O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOShKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
SHARQ FILOLOGIYASI VA FALSAFA FAKULTETI
TARJIMA NAZARIYASI VA AMALIYOTI YO‘NALISHI
MAVZU: Xitoy tilidagi ekvivalentsiz frazeologik birliklarning tarjimada berilishi
Annotasiya
Mazkur referat o‘zbek tilida ekvivalenti mavjud bo‘lmagan xitoy tilidagi frazeologizmlarning tarjimada berilishining muqobil variantlar yordamida tarjima qilish, kalka usulida tarjima qilish, tasviriy usulda tarjima qilish kabilar bir qator xitoy tilidagi misollar yordamida tahliliga bag‘ishlangan.
Bajardi: Hamroqulova Mardona
Qabul qildi: Xolmo‘minov Jafar
TOShKENT – 2014
REJA
1. Frazeologizmlar va ularni tarjima qilish usullari xususida
2. Ekvivalentsiz frazeologizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari
3. O‘zbek tilida ekvivalenti yo‘q xitoy tilidagi frazeolgizmarning tarjimada berilish usullari
4. Xulosa
1. Frazeologizmlar va ularni tarjima qilish usullari xususida
Frazeologizm (frazeologik birlik) – bu semantik jihatdan bog‘langan so‘z birikmalar va gaplarning umumiy nomlanishi bo‘lib, shaklan o‘xshash bo‘lgan sintaktik strukturalardan farqli ular ular fikrni tashkil etishda so‘zlar tanlanishi va ularning kombinatsiyasining umumiy qonuniyatlariga muvofiq amalga oshirilmaydi, balki nutqda belgilangan semantik struktura va muayyan leksik-grammatik tarkibning o‘zaro munosabati bilan aks ettiriladi1.
Syuy Zongcai, Ying Jyunling, tarjima nuqtai nazaridan qiziqish tug‘diruvchi xitoy tilida quyidagi frazeologizm turlarini ajratib ko‘rsatadi:
-
惯用语 guanyongyu – «ko‘p qo‘llanadigan jumla» (uch iyeroglifliklar);
Masalan, 过日子 guo rizi – hayot kechirmoq, 打光棍 da guanggun - bo‘ydoq bo‘lmoq
-
成语 chengyu – «turg‘un iboralar» (to‘rt iyeroglifliklar);
Masalan, 一意孤行 yiyi gu xing - o‘zboshimchalik bilan harakat qilmoq, 如鱼得水 ru yu de shui – suvdagi baliqday.Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
-
俗语suyui – «maqol va matal» (谚语 yanyu – «maqol», 俗话 suhua – «matal»).
工欲善其事,必先利其器Gong yu shan qi shi, bi xian li qi qi – Ishingni uddalamoqchi bo‘lsang, asboblaringni qayrab ol2.
Tarjima nazariyasi bo‘yicha nashr etilgan adabiyotlarda frazeologik birikmalarni tarjima qilishning to‘rtta usuli borligi haqida ma’lumot beriladi (Qarang: L.Barxudarov, V.Komissarov, Fiterman, Leviskaya, O.Petrova va boshqalar). Ular quyidagilardan iborat:
1) Obrazni qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlash;
2) Obrazni qisman o‘zgartirish;
3) Obrazni butunlay boshqa obraz bilan almashtirish;
4) Tarjimada obrazni butunlay saqlamaslik yoki uni tushirib qoldirish3.
Frazeologik birliklarning bir tildan ikkinchi tilga asosan to‘rt xil yo‘l bilan tarjima qilinishi Q.Musayevning ishlarida ham ko‘rsatiladi. Unga ko‘ra, asliyat tilidagi birlikma komponentlar tarkibi, grammatik qurilishi hamda ma’no va uslubiy vazifasi mos ekvivalentlar, boshqa xossalari farq qilgani xolda, ma’no va uslubiy vazifasi o‘xshash muqobil variantlar, kalka usulida va tasviriy yo‘sinda tarjima qilinadilar4.
