I bob: FRAZEOLOGIYA – ZAMO NAVIY TILSHUNOSLIK NUQTAI-NAZARIDAN




Download 191.03 Kb.
bet8/20
Sana19.06.2023
Hajmi191.03 Kb.
#74210
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
HUSENOVA NIGINA G\'AFFUROVNA

I bob: FRAZEOLOGIYA – ZAMO NAVIY TILSHUNOSLIK NUQTAI-NAZARIDAN
1.1. O’zbek tili frazeologiyasi tarixidan
Frazeologizimlarning o‘rganilish tarixi haqida gapiradigan bo’lsak, “frazeologiya” atamasi “fraza” so‘zidan olingan ammo, turkiyshunoslikda dastlab “fraza” atamasi turli ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qilgan. XIX asrda yashagan turkiyshunos olim Mirza Kozimbek, rus tilida yozilgan boshqa tasviriy grammatikalarda bo‘lgani singari o‘z asarida “fraza” so‘zini jumla, gap ma’nosida qo‘llagan.
Frazeologizmni tilning leksik-semantik va sintaktik sathlaridan farq qiluvchi alohida sathga xos birlik deyish frazeologik normani ham adabiy tilning boshqa normalari qatorida hisobga olishni talab etadi. Shuning uchun ham izohli lug‘atlarda frazeologizmlarni ham qayd etish butun dunyo tilshunosligida tan olingan amaliyotdir.
O‘zbek tilining frazeologik boyligini o‘rganishga oid bir qancha mukammal tadqiqotlar qilingan. Adabiy til lug‘at tarkibining taraqqiyoti va boyishi xalq shevalari bilan uzviy va chambarchas bo‘g‘liq hisoblanadi. Adabiy til normalarini belgilashda xalq shevalarining leksik, fonetik va grammatik xususiyatlariga suyanadi va ma’llum o‘ziga xos qonuniyatlar bilan rivojlanadi. Shunday ekan, milliy tilning xalq shevalaridagi ko‘chma ma’noli iboralarni o‘rganish ham hozirgi o‘zbek adabiy tili taraqqiyotining, uning boyib borish yo‘llarini belgilovchi omillardan biri bo‘ladi.4
O‘tgan asrning 50-yillarigacha frazeologiya sohasi hali o‘zbek tilshunosligi tarkibida mustaqil soha sifatida shakllanmagan edi. Bu davrda frazeologiyaga doir dastlabki ma’lumotlar turg‘un birikmalarga oid ilk nazariy fikrlar grammatika va stilistikaga, ayrim o‘zbek shoirlari, yozuvchilarining badiiy mahorati tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarda ko‘zga tashlanadi. Bunday ishlar A. G‘ulomov, U.Tursunov, V.Abdullayev, H.Zarif, N.Mallayev singari mashhur tilshunos va adabiyotshunos olimlarning qalamiga mansubdir. Jumladan, A. Sa’diy, V. Abdullayev kabi adabiyotshunoslarning A. Navoiy asarlarida turg‘un birikmalar, xalq iboralarining qo‘llanilishiga oid fikrlari hozir ham o‘z qimmatini saqlab kelmoqda.
Frazeologiya – tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida, leksikologiyadan XX asrning 50- yillaridan boshlab mustaqil bo’lim sifatida ajralib chiqdi. Frazeologiyaning alohida lingvistik bo’lim bo’lib shakllanishida, shuningdek, o’zbek frazeologiyasining dunyoga kelishida V.V. Vinogradovning xizmatlari beqiyosdir. O’zbek tilshunosligida frazeologiyaning rivojlanishida Sh. Rahmatullayev, Y.Pinxasov, M. Husainov, I. Qo’chqortoyev, B. Yo’ldoshev kabi zabardast olimlar ulkan xizmat qildilar. Shuningdek, o’zbek frazeologiyasining izchil ilmiy asosda tadqiq qilinishi Sh. Rahmatullayev nomi bn bog’liqdir. Olim bu sohaga bag’ishlangan bir qator tadqiqotlari bilan milliy frazeologizmning yaratilishiga asos soldi.5
O’zbek frazeologiyasining yangi muvaffaqiyatlarga erishuvida B. Yo’ldoshev, Abdumurod va Abdug’ofur Mamatovlarning xizmatlari katta bo’ldi. B. Yo’ldoshev frazeologizmlarning konnotativ ma’nolari, badiiy tasvir vositasi sifatidagi imkoniyatlarini atroflicha yoritib berdi. Abdumurod Mamatov frazeologik norma muammosini ko’tarib chiqdi va frazeologik norma hamda frazeologik variant o’rtasidagi munosabatni ko’rsatib berdi. Abdug’ofur Mamatov esa, o’zining qator asarlarida frazeologik shakllanish muammolarini o’rtaga qo’ydi va uning paydo bo’lish omillarini yoritib berdi. Frazeologizmlarning muhim farqlovchi belgisi mazmuniy qayta shakllanish ekanligini ko’rsatdi.6
O‘zbek frazeologiyasiga doir dastlabki ishlar o‘tgan asrda yuzaga keldi. Ular qatoriga Sh.Rahmatullayevning ishlarini kiritish mumkin. Masalan, Sh.Rahmatullayev idiomatik so‘zlar haqidagi fikrini rivojlantirib, til birliklarini etimologik jihatdan qo‘shma so‘zga teng idiomatik so‘zlar deb tahlil qilgan. Uning “O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari” nomli monografiyasining yana bir xarakterli tomoni shundaki, undan frazeologik omonimlarni frazeologik paronimlar va frazeologik paraformalardan farqlashga harakat qilinganligidir.
