Qiyoslanayotgan tillar frazeologiyasidagi farqlar va o’xshashliklari tahlili




Download 191.03 Kb.
bet14/20
Sana19.06.2023
Hajmi191.03 Kb.
#74210
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
HUSENOVA NIGINA G\'AFFUROVNA

2.2 Qiyoslanayotgan tillar frazeologiyasidagi farqlar va o’xshashliklari tahlili
Tojik va o’zbek tillaridagi frazeologik birliklarning qiyosiy tahlilini quyidagi guruhlar asosida ko’rib chiqamiz.
1. Koʼrish qobiliyatini ifodalovchi kichik guruh.
Mazkur tag guruh koʼrish qobiliyati jarayonlari orqali yuzaga kelib, bu holat tojik va oʼzbek tillarida koʼz leksemasi mavjud boʼlgan frazeologik birliklar orqali yoritiladi. Bu tabiiy boʼlib, koʼz koʼrish organi, koʼrish hissiyotlari doirasiga kiradi: чашм давондан // koʼz yugurtirmoq, чашмаки задан // koʼz urishtirmoq, чашм паридан // koʼzi uchmoq va boshqa.
Turli hissiyotlarni aks ettiruvchi frazeologik birliklarning oʼziga xos xususiyati shundaki, ular har tomonlama hissiyotlarning sifati, jadallashtiruvi, davomiylik va maʼlum bir toʼxtamga kelishga olib keladi, yaʼni psixologiyada qabul qilingan barcha hissiyotlarning umumiy xususiyatini ifodalaydi.
Mazkur tillardagi koʼrish qobiliyatini bildiruvchi barcha frazeologik birliklar uchun xarakterli xususiyat shundaki, ular koʼrish qobiliyati yoʼqotilishi, pasayishi, kutilmaganligi, qisqa muddatliligi kabi asosiy hissiѐt xususiyatlarini ѐrqin va toʼla ravishda aks ettiradi.
Tojik va oʼzbek tillaridagi koʼrish hissiyotlari jadallashtiruvi turli darajasi, taʼsir feʼllari yoki harakat feʼllari mavjud boʼlgan leksik tuzilmaga frazeologik birliklar orqali yetkaziladi. Koʼrish hissiyoti kutilmaganda paydo boʼlish mazmunini yetkazuvchi frazeologik birliklarda leksik tarkib taʼsir feʼllari mavjudligi bilan tavsiflanadi: чашм афтидан // koʼzi tushmoq, ба чашм афтидан // koʼzga tushmoq. Koʼrish hissiyotlarining yoʼqotilishi quyidagi frazeologik birliklar bilan ifodalanadi: аз чашм гум шудан // koʼzdan yoʼqolmoq, ба чашм нанамудан // koʼzga koʼrinmay qolmoq. Quyidagi frazeologik birliklar esa maqsadli tushunilgan koʼrish hissiѐtlari mavjud emasligi bilan nofaollik kasb etadi: чашмаки задан // koʼzini oʼynatmoq. Baʼzi frazeologik birliklar koʼrish hissiѐtining qisqa muddatli ekanini bildiradi: назар партофтан // koʼz qirini tashlamoq32.
Demak, tojik va oʼzbek tillariga xos shaxs xususiyatini ifodalovchi iboralar, asosan, koʼz leksemasi orqali ifodalanib, inson koʼrish hissiyotlarini ochib berishda umumiylikka egadir. Nima boʼlganida ham, qiyoslanayotgan tillarning har birida oʼziga xos lingvokulturemalarga ega iboralar mavjud.
“Чашм сиёҳ задан” koʼz oldi qorongʼilashmoq, qorongʼilik mazmuniga ega boʼlib, u, odatda, hech narsa koʼrinmayapti maʼnosida ishlatiladi va oʼz tarkibida qorongʼilik lingvokulturemasini ifodalaydi ѐki ishi yurishmasligi, tajribasizlik jarayoni “чашм кофтан” koʼzi oʼyildi deb nomlanadi.
2. Eshitish hissini ifodalovchi kichik guruh
Frazeologik birliklarning mazkur kichik guruhi uzoqdan kelayotgan tovushlarning eshitish qobiliyatiga nisbatan taʼsiri mazmunini ifodalaydi: “аз таги гўшаш бонг задан” qulogʼining tagida qoʼngʼiroqday baqirmoq.