Sharafiddinov ishlarida esa frazeologizmlarning asl tildagi frazeologik birliklarni quyidagicha uch guruhga ajratib o‘rganishni va tarjima tiliga o‘girishni tavsiya etiladi (bularni misollar bilan ko‘rib chiqsak):
-
Butunlay muvofiqlik;
远亲不如近邻 Yuan qin bu ru qin lin. – Yaqindagi qo`shni uzoqdagi qarindoshdan yaxshi.
-
Qisman muvofiqlik;
牛犊不怕老虎 Niudu bu pa laohu. – Buzoq yo‘lbarsdan qo‘rqmas.
Mazkur maqolning o‘zbek tilida qisman muvofiq muqobili ham bor: Zag‘izg‘on bo‘ridan qo‘rqmas. Yoki yana bir misol:
嘴甜辛苦 zui tian xin ku (so’zma-so’z. tili shirin, dili achchiq) – “tili boshqa, dili boshqa”, “на языке мёд, а на сердце лёд” iboralarining ham ikkinchi komponenti boshqa so‘zlar bilan ifodalangan bo‘lsada shaklan qisman muvofiq keladi.
-
Muvofiqlikning yo‘qligi (yoki nomuvofiqlik)5.
此地无银三百两 ci di wu yin san bai liang – bu yerda 302 kumush tanga yo‘q6. Mazkur ibora biror sirni yashiraman deb, aksincha oshkor qilib qo‘yishni ifodalashda qo‘llaniladi. Bu iborinaning kelib chiqish hikoyasini bilmaganlar, ibora ma’nosini butkul anglamaydilar. Xitoy xalqi orasida shunday hikoya keng tarqalgan, bir kishi yerga 302 ta kumush tanga ko‘mib qo‘yibdi va hech kim pulni o‘g‘irlab ketmasligi uchun “bu yerda 302 ta kumush tanga yo‘q” deb yozilgan taxtani o‘rnatib ketibdi.Kumush (lot. Argentum - oq kukun), Ag - Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 47, atom massasi 107,87. Kumush 2 tabiiy barqaror izotop - IO7Ag (51,35%) va IO9Ag (48,65%) dan iborat. Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi. Uning qo‘shnisi yozuvni o‘qib kumush tangalarni kavlab olibdi va u ham taxtaga: “Tangalarni qo‘shnisi Vang Er o‘g‘irlamagan”, - deb yozib qo‘yibdi. Shu tariqa o‘g‘ri topilibdi.
Mazkur iboraga “Xitoycha-o‘zbekcha-ruscha frazeologik lug‘at”da “ko‘rga hassa bo‘lib turgan narsani ko‘rmaslik”7 degan tarjima varianti keltirilgan. “Frazeologik birliklar ekvivalentsiz leksikani berish usullaridan hisoblangan so‘zma-so‘z tarjima, analogik tarjima, izohli tarjima usullari yordamida tarjima qilinishi mumkin”8, - deb yozadi tarjimashunos Shuhrat Sirojiddinov. Iboraning yuzaga kelish hodisasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bunday tarjima noo‘rindir. Bu yerda izohlash usuli yordamida “o‘z sirini o‘zi oshkora qilib qo‘yishi” tarzida berishimiz maqsadga muvofiq.
2. Ekvivalentsiz frazeologizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari
Tarjimashunos olimlar asl tildagi frazeologik birliklarni guruhlarga bo‘lib tarjima tiliga o‘girishni tavsiya etgan guruhlardan uchinchisi muvofiqlikning yo‘qligi bo‘lib, muvofiqlikning yo‘qligi – asl tildagi frazeologik birlikning tarjima tilidagi ekvivalentlarining umuman uchramasligi va mazkur birliklar tarkibida asl tilga mansub (ekvivalentsiz leksik birikmalar) realiyalarning uchrashidir.
