori bo'ladi. Shundan xulosa qilib aytish mumkinki. O'zbekiston Respublikasida yer silkinishlariga uylarni bardoshliligini oshirish maqsadida 2 qatorli sinchli uylarni qurishni tavsiya qilish mumkin. Bu paytlarda, bunday uylar suvda chayqalayotgan qayiqni ma'Ium
darajada eslatishi mumkin. Qayiqlar sochilib ketmaganidek, 2 qatorli sinchli uylar ham butunligini saqlab qoladi.
O'zbekiston Respublikasida 1818-1984-yillar mobaynida 33 ta yer silkinishlari kuzatilganligi haqidagi raqamlar 40-jadvalda o'z ifodasini topgan.
O`zbekiston hududidagi yer silkinishlari xronologiyasi 40-jadval
t\r
|
shaharlar
|
yillar
|
Kuchi(Rixter)
|
1
|
Andijon
|
1902,1992
|
9-10 ball
|
2
|
Buxoro
|
1818,1821,1822,1942
|
9-10 ball
|
3
|
Gazli
|
1976,1984
|
9-10 ball
|
4
|
Qamashi
|
2000,2001
|
5,4-5,3 ball
|
5
|
Qoratog`
|
1907
|
|
6
|
Qoraqalpog`iston
|
1907
|
|
7
|
Oyim
|
1903
|
|
8
|
Samarqand
|
1821,1822
|
|
9
|
Toshkent
|
1868,1924,1938,1966
1980,2005
|
8 ball
|
10
|
Farg`ona
|
838,839,1620
|
9 ball
|
11
|
Namangan
|
14094,1927,1984
|
|
12
|
Xorazm
|
1208,1209
|
2000 kashi nobu bo`lgan
|
13
|
Chotqol
|
1946
|
|
40-jadvaldagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, O'zbekistoninng 13 nuqtasida (shaharlar) yer silkinishlari bo'lgan bo'lsa hamki, ularning oqibatlari haqidagi raqamlar, xorijiy mamlakatlardagi yer silkinishlarinikidan aytarli darajada past, deyarli yo'q desa ham bo'ladi. Bunga ishonch hosil qilish maqsadida, o'lganlar soniga e'tibomi qaratishning o'ziyoq yetarli: O'zbekistonda 818-yildan to 2001-yilgacha, bor yo'g'i 2009 ta odam nobud bo'lgan bo'lib, xorijiy mamlakatlarda esa, 1920-yildan to 2004-yilni qo'shib olganda o'lganlar 1.741.000, jarohatlanganlar-860.000, uy-joysiz qolganlar esa, 832.000 kishini tashkil qilgan. Qo'shimcha ravishda, sovuqdan 20.000 odam nobud bo'lgan. Natijada, qaytmas yo'qotishlar soni 1.761.000 (67%) kishini tashkil qilgan. O'zbekiston hududidagi yer silkinishlari haqidagi raqamli ma'lumotlar davomiyligi 1183-yilni tashkil qilsa ham (yiliga 1,7 kishi o'lgan), uni seysmik hududda joylashganligini inobatga olib, fuqarolar muhofazasi kuchlarini doimo shay holda saqlash zarur. Xorijiy mamlakatlardan kelgan raqamli qaytmas yo'qotishlar 84 yil ichida (1920-2004) har yiliga 2096 odamni tashkil qiladi. O'zbekiston va xorijiy mamlakatlarda sodir bo'lgan yer silkinishlaridan halok bo'lganlarning har yilgi raqamlariga nazar tashlansa, u holda xorijiy mamlakatlardagi qaytmas yo'qotishlar O'zbekistondagiga nisbatan 1233 marta ko'pligi bilan yaqqol tashlanadi.
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, yer silkinishlari, suv toshqinlari singari odamzod dunyosiga katta zararlar keltirishi mumkin. Shu boisdan ham, yer silkinishlari qanday jarayonlar oqibati ekanligini bilish, uning oldini olish amallarini oldindan ko'rib qo'yishga asos bo'lishi mumkin. Geologlarning olib borgan izlanishlari shuni ko'rsatadiki, yer silkinishlari yer qatlamlarining bir-biriga nisbatan harakati tufayli kelib chiqar ekan. Buning uchun tashqi muhitdan yoki yer qa'ridan turtki bo'lsa, bas.