Sh.Rahmatullayevning talqiniga ko‘ra, o‘zaro frazeologik omonimlar va frazeologik shuningdek frazeologik omoformalar va frazeologik paraformalar bir-biriga shu qadar o‘xshash bo‘ladiki, ulardan biri o‘rniga ikkinchisini xato ishlatib yuborish mumkin. Agar iboralar o‘zaro tarkibidagi biror so‘z komponenti bilangina farq qilsa, ularni frazeologik paronimlar deb yuritish mumkin bo‘ladi. Masalan, “ko‘nglini ko‘tarmoq” - “ko‘ngli ko‘tarildi” va “ko‘nglini tog‘day ko‘tarmoq” - “ko‘ngli tog‘day ko‘tarildi”. Agar ba’zi iboralar biri ikkinchisida yo‘q garmmatik shakllanish sistemasiga ega bo‘lsa, frazeologik paraformalar haqida gapirish mumkin bo‘ladi. Masalan, “jon(i)kirdi” - “jonini kirgizmoq” va “jon kirdi” -“jon kirgizmoq” kabilar7.
G‘.Salomov o‘zbek tilshunosligi uchun g‘oyat dolzarb muammolardan biri frazemalar tarjimasi bilan maxsus shug‘ullangan olimdir. Olimning ta’kidlashicha, “Maqol-xalq aql idrokining mahsuli, uning hukmi, ko‘p asrlik tajribalari majmuyi, turmushdagi turli voqea hodisalarga munosabatining ifodasidir”.
Frazeologizmlarni o‘rganishda ularni o‘zbek va boshqa tillar frazeologizmlari bilan qiyosiy o‘rganish ham maqsadga muvofiq ko‘rinadi. N.Turopovaning “Yapon va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarni qiyosiy o‘rganish” nomli ilmiy maqolasida shunday fikrlar ilgari surilgan. Frazeologik iboralar nutqning ta’sirchanligini, emotsional-ekspressivligini ta’minlovchi asosiy vosita sifatida nutqimiz ko‘rki hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan yapon tili frazeologizmlarining xususiyatlarini o‘rganib, ularni o‘zbek tilida ifodalash usullarini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Har ikkala tildagi frazeologizmlarni qiyosiy o‘rganishda ularning mazmun jihatdan bir - biriga mos kelishi yoki qisman mos kelishi, o‘xshashligiga hamda bir tilda mavjud bo‘lgan frazeologizmlarning ikkinchi tilda na ekvivalentiga, na variantiga egaligiga e’tiborni qaratish lozim. N.Turopova frazeologizmlarni quyidagicha guruhlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadi.
1. Har ikki tilda mavjud bo‘lgan ekvivalent frazeologizmlar. Ular mazmun, shakl, ekspressiv-stilistik xususiyatlarni saqlagan bo‘lishi lozim.
2. Har ikki tilda o‘zaro o‘xshash bo‘lgan frazeologizmlar. Ular mazmun jihatdan o‘xshash stilistik xususiyatlarni o‘zida saqlagan, lekin obrazli asosi turlicha bo‘lgan frazeologik variantlardir.
3. Mazmuni kontekst orqali aniqlanadigan, milliy urf-odatni ifodalovchi frazeologizmlar.
Frazeologik ekvivalent tanlashda tarjimon albatta kontekstda anglatgan mazmunga e’tibor berishi lozim, aks holda, tanlangan ekvivalent matnda ifodalangan mazmunga to‘g‘ri kelmay, fikriy g‘alizliklarni keltirib chiqaradi. Olimlarning ta’kidlashlaricha, tarjima jarayonida bir tilga xos bo‘lgan grammatik vositalarni albatta ikkinchi tilda grammatik vositalar orqali berish shart emas. Bunday hollarda tarjimada vaziyat yo kontekstga alohida e’tibor qaratish lozim. Asosiysi, tarjimada so‘zlar kabi frazeologizmlarning anglatgan ma’nosini, emotsional - ekspressiv va stilistik xususiyatlarini saqlagan holda shakliy xususiyatlarini ham aks ettirish zarur.
Maqol kundalik hayotda kishilarning bir-birlari bilan muomalada bo‘lishi jarayonida tug‘iladi. Idioma - shaklan bo‘laklarga ajralmaydigan, maxraji birikma tarkibidagi so‘zlarning to‘g‘ri va konkret ma’nosi bilan talqin qilinmaydigan, ko‘chma ma’no anglatuvchi barqaror so‘z birikmasidir. “Idioma” (yunoncha o‘ziga xos ifoda, ibora)- frazeologik chatishmadir. Frazeologik chatishma - ma’nosi tarkibidagi so‘zlarning ma’nosidan kelib chiqmaydigan frazeologik birliklar. Masalan, “oyoqni qo‘lga olmoq” (yugurmoq).
O‘tgan asrning 60-70-yillaridan boshlab o‘zbek frazeologiyasini o‘rganish ishi quyidagi ikki asosiy yo‘nalishda rivojlandi:
a) o‘zbek tili frazeologik birliklarining ayrim struktural tiplari maxsus o‘rganila boshladi;
b) frazeologik birliklarning badiiy uslubiy xususuyatlari o‘rganildi.