Zamonaviy xitoy tilida kelib chiqishi “西游记”xi you ji “G‘arbga sayohat” asariga borib taqaluvchi “火眼金睛” huo yan jin jing iborasi mavjud. Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli. Asarning yettinchi bo‘limida maymunlar podshosi Sun Ukunni “sakkiz trigramma pechi”ga o‘tqazib qo‘yishganidan so‘ng, uning osmon saroyida to‘s-to‘polon uyushtirganligi haqida yozilgan. Shu pechda toblanish natijasida Sun Ukunning ko‘zlari o‘t va tutundan qizarib ketib, afsun bilan boshqa tusga kira oladiganlarning hiyla-nayranglarini farqlay olish qobiliyatiga ega bo‘lib qoladi. Mazkur ekvivalentsiz frazeologizmning ko‘chma ma’nosini “hushyor ko‘zlar” tarzida ifodalash mumkin9.
Har xil tillarda ko‘p frazeologik birliklarning frazeologik moslashuvi mavjud emas. Ular realiyadir. Realiyalar leksik birlik bo‘lib, insonlar hayotidagi milliy urf-odatlar va ularga xos bo‘lgan hodisalarni anglatadi10.
Asliyatdagi so‘zga umuman biror-bir muvofiq so‘zning topilmasligi bu haqiqiy muqobilsizlik hidisasidir. Mazkur hodisa nisbatan kam uchraydi. U asosan asliyatdagi so‘z boshqa xalqning xo‘jaligida va tushunchalarida muqobili mavjud bo‘lmagan asl mahalliy hodisani ifodalagan holda yuzaga keladi. Bunda so‘zlar milliy xos realiyalar mavzusi doirasida keng o‘rganiladi11.
Muqobili yo‘q leksikaning aniqlanishi Ye.M.Vereshagin va V.G.Kostomarovning “Til va madaniyat” risolasida shunday ta’riflanadi: “O‘zga madaniyat va o‘zga tilda mavjud bo‘lmagan tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiluvchi so‘zlar, xususiy madaniyatga, ya’ni faqat A madaniyatga xos bo‘lib, B madaniyatda mavjud bo‘lmagan madaniy unsurlarga mansub so‘zlar, shuningdek, o‘zga tilda bir so‘z bilan tarjimasi mavjud bo‘lmagan, asliyatdagi til chegarasidan tashqarida muqobili mavjud bo‘lmagan so‘zlardir”12.
Xitoy tilida ham bunday so‘zlar, ya’ni xitoy madaniyati, tarixi, etnografiyasida ham shunday realiyalar mavjudki, ularni boshqa tillarga tarjima qilishda izoh talab qiladi. Masalan, 进士 jinshi – jinshi (kejyuy davlat tizimidagi oliy ilmiy daraja), 旗袍 qipao – chipao (xitoy ayollari milliy kiyimi). Ikkinchi so‘z chipao so‘zi xitocha-ruscha lug‘atlarda “xitoycha ayollar xalati” deb tarjima varianti beriladi. Lekin mazkur kiyim turi aslo xalat emas, xalat usulida tikilgan kiyim ham emas. Shu tufayli bu so‘zni realiya sifatida “chipao” deb tarjimada berish va unga iqtibos berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Asliyatda ifodalangan fikrni aks ettira oladigan birlikning na ekvivalent va na o‘xshashi bo‘lganda, frazeologik birlik shaffof bo‘lmasa, kalkalash usulidan foydalanishning iloji bo‘lmaganda, turg‘un frazeologik birliklar tasviriy yo‘l bilan tarjima qilinadi. Tasviriy usul erkin ko‘chma ma’noga asoslanmagan frazeologik birliklarni qo‘llashni talab etadi: “a skeleton in the cup” – “oila siri”, “in a whole skin” – “bekamu-ko‘st, soppa-sog‘, sog‘-salomat, beziyon” va shu kabilar13.
Bunga xitoy tilida misol keltiradigan bo‘lsak, “海枯石烂 hai ku shi lan”(so’zma-so’z. dengizlar qurib, toshlar chirib ketmagunicha) – “abadiy to abad”, “平地风波 pingdi feng bo” (tekis yerda to‘lqin) – “to‘satdan” va h.k.