Yer silkinishlarining salbiy oqibatlari oldini olish chora-tadbirlari:
1) yotoqlar oldida batareyali chiroq, poyabzallarni, qo'lqoplarni
shay holda saqlash:
2) yotoqlar deraza oynalaridan chetroqda bo'lishi;
3) javonni qimirlamaydigan holatga keltirish (masalan, devorga
biriktirish);
-
devorga osilgan barcha jismlarni tushib ketmaydigan qilish;
-
10 litr ichimlik suvini baklashkalar va bidonlarda saqlash;
-
aloqa tizimida ishonchli odamni orttirish;
-
oila a'zolari bilan reja to`zish;
8) o't o'chirish va 1 -tibbiy yordam ko'rsatish vositalarini yaratish,
ularni aniq bir joyda saqlash, muddati o'tganlarini almashtirish,
yangilarini sotib olish;
9) ichimlik suvini kishi boshiga kuniga 4 litr hisobidan zahiralash;
10) 3 kunlik oziq-ovqat mahsulotlari zahirasini shay holatda tutish;
-
suv va oziq-ovqatlar zahirasini muddati tugagach, muntazam ravishda yangilash (masalan, Turkiya oilalarida 6 oyda bir marta o'zgartiriladi);
kiyim-kechaklar, jumladan ichki kiyim, naqd pul (qiymatli davlat banknotlari), pakki pichoq, qaychi, igna, ip, xushtafc, qog'oz, qalam, ruchka, kerakli hujjatlar, ayniqsa shaxsiy hujjatlar (pasport, tug'ilganlik guvohnomasi. turmushga chiqqanlik tasdiqnomasi, nafaqaxo'r daftarchasi, uyali telefon, telefon raqamlari ro'yxati, uy va seyf kalitlari doimo favqulodda vaziyatlar bo'lishi mumkinligi ehtimolidan tayyor turishi);
13) yer silkinishlari chog' ida tananing turli qismlari - bosh, yelka,
tana, qo'l-oyoqlarni asrash maqsadida, mustahkam joylarga
joylashish (masalan, eshik kesakisiga suyanib qolish, xontaxta, o'quv
xontaxtasi tagiga kirib olish, 2 ta devor bir-biri bilan 90" burchakni
tashkil qiladigan joylarga turib olish);
-
2-3 qavatli imoratlar derazasidan ko'chaga sakrab tushmaslik;
-
liftlardan foydalanmaslik;
-
elektr, gaz, suv manbalarini o'chirish;
-
tinchlanib, aql-zakovatni ishlatib, o'ylab xatti-harakatlar qilish;
-
bosh va bo'yinni himoyalash;
-
xavfsizjoydan zilzila to'xtaguncha chiqmaslik;
-
balqonlarga chiqmaslik;
-
poyabzalsizyurmaslik.
3 kunlik oziq-ovqat zahirasini tayyorlash uchun quyidagi 1 kecha-kundo`zgi fiziologik me'yordan kelib chiqib, ular uchun belgilangan miqdorni 3 ga ko'paytirish zarur (41-jadval).
O'rta Osiyoda iqlim xususiyatlarini va aholining ovqatlanish jihatlarini hisobga olgan holda, oziq-ovqat mahsulotlarining voyaga yetgan kishilar uchun fiziologiya me'yorlari quyidagicha tasdiqlangan (grammlarda):
Har bir kishi. o'zining ovqatlanish ratsionini to`zayotganida. sutkalik ratsionining umumiy kaloriyasini ovqatni bo* 1 ib-bo*lib iste'mol qilinishiga qarab taqsimlashi kerak: sutkalik kaloriyaning nonushtaga 30%, tushlikka 45-50%, kechki ovqatga 20-25% i to'g'ri kelishi zarur.
Ovqatlanish jarayoni 4 mahalga ajratilsa, u holda nonushtaning quvvati 20% ni, ikkinchi nonushtaniqi 10% ni, tushlikniki 40-45% bo'lib, kechki ovqatlanishniki esa, 20% ni tashkil etishi tavsiya etiladi. Tungi navbatda ishlaganlar uchun kechasi bir mahal ovqatlanish darkor (bir kecha-kundo`zgi kaloriyaning 25 %i).
Taomni tanovul qilishdan oldin qirilgan turp, pomidor, bodring va piyozdan tayyorlangan achchiq-chuchuk va boshqa ishtaha ochar mahsulotlarni yeyish aytarli darajada foydali deb hisoblanadi. Ovqatlanish jarayoni nihoyasida shirin mevalar yoki ulardan tayyorlangan ichimliklarni ichish maqsadga muvofiq, deb topilgan.
Ichiladigan suv miqdori, tanadan chiqib ketadigan suv miqdoriga monand bo'lishi lozim. Aralash ovqatlanganda odam. o'rta hisobda 1-1,5 litr choy, suv, mevalar qaynatmasi. 0.5 litr suyuq ovqat va 0,5 litr bir kecha-kundo`z mobaynida tanovul qilingan non, go'sht, baliq, sabzavotlar hisobiga suyuqlik qabul qiladi. Olingan suyuqlikning jami 2,5 litrga teng bo'ladi. Tanaga kirgan suv skelet mushaklari, teri va ma'Ium darajada jigarda to'planadi. Ushbu a'zolarda to'plangan suv 87,8% ni tashkil qiladi. Zarur holatlarda, tana ana shu suv zahiralaridan unumli foydalanadi.