Frazeologik birliklarning ibora - tasvir vositalari tizimida turgan o‘rnini tadqiq qilish davom ettirildi. Bunday yo‘nalishdagi tadqiqotlarda asosan yangi ilmiy soha frazeologiyaning ko‘pgina o’ziga xos muammolari o‘rganildi va o‘zbek adabiy tilining frazeologik tarkibi yangi frazeologik birliklar tahlili hisobiga boyib bordi. Bundan keyingi davrda o‘zbek frazeologiyasining yana bir boshqa yo‘nalishda o‘rganish sohasida ham salmoqli natijalarga erishildi, ya’ni XX asr o‘zbek yozuvchilari, shoirlari asarlarining tili va uslubiga oid ko‘pgina ishlarda, nomzodlik dissertatsiyalarda, ilmiy maqolalarda frazemaning uslubiy vazifalarini o‘rganishga alohida ahamiyat berildi. Bu jihatdan Hamza (B.Turdialiyev, Sh.Qozoqov), A.Qodiriy (H.Qahhorova, F.Nasriddinov), A.Qahhor (I.Qo‘chqortoyev, O.Abdullayeva) H.Olimjon (S.Boboyeva), Zulfiya (S.Karimov) S.Ahmad (B.Yo‘ldoshev) kabi so‘z san’atkorlarining asarlarida qo‘llanilgan frazemalar tahliliga oid ishlar diqqatga sazovordir. Masalan, I.Qo‘chqortoyevning “Abdulla Qahhorning umumtil frazeologiyasi asosida yangi iboralar yaratishiga doir” maqolasida quyidagi fikrlar ilgari surilgan8.
Mavjud frazeologik birliklar asosida yangi iboralar yaratish umumtilda, ayniqsa badiiy adabiyot tilida ko‘p uchraydigan hodisadir. Yozuvchining frazeologik novatorligi, frazeologik ijodkorligi eng yorqin namoyon bo‘ladigan soha ham mana shu umumtil frazeologiyasi asosida yangi iboralar yaratish sohasidir. A.Qahhor ba’zan aforizm va xalq iboralari darajasiga ko‘tarilgan chuqur mazmunli, o‘tkir kinoyali iboralar to‘qiydi. Bu iboralarni ko‘p hollarda xalq iboralaridan ajratish qiyindir. Bu maqolada A.Qahhor tomonidan xalq frazeologiyasi zamiridagi obrazlar asosida ijod qilingan individual frazeologik neologizmlardan namunalar keltiriladi.
Frazeologik birliklarning muhim belgilaridan biri shundan iboratki, ular zamirida ma’lum obraz, konkret hodisa, harakat yoki predmet tasavvuri yotadi. Masalan, “quvonmoq” ma’nosini ifodalaydigan “og‘zi qulog‘iga yetdi” iborasida kulish, mamnun bo‘lish orqasida og‘izning quloqqacha yetishi tasavvuri, obrazi bor. Ibora zamiridagi mana shu obraz “quvonmoq” ma’nosini bildirish uchun xizmat qiladi. Ibora zamiridagi bunday obrazni boshqa nuqtayi nazardan izohlash, uni boshqacha talqin etish tilda yangi yaratilgan frazeologik neologizmda umumtil iborasiga mansub bo‘lgan obraz yoki bu obrazning biror xususiyati saqlanadi. A.Qahhor shu yo‘l bilan yangi iboralar yaratishda umumtil frazeologiyalaridan ham, majoziy ma’noli maqollardan ham foydalanadi. A.Qahhor tomonidan yaratilgan yangi iboralarni sinchiklab o‘rganish, ularning semantik-stilistik funksiyalarini tekshirish A.Qahhor uslubining o‘ziga xos xususiyatlarini ochish uning o‘zbek adabiy tili taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini aniqlashga yordam beradi. O‘zbek tilshunosligida o‘tgan asrning 70-80 yillaridan boshlab lingvistik model va modellashtirish usullaridan keng foydalanish boshlandi.
Frazeologiya – tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida, leksikologiya fanidan XX asrning 50- yillaridan boshlab mustaqil bo’lim sifatida ajralib chiqdi. Frazeologiyaning alohida lingvistik bo’lim bo’lib shakllanishida, shuningdek, o’zbek frazeologiyasining dunyoga kelishida V.V. Vinogradovning xizmatlari beqiyosdir. O’zbek tilshunosligida frazeologiyaning rivojlanishida Sh. Rahmatullayev, Y.Pinxasov, M. Husainov, I. Qo’chqortoyev, B. Yo’ldoshev kabi zabardast olimlar ulkan xizmat qildilar. Shuningdek, o’zbek frazeologiyasining izchil ilmiy asosda tadqiq qilinishi Sh. Rahmatullayev nomi bn bog’liqdir. Olim bu sohaga bag’ishlangan bir qator tadqiqotlari bilan milliy frazeologizmning yaratilishiga asos soldi.9
O’zbek frazeologiyasining yangi muvaffaqiyatlarga erishuvida
B. Yo’ldoshev, Abdumurod va Abdug’ofur Mamatovlarning xizmatlari katta bo’ldi. B. Yo’ldoshev frazeologizmlarning konnotativ ma’nolari, badiiy tasvir vositasi sifatidagi imkoniyatlarini atroflicha yoritib berdi. Abdumurod Mamatov frazeologik norma muammosini ko’tarib chiqdi va frazeologik norma hamda frazeologik variant o’rtasidagi munosabatni ko’rsatib berdi. Abdug’ofur Mamatov esa, o’zining qator asarlarida frazeologik shakllanish muammolarini o’rtaga qo’ydi va uning paydo bo’lish omillarini yoritib berdi. Frazeologizmlarning muhim farqlovchi belgisi mazmuniy qayta shakllanish ekanligini ko’rsatdi.
Ma’lumki, ikki va undan ortiq mustaqil so’zning semantik va grammatik jihatdan aloqaga kirib, ma’lum tushuncha yoki tasavvurni, ba’zan nisbiy tugal fikrni bildiradigan birliklar- so’zlar bog’lamasi uch ko’rinishda ajratiladi:

  1. Erkin so’zlar bog’lamasi;

  2. Qo’shma so’zlar bog’lamasi;

  3. Frazeologik bog’lamalar;10

Frazeologik bog’lamalar yoki frazeologizmlar ikki va undan ortiq so’zning birikib ko’chma ma’no ifodalashidan tashkil topgan, gapda bir butun bo’lak vazifasida keladigan, yaxlitlashgan, tarkiban barqaror, tayyor, obrazli tasavvurlarga ega lug’aviy birliklardir. Iboralar kamida ikkita mustaqil so’zdan (leksemadan) iborat bo’ladi. Shunga ko’ra iboralar o’zining ifoda tomoni bilan so’zdan farq qiladi: so’zning material tomoni – tovush bo’lsa, frazeologizmniki so’zdir. Iboralarning ma’no planiga bittadan ortiq so’zlarning yaxlitligicha, ma’lum bir obraz asosida, ko’chim asosida semantik bog’lanishi hodisasi xos bo’lib, bu frazeologik ma’no deyiladi. Masalan, ko’zini ochmoq birikmasi frazeologik ma’noni mujassamlashtirgan:


  1. Download 191.03 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Download 191.03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob: FRAZEOLOGIYA – ZAMO NAVIY TILSHUNOSLIK NUQTAI-NAZARIDAN

Download 191.03 Kb.