Xitoy tilidagi muayyan bir kontekstli ayrim iboralar o‘zining dastlabki ifodali asosini yo‘qotishi va umuman boshqasiga ega bo‘lishi ham mumkin. Masalan, bir gazeta sarlavhasi shunday nomlangan: “发展小城镇莫唱“空城计”” Fazhan xiao cheng zhen mo chang “kongchengji” – “kichik shahar va qishloqlarni rivojlantirishda ularni bo‘shatib qo‘yib bo‘lmaydi”. Maqolaning mazmuni hozirda Xitoyning ayrim hududlarida dehqonlar uchun yangi istiqomatgohlar qurilishida hech qanday ishlab chiqarish infrastrukturasi yaratilmayotganligi, faqatgina sharning tashqi qiyoqasi, ya’ni maydon, istirohatgoh va ko‘chalarga e’tibor berilayotganligidan iborat. Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi. Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch. “空城计” kong cheng ji – “bo‘sh shahar taktikasi” frazeologizmi asosida “Uch podsholok ” asaridagi bir hikoya yotadi. Hikoyaga ko‘ra, bir shaharning istilo etilishida mashhur lashkarboshi Zhuge Lyang dushman qaytara oladigan qo‘shinga ega bo‘lmasdan ham hech sarosimaga tushmagan. U shahar darvozalarini btunlay ochib qo‘yishni buyuribdi, o‘zi esa shahar devoridagi minoraga chiqib olib ud chala boshlabdi. Dushman askarlari shahar ichida ularni pistirma kutib turibdi deb o‘ylab, ortga chekinibdi. Shundan beri “唱空城计” chang kong cheng ji iborasi “raqibni adashtirish maqsadidagi nayrang” ma’nosida qo‘llaniladi. Maqolada esa mazkur ibora umuman boshqa, “ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lmaslik jihatidan bo‘sh shahar” ma’nosida ishlatilgan. Bu frazeologizmning yangi “bo‘sh, bo‘shlik” ma’nosi barcha lug‘atlarda ham qayd qilinmagan, balki faqat 2002 yili chop etilgan Li Singjiyen taxriri ostidagi “Zamonaviy xitoy tili iboralarining me’yoriy lug‘ati” da ko‘rsatilgan.Xitoy tili - xutoy-tibet tillari oilasiga mansub tillardan biri. XXRning rasmiy davlat tili. Unda XXRning 92% aholisi - 1 mlrd. 292 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi (2003 y.). Xitoy tili, shuningdek, Indoneziya, Kambodja, Laos, Vyetnam, Myanma, Malayziya, Tailand, Singapur, Bruney, Syangan, Aomin, Filippin, Yaponiya, Koreya va dunyoning boshqa mamlakatlarida tarqalgan (30 mln.dan ortiqkishi soʻzlashadi) Mazkur misolda shuni anglatadiki, xitoycha ikki tilli lug‘atlarda har doim ham iboralarning aniq ekvivalenti berilmaydi. Shu tufayli tarjimon doim bir tilli xitoycha lug‘atlardagi izohlardan foydalanishga tayyor turishi kerak va shu bilan birga kontekstni ham inobatga olishi lozim14.
3. O‘zbek tilida ekvivalenti yo‘q xitoy tilidagi frazeolgizmarning tarjimada berilish usullari
Q.Musayev o‘zining “Tarjima nazariyasi asoslari” kitobida asliyat tilidagi birlikma komponentlar tarkibi, grammatik qurilishi hamda ma’no va uslubiy vazifasi mos ekvivalentlar, boshqa xossalari farq qilgani xolda, ma’no va uslubiy vazifasi o‘xshash muqobil variantlar, kalka usulida va tasviriy yo‘sinda tarjima qilinishini ko`rsatadi.15 Ekvivalentlar vositasida tarjima qilish usulini birinchi paragrafda ko‘rib chiqqan edik. Mazkur qismda esa ekvivalentsiz frazeologizmlarni tarjima qilishning qolgan uch usuliga ko‘ra tahlil olib boramiz.