Yoz kelishi bilan tanani yetarli miqdordagi suv bilan ta'minlash dolzarb masala hisoblanadi, chunki O'zbekistonning issiq iqlimi sharoitida ter tarkibi bilan ko'p miqdorda suv yo'qotiladi (4-5 litrgacha). Natijada, odamda chanqash holati yo`zaga kelib chiqadi. O'zbekiston sharoitida ko'k choy damlamasi. qatiq, ayron, quruq mevalar qaynatmasi, sharbatlar, ayniqsa, mevalarinng nordon xilidan tayyorlanganlari, qora olxo'ri, shaftoli, jiyda qaynatmalari chanqovni yaxshi bosadi. Issiq sharoitda ayniqsa, jismoniy mehnat bilan favquloddagi vaziyatlarda shug'ullanganda. chanqoqni bosish maqsadida 0,5-1,0% li osh to`zi eritmasini tavsiya qilish mumkin. Ayni maqsadda, qimizdan ham foydalanish man etilmaydi.
Favquloddagi vaziyatlarda. qancha muddatga cho'zilishidan qat'iy nazar ovqatlanish va ichimliklarni qabul qilish qoidalariga e'tibor yetarli darajada berilmasa, u holda me'da-ichak va boshqa tizimning turli betoblikliklari yo`zaga kelib chiqadi. Bunday holat esa, o'z navbatida shikastlanganlar va bemorlarinng salomatligini saqlash yoki uni me'yor darajasiga yetkazish jarayonining qimmatga tushishiga olib keladi.
Dushman qirg'in qurollari qo'llaganida yoki favquloddagi vaziyatlar vujudga kelganida ovqatlanish va ichimliklarni tashkil qilish homilador, ko'zi yorigan, emizikli ayollar va ayniqsa, bir yoshgacha bo'lgan bolalar orasida o'ta dolzarb masalalardan biriga aylanadi. Uni vaqtida to'g'ri yechmaslik esa, o'z navbatida shikastlanganlar va bemorlar orasida vaziyatning o'ta og'irlashuviga va hatto o'limga olib kelishi mumkin. Shu boisdan ham ushbu masala, fuqarolar muhofazasi rahbarining e'tiboridan chetda qolmasligi kerak. Masalaga ijobiy yondashish uchun sanab o'tilgan aholi qatlamlari bilan ishlaydigan mutaxassislar mazkur jarayonga jalb qilinishi lozim.
Homilador, ko'zi yorigan, emizikli ayollar va bir yoshgacha bo'lgan bolalarning ovqatlanish va ichimliklarni tanovul qilish jarayonlari ilmiy-amaliy negizlarga asoslangan bo'lishi foydadan holi bo'lmaydi. Favqulodda vaziyatlar mabodo, Navro'z ayyomlarida yo`z bergudek bo'lsa, u holda jabrlanganlar uchun sumalak va halimni tayyorlab berish ham mumkin. Ushbu jarayon odamlarni nafaqat ovqat va ichimliklar bilan ta'minlanishni qoplaydi, balki ularning asab-nerv tizimi faoliyatini me'yorlashuvida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur taomlarni an'anaviy tarkib va texnologiya yoki bo'lmasa eng yaxshisi, yangi tarkib va yangi texnologiyaga asoslangan «Saidusmon parhez sumalagi» va «Saidusmon parhez halimi» larini tayyorlash, aytarli darajada foydalidir. Ularni tayyorlash bilan birga, qanday tanovul qilishni ham ilmiy asosda amalga oshirish kerak.
Favqulodda vaziyatlarda temir tanqisligi tufayli kelib chiqadigan ayollar orasidagi kamqonlikni ham unutmaslik zarur, chunki bunday ayollar homiladorlar orasida va ko'zi yorigandan so'ng ham 80-85% ni tashkil qiladi. Shu boisdan, ularga beriladigan kundalik taom va ichimliklar tarkibida temir ma'dani bisyor bo'lgan mahsulotlardan foydalanish ma'qul. Ko'pincha, bunday ayollarning suti tarkibi va uning miqdori qabul qilingan me'yoriy ko'rsatkichlardan. aytarli darajada orqada qolishi bilan tavsiflanadi. Shu boisdan ularga nisbatan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati tug'iladi.