Shaxs xususiyatini ifodalovchi frazeologik birliklar, asosan, tovushning birgina xususiyatini, yaʼni balandligini tavsiflaydi: go’shro ba qomat ovardan // quloqni qomatga keltirmoq. Eshitish hissiyotlarini belgilab beruvchi frazeologik birliklarning asosiy maqsadi eshitish jaraѐnida amalga oshirilaѐtgan maqsad mazmunini belgilab beradi: Гўши касе рост шудан, гўш ба қимор шудан // qulog‘i ding boʼlmoq kabi.
Qiyos etilayotgan tillarning bir qator frazeologik birliklari mavjudki, ular eshitishni qisqa vaqt rad etish jarayonini tavsiflaydi: пардаи гўшаш ғавс // qulogʼini bekitib olmoq, qulogʼi tom bitgan, (tojikcha “гўшашба қўрғошим бити кардаги” varianti Samarqand shevasida ishlatiladi). Mazkur guruhdagi frazeologik birliklarning bir nechtasi eshitishning susayishi, tiniqligi mazmunini belgilab beradi: гўши касе тинч шудан // qulogʼi tinmoq.
Koʼrinib turibdiki, ushbu ibora quloq leksemasi orqali uzatilayotgan eshitish mazmunini ifodalab, doimiy ravishda eshitish hissiyotlari va ularni qabul qilish mazmunidagi frazeologik birliklar tarkibida mavjud. Faqatgina, “ба даҳони касе нигоҳ кардан” og‘ziga qaramoq frazeologik birligida ogʼiz leksemasi qoʼllanilib, u gapirish holatini anglatadi. Uning lingvokulturemasi eshituvchi holatini belgilab beradi. Ikkala tilning frazeologizmlari uchun umumiy boʼlgan lingvokulterema tovushlarga nisbatan hayvonlarning harakati ustidan kuzatuvlarga asoslanib, quyidagi frazeologizmlar bilan yoritilgan: гӯшашро парда гирифтан, кари ботил // qulogʼi bitmoq, qulog‘i ding bo‘lmoq va boshqa.
3. Paypaslash hissini ifodalovchi kichik guruh.
Yuqorida taʼkidlab oʼtganimizdek, paypaslash bilan bogʼliq hissiyotlar tarkibiga teri bilan his etish va harorat hissini sezish kiradi. Harorat hissi bilan birgalikda, paypaslash hissiyotlari ham teri hissiyotlari turiga mansub boʼlib, teri yuzasi, inson muloqotda boʼlgan tana yuzasi haqida axborot yetkazadi (silliq, dagʼal, yopishqoq, suyuq va boshqa). Shu bilan birgalikda, mazkur aʼzolarning harorat parametrlari haqida ham tashqi muhitga axborot yetkaziladi.
Harorat hissiyotlari issiq, sovuq, nihoyatda sovuq, qaltirash kabi hissiѐtlarni uygʼotib, bu holat qiyoslanayotgan tillarda quyidagi frazeologik birliklarda oʼz aksini topadi: “буз барин ларзидан”, echkiday qaltiramoq, “офтоб задан”, oftob urmoq, “мағзи устухонсўхта рафтан”, et-etidan oʼtib ketmoq ...
Yuqorida tilga olingan frazeologizmlarda orqa boʼylab chumoli gʼimirlashi tasviri mavjud emas, lekin uning maʼnosini beruvchi boshqa obraz ifodalangan. Unda inson tanasi boʼylab qaltirash mazmuni beriladi: танаро ларза зер кардан // vujudini titroq bosmoq, “дасту пой суст шудан”, qoʼl-oyogʼi sustlashmoq ...
Har ikki til frazeologizmlarida ham juda sovqotish mazmuni mavjud. Mazkur guruhdagi qator frazeologik birliklar insonning u yoki bu holati bilan birgalikda issiqlik, sovqotish, qaltirash kabi tushunchalarni ifodalaydi. Tojik va oʼzbek tilida qattiq qoʼrquv, hishayajonini aynan tish taqillashi orqali ifodalovchi frazeologik parallellar ham kuzatiladi. Keltirilgan barcha frazeologizmlar oʼziga xos xususiyatga ega boʼlib, ikki tomonlama hissiѐtlar mazmunini ifodalab keladi. Bir tomondan, bunday hissiѐtlar haqiqatning muayyan holatini belgilab bersa, boshqa tomondan, organizmning muayyan holatini tasvirlaydi.