Q.Musayev o`zining ishlarida ekvivalentsiz frazeologik birliklarni o‘zbek tiliga tarjima qilishning eng namunali usullari deb quyidagilarni ko`rsatadi:
Muqobil variantlar yordamida tarjima qilish. Tarjima tilida asliyatda qo‘llanilgan frazeologik birlikka ekvivalent frazeologizm topilmagan taqdirda, adekvatlik ko‘p xollarda muqobil variantlar yordamida amalga oshiriladi. Ma’no va uslubiy vazifa jihatlaridan mos ikki til frazeologik birliklari qator hollarda bir-birlaridan leksik tarkibda yo butunlay, yoki tayanch komponentlaridan boshqa unsurlarda farq qiladilar. Bunday frazeologik birliklar o‘zaro muqobillik munosabatida bo‘ladi16.
Masalan, 开夜车 kai ye che – tunni bedorlikda o‘tkazmoq (so’zma-so’z. tungi mashina haydamoq)
Frazeologik lug‘atda 难兄难弟 nan xiong nan di iborasi o‘zbek tilida“o‘xhsatmasdan uchratmas”, rus tilida esa “dva sapoga para”17 tarzida tarjima qilingan. Agar so‘zma-so‘z tarjima qiladigan bo‘lsak “bir-biriga munosib aka-uka” shaklidagi ijobiy ohanggi kuchliroq ma’no namoyon bo‘ladi. Iboraning o‘zbek tilidagi muqobilida esa neytral ma’noni kuzatish mumkin.
Muqobil variantlar tarjimada bir-birlarini bemalol almashtiraveradilar. Chunki mazkur birliklar tarkiblarida ularning o‘zaro almashinuvlariga halal beradigan milliy xususiyatli so‘zlar uchramaydi18.
«欲速则不达 yu su ze bu da»19 (so’zma-so’z. tez bo‘lishini istab yetisha olmaslik), «Shoshgan qiz erga yolchimas» va «Поспешиш – людей насмешиш» birliklarining uchalasida ham bir xil xususiyat - shoshqaloqlik tanqid qilinadi. Yoki yana bir boshqa misol, “有其父必有其子 you qi fu bi you qi zi”20 (so’zma-so’z. otasi qanday bo‘lsa bolasi shunday bo‘ladi), “Onasini ko‘rib qizini ol”, “Яблоко от яблони далеко не падает” frazeologik birikmalarning leksik komponentlari turli bo‘lsada uslubiy vazifasi bir. Mazkur vositalar bir-birlarining ma’no va uslubiy vazifalarini to‘la qoplay oladilar.
Ma’lumki, frazeologik birliklar odatda hayotiy kuzatishlar zaminida paydo bo‘ladi. Xalqlarning moddiy dunyoni tasavvur etishida esa o‘xshashlik ko‘zga tashlanadi. Ammo hech bir tilda frazeologik birliklar ob’yektiv borliqning barcha jabhalarini qamrab ola olmaydi. Masalan, muayyan tushunchani obrazli yoki his-hayajonli ifoda etadigan bir til frazeologik birligi o‘zga til frazeologiyasi tizimida o‘zining muvofiq ekvivalentiga yoki muqobil variantiga ega bo‘lmasligi mumkin. Agar ba’zan asliyat va tarjima tillarida mavjud bo‘lgan ayrim frazeologik birliklar mazmuniy-uslubiy jihatdan bir-birlariga mos kelsalar-da, ular ochiq-oydin ko‘zga tashlanib turadigan milliy bo‘yoqqa ega bo‘ladilarki, bu xususiyati ularning tarjimada bir-birlarini almashtirishlariga yo‘l qo‘ymaydi21.
Kalka usulida tarjima qilish. Agar asliyat tarkibidagi frazeologizm ichki mazmuni va obrazli asosi mantiqiy zaminga ega bo‘lib, bu asos ochiq-oydin ko‘zga tashlanib tursa, shu bilan birga kishilarning hayotiy tajribalari negizida yaratilgan bo‘lsa, bunday frazeologizm qator hollarda kalka usulida tarjima qilinadiki, bunday holda tarjima tilida tegishli frazeologik birlikning nafaqat mazmuniy-uslubiy xususiyati, balki milliy o‘ziga xosligi, ijtimoiy-madaniy xossasi ham qayta yaratiladi. Bunday paytlarda asliyat frazeologizmining shakl va mazmun birligi to‘la tiklanadi, kitobxonning asliyat va uning tili haqidagi tasavvuri boyiydi, asliyat yaratilgan xalq tilida foydalanilgan barqaror uslubiy priyomlar va badiiy-tasviriy vositalar, ba’zan esa muallifning o‘ziga xos ijodiy uslubi haqidagi tushunchasi kengayadi22.Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.
Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan kalka, harfxo‘rlikka olib boruvchi so‘zma-so‘z tarjimadan farqli o‘laroq, asliyatnint shakl va mazmun birligini ijodiy qayta yaratish bilan bir qatorda ona tili lug‘at tarkibining boyish jarayoniga ham o‘zining munosib ulushini qo‘shadi23.
Masalan, 井底之蛙 jing di zhi wa – quduq tagidagi baqa. Qudiq ostidagi qurbaqa yuqoriga qaraganida osmonning bir parchasinigina ko‘radi. Shu tufayli xitoy tilida bu ibora tor dunyoqarashli kishilar uchun qo‘llaniladi24.
善有善报,恶有恶报 shan you shan bao, e you e bao – “Yaxshilikka yaxshilik, yomonlikka yomonlik”25.
Ma’lumki, frazeologik birliklar odatda hayotiy kuzatishlar zaminida paydo bo‘ladi. Xalqlarning moddiy dunyoni tasavvur etishida esa o‘xshashlik ko‘zga tashlanadi. Ammo hech bir tilda frazeologik birliklar ob’ektiv borliqning barcha jabhalarini qamrab ola olmaydi. Masalan, muayyan tushunchani obrazli yoki his-hayajonli ifoda etadigan bir til frazeologik birligi o‘zga til frazeologiyasi tizimida o‘zining muvofiq ekvivalentiga yoki muqobil variantiga ega bo‘lmasligi mumkin. Agar ba’zan asliyat va tarjima tillarida mavjud bo‘lgan ayrim frazeologik birliklar mazmuniy-uslubiy jixatdan bir-birlariga mos kelsalarda, ular ochiq-oydin ko‘zga tashlanib turadigan milliy bo‘yoqqa ega bo‘ladilarki, bu xususiyati ularning tarjimada bir-birlarini almashtirishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday holda ko‘proq tarjima amaliyotining kalka, ya’ni so‘zma-so‘z tarjima usuliga murojaat qilinadi. Bu yo‘l vositasida tarjima tilida hosil qilingan birikma iboraviy shakl kasb etib, tabiiy jaranglasa, nazarda tutilgan ma’no va uslubiy vazifani aks ettira oladi. Bunday paytda nafakat adekvatlik ta’minlanadi, balki tarjima tili lug‘at tarkibining boyishi uchun ham imkoniyat vujudga keladi26. Masalan,
丢面子 diu mianzi – uyalib qolmoq, sharmanda bo‘lmoq (so`zma-so`z. yuzini yo‘qotmoq).
说空话 shuo konghua – safsata so‘zlamoq (so`zma-so`z. bo‘sh gap gapirmoq).
没事找事 mei shi zhao shi – o‘ziga o‘zi muammo tug‘dimoq (so`zma-so`z. muammo yo‘g‘ida muammo izlamoq)27.
Ibora ma’nosi bevosita tarkibidagi komponentlariniig ma’nolaridan kelib chiqmaydigan frazeologik chatishmalar, shuningdek, o‘zi mansub bo‘lgan xalq milliy xususiyatini aks ettiradigan boshqa iboralar kalka qilinmaydi. Tarkiblarida etnografik tushunchalar nomlari, leksik va semantik arxaizmlar mavjud, shuningdek, millat tarixi, xalq turmushi va uning diniy va e’tiqodi bilan bog‘liq so‘zlar qo‘llanilgan frazeologik birliklar xam kalka qilinmaydi28. Tarjima tilida tegishli adekvat vositalarning yo‘qligi bunday birliklarni tasviriy usulda talqin etish zaruratini keltirib chiqaradi. Ammo ba’zan tarjima tilida asliyat birliklarining ekvivalent yoki muqobil variantlari mavjud bo‘lgan taqdirda ham tarjimonlar mazkur usulga murojaat qiladilar, natijada asliyatning zaruriy kommunikativ ta’sirchanligi hamda obrazliligi xiralashadi, goho esa asliyat mazmuni soxtalashadi29.