Shikastlanganlar va bemorlarni choy damlamasi bilan ta'minlash masalasida, ilmiy izlanishlarga asoslangan «Saidusmon» salomatlik choylaridan ham foydalanish mumkin. Chunki, uning tarkibi va damlash jarayonini ishlab chiqishda, odamlarni arterial qon bosimlari va mizojlari (mijoz) hisobga olingan.
Ovqatlami tayyorlash chog'ida, biron-bir sababga ko'ra osh to`zi mumkin bo'lmagan taqdirda, taomlarning ta'mini yaxshilash maqsadida, glyutamat natriy birikmasidan ham foydalanish yaxshi natijalar beradi, chunki uning ta'sirida nafaqat taom mazasi, balki jigar faoliyati ham yaxshilanadi.
Ovqatlarning quvvat berish darajasi va ular tarkibidagi oqliklar, ayniqsa, aminokislotalar, shu jumladan almashtirib bo'lmaydigan va inson tanasida deyarli hosil bo'lmaydigan aminokislotalar bilan boyitish maqsadida, «Saidusmon» omixtasidan keng ko'lamda foydalanish mumkin.
E s 1 a t m a: «Saidusmon» rusumli yuqorida keltirilgan mahsulotlarning barchasi sinovlardan o'tib, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
Yong'inlar - odam nazorati ostidan bexosdan chiqib ketgan, uning ta'siriga bo'ysunmaydigan olovning turli tomonlarga yoyilib ketishidir. O'rmonli joylardagi yong'inlar daraxt va butalarni nobud qilishi bois, o'rmonlarning himoyaviy suvni tejash va boshqa ijobiy jihatlari keskin ravishda pasayib, qimmatli o'simliklar dunyosi nobud bo'ladi.
Aholi turar joylarida vujudga kelgan yong'inlar xavfli, ayniqsa mahallalardagi «uchastkalar» orasida zarur bo'lgan oraliq masofa yo'qqa chiqarilgan paytlarda. Bir odamning uyiga tushgan o't shamol ta'sirida bir-biriga tutashib ketgan 5-10 ta uy-joy laming barbod bo'lishiga olib keladi. Bunday paytlarda odamlarinng nafaqat uy-joylari, balki bor bisotlarining kuli ko'kka sovuriladi, ular orasida kuyish hollari va hatto og'ir darajadagi tana qismining 50-60% i kuyishi natijasida, o'lim hollari uchrashi mumkin.
Yong'inlar yoyilgan maydoniga ko'ra 2 guruhga ajratilishi ko`zatiladi: 1) alohida (1 ta yoki 1 necha guruh birjolarni qamraydi); 2) ommaviy (shu yerdagi mavjud binolarning 20% igacha tarqaladi). Bu paytdagi aholi harakati 116-rasmla ifodalangan.
116-rasm. Alangani qo'lostidagi buyumlar (bclkurak. supurgi) bilan o'chirish.
TO'FON, DOVUL VA «AJINA» SHAMOLLAR (QUYUNLAR)
Bunday tabiiy ofatlar, atmosferada ro'y beradigan siklonli o'zgarishlar oqibatida ko`zatiladi. Mazkur holatlarda, 500 mm-2500 mm atrofida kuchli yomg'ir yog'ishining qo'shilib ketishi tufayli vujudga keladigan noxush vaziyat yanada og'irlashadi. Shamol tezligi ham keskin ravishda o'zgarishi ko`zatiladi, suv toshqinlarida binolarning vayron bo'lishi, odamlar orasida shikastlanish va nobud bo'lishlar uchraydi. Yetkaziladigan zarar hajmi oqibatlari ayni joydagi istiqomat qilayotgan aholi zichligiga, shamolning davomiyligi, kuchiga hamda talafot ko'rgan maskan iqtisodiyoti tavsifiga ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi. Masalan. bundan 35-45 yillar muqaddam dunyoning turli qismlarida 17 ta kuchli bo'ronlar qayd qilingan bo'lib, taxminan 350.000 odam yostig'i qurib, katta moddiy zarar ko`zatilgan. Talafotlar keltiruvchi kuchli shamollar (tezligi sekundiga 29 metrdan ziyod) dunyo bo'ylab, deyarli har yili qayd qilinadi. Masalan, 2005-yilning 2-yarmida AQSH ning turli shtatlarida ana shunday hodisalar namoyon bo'lib, ularga ayollarga xos nomlar beriladi, go'yoki quturgan shamolning qahr-g'azabi ayollariniki kabidir.
Shamollar tezligi va tarqalish sathiga ko'ra 3 xilga ajratiladi: 1) to'fon - sek. 16,6-27,7 metr; 2) dovul - sek.33,3 metr; 3) quyun -tezligi sek. 100 metr bo'lib, diametri 100 metrli aylanuvchi-girdobli bo'ladi.
|