Demak, paypaslash hissiyotlarini uzatish bilan bogʼliq boʼlgan frazeologizmlarda koʼpincha turli somatizmlar qoʼllanadi: bosh, yurak, bel, et, tana, miya, tish. Аynan shu holat inson hayotida hid sezish qobiliyati, koʼrish, eshitish va umuman sezishga nisbatan yetakchi rolga ega emas. Masalan, “сар ба осмон расидан” boshi osmonga yetdi, “дил така-пука шудан” yuragi taka-puka boʼlmoq, “рўйсахт шудан” beti qattiq boʼlmoq, “ба сар задан” miyaga urmoq, “дилаш хун”// yuragi qon, “чашм кушодан” koʼz ochmoq ...
4. Ochlik, tashnalik, toʼyishga xos kichik guruh.
Ochlik va tashnalik interotseptiv hissiyotlar boʼlib, ular organizmning ichki holatini aks ettiruvchi tananing ichki toʼqimalari va organlarida joylashgan sezgichlar ishi mahsulidir. Ochlik hissi mazmuni har ikki tilda mavjud boʼlgan quyidagi frazeologizmlar orqali belgilanadi: “шикам ноғора навохтан” qorni nogʼora chalmoq, “шикам рехтан, шикам рафт”, qorin ketdi, “мисли гурги гурусна” och boʼriday. Har ikki til frazeologizmlarida och boʼri obrazi qoʼllaniladi: “мисли гурги гурусна гаштан” och boʼriday sanqimoq. Boʼrining ochligi, ovchining ishtiѐqmandligi tufayli ov davomida ovqat yeyishga vaqti yoʼqligidan yuqorida
tilga olingan frazeologizmlar asosida lingvokulьturemalar yaratilgan. Tojik va oʼzbek tillari frazeologizmlarida tashnalik mazmunida doimiy somatizm komponenti, yaʼni tomoq qoʼllaniladi. Shuningdek, tashnalik hissiѐti quruqlik semasi orqali ham ifodalanishi mumkin: “ҳалқ қоқ шудан”, tomogʼi qurimoq. Shu bilan birgalikda, qiyoslanayotgan tillar frazeologiyasida toʼyish hissini bildiruvchi frazeologizmlar ham mavjuddir: “хук барин хӯрдан” // choʼchqaday yemoq, “аз даҳону бини сер шудан”, ogʼiz-burundan toʼymoq.
5. Ogʼriq hissini ifodalovchi kichik guruh.
Frazeologizmlarda ogʼriq hissining turli koʼrinishlari ifodalanadi: Ogʼriq haqidagi frazeologizmlarda, ogʼriqqa muvofiq leksema-somatizmlar qoʼllaniladi: “дар гулў қатор шудан”, tomoqqa tiqilmoq, “дил задан”, yurak titramoq, “дастам шикаст”, qoʼllarim sindi .
6. Charchash hissini bildiruvchi kichik guruh.
Sezgichlarga boʼlgan taʼsirlar yuzasidan kelib chiqadigan tashqi va ichki hissiyotlar turlicha va ular tana ichki organlari hamda mushak, boʼgʼimlarda namoyon boʼladi. Bunda inson charchashni ham his qilishi mumkin (charchash, kuchsizlanish, organizmning ishdan charchashi). Bunday hissiyotlar nutqda, leksika va frazeologiyada oʼz aksini topgan.
Tojik va oʼzbek tillari frazeologizmlarida inson charchash holati quyidagi somatizmlar yordamida ochib beriladi:
Oyoq. Дар пойҳо чон намондан // oyoqlarda jon qolmaslik, аз по мондан // oyoqdan qolmoq, дар пойҳо базўр рост истодан // oyoqlarda arang tik turish. Koʼz. Чашмонаш пўшида шудан // koʼzlari ilinmoq, чашми бозистод //
koʼzlari tinmoq.
Frazeologizmlarda qoʼl ham charchash maʼnosini ifodalaydi: Inson qoʼl mehnatidan charchagan boʼlsa, dasti kase shikastan // qoʼli toliqmoq shaklidagi iboralar bilan ifodalanadi. Mazkur tillarga oid frazeologizmlar charchaganidan hatto ovqat ham yeya olmaydigan inson obrazini madori xo’rokxo’ri namondan // ovqat yeyishga madori qolmaslik kabi iboralar orqali namoѐn etadi.