Tasviriy usulda tarjima qilish. Muayyan frazeologik birlikni goho na ekvivalent, na muqobil variant va na kalka yordamida o‘girishning imkoni topiladi. Bunday hollarda san’atkorlar noiloj tarjima amaliyotining tasviriy usuliga murojaat qiladilarki, mazkur usul yordamida birliklar ma’nolari erkin ma’nodagi so‘z yoki so‘z birikmalari vositasida tushuntirib qo‘yaqolinadi. Ushbu holatlarda asliyatdagi frazeologik birliklar tarkibida mujassamlashgan uslubiy vazifalarning qayta yaratilishi haqida so‘z bo‘lishi mumkin emas. Ushbu holatlarda bayon etilgan fikrning ta’sir kuchi pasayadi, aniq va siqiqligi yo‘qoladi. Bu esa o‘z navbatida asliyat matni badiiy qiymatining pasayishiga olib keladi. Chunonchi, «To make a mountain out of a molehill» birligi o‘zining sinonimi «to exaggerate» so‘zidan, «Silent as the grave» birligi «silent» so‘zidan o‘zlarining obrazliliklari bilan fark kiladilar. Bas shunday ekan, inglizcha «to exaggerate» so‘zini o‘zbek tiliga lug‘aviy ekvivalenti «bo‘rttirib yubormoq», «silent» «jim» so‘zlari orqali tarjima kilish mumkin bo‘lgani holda, yuqorida keltirilgan frazeologik birliklarni o‘zbekchaga «bo‘rttirib yubormoq», «jim» kabi uslubiy betaraf so‘zlar vositasida tarjima qilish inglizcha birliklarda mujassamlashgan obrazlilikning so‘nishiga olib keladi. Mazkur iboralarni «Ninaday narsani tuyaday qilmoq» muqobil varianti xamda «Qabrday jim» kalkasi orkali tarjima qilishgina vazifaviy adekvatlikni yuzaga keltiradi30.
Ammo ba’zan asliyatda yaratilgan qo‘shimcha ma’lumotni tarjimada tasviriy yo‘l bilan ham qisman tiklash imkoniyati mavjud. Bu, bir tomondan, badiiy nutq tarkibida deyarli barcha ma’nodor lisoniy vositalarning estetik-ta’sirchanlik kasb etishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ko‘p qo‘llanilish oqibatida ayrim frazeologik birliklar obrazli-ta’sirchanlik xususiyatining ma’lum darajada nursizlanib qolishiga vobastadir.
Maqol va matallarda og‘zaki xalq ijodining boshqa janrlari singari u yoki bu xalq necha asrlardan buyon yashab kelayotgan va duch kelayotgan barcha narsa o‘z ifodasini topadi. Bu yerda mehnat anjomlaridan tortib kiyimlargacha butun bir etnografik realiyalar to‘plami, geografik muhitning atroflicha xarakteristikasi – landshafti, iqlimi, hayvonot va o‘simlik dunyosi; Janr (fransuzcha genre - „koʻrinish“) - shakliy va tarkibiy xususiyatlar majmui bilan tavsiflanuvchi asar turi.
| Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi. |
o‘tib ketgan voqealar hamda taniqli tarixiy shaxslar haqida xotiralar, qadimgi diniy qarashlarning sadosi va jamiyat tuzilishining zamonaviy batafsil tasviri shular jumlasidandir31.