Ushbu frazeologizmlar charchash hissiѐtini ifodalash boʼyicha tillarda bir xil, umuminsoniy, universal hislarni namoѐn etishga qodir. Charchash hissini bildiruvchi birliklar, yaʼni oѐq komponentli frazeologizmlar bilan ifodalanib, oѐqning charchashini choʼyan ogʼirligiga tenglashtiradi: ба пойҳояш занҷир бастагу барин // oyoqlariga zanjir bogʼlaganday, мадори даҳон кушода намондан // ogʼzini ochishga madori qolmaslik iborasi ham juda charchagan inson holatini ifodalovchi ѐrqin birikma sifatida qoʼllanadi. Uning obrazli ifodasi siqilgan anor frazeologizmida namoyon boʼladi. Bu jaraѐnni charchagan it qiѐfasi bilan qiѐslash ham oʼziga xosdir: саг барин ҳалаку кардан // itday charchamoq, мурданивор меҳнат кардан // oʼlgudek ishlamoq, зада кўфтагй барин ҳалок шудан // doʼpposlab urgandek charchamoq kabilar33. Umuman olganda, ikki tilga xos frazeologizmlar oʼrtasida qismlari jihatdan keskin farqlanish yoʼq.
7. Did bilan bog‘liq hissiyotlar kichik guruhi.
Bunday hissiyotlarning murakkab tizimli mexanizmi, quloqning ichki qismi va u bilan bog‘liq asab tolalari, miya qobig‘i va miyacha bo‘lishmalarini qamrab oladi.
Tojik lingvomadaniyatidagi frazeologik iboralar tilda 50 ga yaqin. Lekin bu frazeologik iboralar koʼp xollarda boshqa kontseptlarga ham aloqadorlik kasb etadi. Masalan: "Ақли касеро рабудан", "акли касеро дуздидан" - ya’ni maftun etmoq, jalb etmoq, aqldan ayirmoq maʼnolarida axloq normalari goʼzallikni oʼzidan keyin ikkinchi oʼringa qo’ymoqda. Xaos, tartibsizliklar olib keluvchi xususiyat goʼzallikda mujassamlashmoqda. Yaʼni bunday holatda axloq normalaridan chekinish va aql bilan ish tutmaslik ssenariysi mental reprezentatsiyalanadi.
Tojik lingvomadaniyatida ham xuddi ingliz va uzbek lingvomadaniyati singari goʼzallikni koʼrish sezgisi orkali inson kabul kilishi frazeologik iboralarda oʼz aksini topgan: “Шунидан кай бувад монанди дидан” tojikcha maqol buning tasdigʼidir. Bundan tashqari, “Чор кас бинад сер мешавад"; "Медидаги шудан”; iboralari ham madaniyatlararo oʼxshashlik yoki universallikni namoyon etadi. Goʼzallik koʼrish sezgisining orqali voqelanadi.34
Tana alohida qismlari holati va harakati bilan bog‘liq tezlashish va muvozanat hissiyotlari organizmning ichki holati va harakatga nisbatan organizmning aks harakati haqidagi axborotni uzatadi. Tadqiq etilayotgan ikki tilda bosh aylanishi orqali juda charchash hissiѐtini uzatuvchi frazeologizmlar mavjud: sarcharxak shudan // boshi aylanmoq. Boshdagi sochlar harakati esa frazeologizmlarda kuchli qo‘rquv holatini anglatadi: mo‘yi sar rost shudan // tepa sochi tik bo‘lmoq. Mazkur frazeologizmlardagi lingvokulturemalar katta yoki kutilmagan xavf ostida kuzatiladigan qo‘rquvga nisbatan aks ta'sirga asoslangan.
Tahlillardan ma'lum bo‘lishicha, mazkur guruh frazeologizmlari ko‘rib chiqilayotgan tillarda bir xil obrazlar orqali did bilan bog‘liq hissiyotlarni anglatadi. Bu holat tabiiydir, chunki ular tana a'zolari fiziologik vazifasi umuminsoniy tavsifiga asoslanadi.
Tojik va o‘zbek tillarida shaxs xususiyatini ifodalovchi (sezish hissiyoti bilan bog‘liq frazeologizmlarning semantik tadqiqi quyidagi xulosalar bilan yakunlandi:
1. Nutqning ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiluvchi iboralarning ifodalanishi tarixi ancha uzoq bo‘lib, qadimdan donishmand ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan.
2. Tojik va o‘zbek tilshunosligida o‘zlashma frazeologizmlarning shakllanishi, bunda frazeologik kal'kalashning o‘rni muammolari maxsus kuzatishlarni talab qiluvchi dolzarb muammolar qatoriga kiradi.

Download 191.03 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Download 191.03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qiyoslanayotgan tillar frazeologiyasidagi farqlar va o’xshashliklari tahlili

Download 191.03 Kb.