Madaniyat, til, din jihatidan bir-biridan tubdan farqlanuvchi xitoy va o‘zbek tillarida ma’nosi mushtarak maqol va matallar ham ko‘p. Shu o‘rinda muqobili mavjud bo‘lmaganlari ham bor. Masalan, 八字没一撇 ba zi mei yi pie – “sakkiz iyeroglifining hali bir qaytarma imlo chizig‘i yo‘q”32 matalini “ishning endigina boshlanib, hali mohiyati yo‘qligi”ni ifodalaydi. Ma’lumki xitoy tili yozuvi piktografik yozuvga asoslangan bo‘lib, 5000 yillik iyeroglifik tizimiga egadir. Xitoy iyerogliflari kalitlardan, kalitlar esa o‘z o‘rnida imlo chiziqlardan tashkil topgan. Asosiy imlo chiziqlari 11 tadan iborat bo‘lib, ularning har birining nomlanishi bor. Yuqoridagi iboraning komponentlaridan bo‘mish “撇 pie” so‘zi ana shu asosiy imlo chiziqlardan biri – chap tomonga qaytarma chiziqni anglatadi33.
4. XULOSA
Mazkur ishning mazmunini mujassamlashtiruvchi quyidagi xulosalarni keltirishimiz mumkin:
-
Frazeologizmlar bu so‘zlar birikmasi bo‘lib, to‘la yoki qisman qayta anglangan komponentlar bilan alohida-shakllangan yasalmalardir.
-
Xitoy tilida frazeologik birliklarning quyidagi turlari mavjud: 惯用语 guanyongyu – «ko‘p qo‘llanadigan jumla» (uch iyeroglifliklar), 成语 chengyu – «turg‘un iboralar» (to‘rt iyeroglifliklar), 谚语 yanyu – «maqol», 俗话 suhua – «matal».
-
Frazeologik birliklarning bir tildan ikkinchi tilga asosan to‘rt xil yo‘l bilan tarjima qilinadi: asliyat tilidagi birlikma komponentlar tarkibi, grammatik qurilishi hamda ma’no va uslubiy vazifasi mos ekvivalentlar, boshqa xossalari farq qilgani holda, ma’no va uslubiy vazifasi o‘xshash muqobil variantlar, kalka usulida va tasviriy yo‘sinda tarjima qilinadilar.
-
Muvofiqlikning yo‘qligi – asl tildagi frazeologik birlikning tarjima tilidagi ekvivalentlarining umuman uchramasligi va mazkur birliklar tarkibida asl tilga mansub (ekvivalentsiz leksik birikmalar) realiyalarning uchrashidir.
-
Frazeologik lug‘atlar tarjimonga asliyatda qo‘llangan ibora, maqol, matallar uchun yanada muvaffaqiyatli funksional muqobillar tanlashiga yordam beradi. Lekin ikki tilli lug‘atlarda har doim ham iboralarning aniq ekvivalenti berilmaydi.
-
Ekvivalentsiz frazeologik birliklarni tarjima qilishning quyidagi usullari mavjud: muqobil variantlar yordamida tarjima qilish, kalka usulida tarjima qilish, tasviriy usulda tarjima qilish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:
-
Karimov I.A.Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi) Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. – T.: O‘zbekiston, 2000.
-
徐宗才,应俊玲。外国人说熟语:汉英对照。- 北京:北京语言大学出版社,2005.
-
现代汉语词典。– 北京:商务印书馆,2005年。
-
Akimov T., Kiraubayev J. Xitoycha-o‘zbekcha-ruscha frazeologik lug‘at. – T.: Fan va texnologiyalar markazining bosmaxonasi, 2002.
-
Большой энциклопедический словарь. Языкознание. – М.: Большая Российская энциклопедия, 1998.
-
Верещагин Е.М., Костомаров В.Г. Язык и культура. – М.: 1973.
-
Musayev Q. Tarjima nazariyasi asoslari. – T.: O‘zbekiston, 2005.
-
Пермяков Г.Л. Основы структурной паремиологии. – М.: Наука, 1998.
-
Sirojiddinov Sh., Odilova G. Badiiy tarjima asoslari. – T.: Mumtoz so‘z, 2011.
-
Федоров А.В. Основы обшей теории перевода (лингвистические проблемы). – М.: Филология ТРИ, 2002.
-
Щичко В.Ф.. Китайский язык. Теория и практика перевода. – М.: Восточная книга, 2010.
-
G‘ofurov I., Mo‘minov O., Qambarov N. Tarjima nazariyasi. – T.: Tafakkur bo‘stoni, 2012.
|