Ekvivalentsiz frazeologizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari




Download 46.3 Kb.
bet3/9
Sana10.04.2017
Hajmi46.3 Kb.
#3726
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2. Ekvivalentsiz frazeologizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari

Tarjimashunos olimlar asl tildagi frazeologik birliklarni guruhlarga bo‘lib tarjima tiliga o‘girishni tavsiya etgan guruhlardan uchinchisi muvofiqlikning yo‘qligi bo‘lib, muvofiqlikning yo‘qligi – asl tildagi frazeologik birlikning tarjima tilidagi ekvivalentlarining umuman uchramasligi va mazkur birliklar tarkibida asl tilga mansub (ekvivalentsiz leksik birikmalar) realiyalarning uchrashidir.

Zamonaviy xitoy tilida kelib chiqishi “西游记”xi you ji “G‘arbga sayohat” asariga borib taqaluvchi “火眼金睛” huo yan jin jing iborasi mavjud. Asarning yettinchi bo‘limida maymunlar podshosi Sun Ukunni “sakkiz trigramma pechi”ga o‘tqazib qo‘yishganidan so‘ng, uning osmon saroyida to‘s-to‘polon uyushtirganligi haqida yozilgan. Shu pechda toblanish natijasida Sun Ukunning ko‘zlari o‘t va tutundan qizarib ketib, afsun bilan boshqa tusga kira oladiganlarning hiyla-nayranglarini farqlay olish qobiliyatiga ega bo‘lib qoladi. Mazkur ekvivalentsiz frazeologizmning ko‘chma ma’nosini “hushyor ko‘zlar” tarzida ifodalash mumkin9.

Har xil tillarda ko‘p frazeologik birliklarning frazeologik moslashuvi mavjud emas. Ular realiyadir. Realiyalar leksik birlik bo‘lib, insonlar hayotidagi milliy urf-odatlar va ularga xos bo‘lgan hodisalarni anglatadi10.

Asliyatdagi so‘zga umuman biror-bir muvofiq so‘zning topilmasligi bu haqiqiy muqobilsizlik hidisasidir. Mazkur hodisa nisbatan kam uchraydi. U asosan asliyatdagi so‘z boshqa xalqning xo‘jaligida va tushunchalarida muqobili mavjud bo‘lmagan asl mahalliy hodisani ifodalagan holda yuzaga keladi. Bunda so‘zlar milliy xos realiyalar mavzusi doirasida keng o‘rganiladi11.

Muqobili yo‘q leksikaning aniqlanishi Ye.M.Vereshagin va V.G.Kostomarovning “Til va madaniyat” risolasida shunday ta’riflanadi: “O‘zga madaniyat va o‘zga tilda mavjud bo‘lmagan tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiluvchi so‘zlar, xususiy madaniyatga, ya’ni faqat A madaniyatga xos bo‘lib, B madaniyatda mavjud bo‘lmagan madaniy unsurlarga mansub so‘zlar, shuningdek, o‘zga tilda bir so‘z bilan tarjimasi mavjud bo‘lmagan, asliyatdagi til chegarasidan tashqarida muqobili mavjud bo‘lmagan so‘zlardir”12.

Xitoy tilida ham bunday so‘zlar, ya’ni xitoy madaniyati, tarixi, etnografiyasida ham shunday realiyalar mavjudki, ularni boshqa tillarga tarjima qilishda izoh talab qiladi. Masalan, 进士 jinshi – jinshi (kejyuy davlat tizimidagi oliy ilmiy daraja), 旗袍 qipao – chipao (xitoy ayollari milliy kiyimi). Ikkinchi so‘z chipao so‘zi xitocha-ruscha lug‘atlarda “xitoycha ayollar xalati” deb tarjima varianti beriladi. Lekin mazkur kiyim turi aslo xalat emas, xalat usulida tikilgan kiyim ham emas. Shu tufayli bu so‘zni realiya sifatida “chipao” deb tarjimada berish va unga iqtibos berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Asliyatda ifodalangan fikrni aks ettira oladigan birlikning na ekvivalent va na o‘xshashi bo‘lganda, frazeologik birlik shaffof bo‘lmasa, kalkalash usulidan foydalanishning iloji bo‘lmaganda, turg‘un frazeologik birliklar tasviriy yo‘l bilan tarjima qilinadi. Tasviriy usul erkin ko‘chma ma’noga asoslanmagan frazeologik birliklarni qo‘llashni talab etadi: “a skeleton in the cup” – “oila siri”, “in a whole skin” – “bekamu-ko‘st, soppa-sog‘, sog‘-salomat, beziyon” va shu kabilar13.

Bunga xitoy tilida misol keltiradigan bo‘lsak, “海枯石烂 hai ku shi lan”(so’zma-so’z. dengizlar qurib, toshlar chirib ketmagunicha) – “abadiy to abad”, “平地风波 pingdi feng bo” (tekis yerda to‘lqin) – “to‘satdan” va h.k.

Xitoy tilidagi muayyan bir kontekstli ayrim iboralar o‘zining dastlabki ifodali asosini yo‘qotishi va umuman boshqasiga ega bo‘lishi ham mumkin. Masalan, bir gazeta sarlavhasi shunday nomlangan: “发展小城镇莫唱“空城计”” Fazhan xiao cheng zhen mo chang “kongchengji” – “kichik shahar va qishloqlarni rivojlantirishda ularni bo‘shatib qo‘yib bo‘lmaydi”. Maqolaning mazmuni hozirda Xitoyning ayrim hududlarida dehqonlar uchun yangi istiqomatgohlar qurilishida hech qanday ishlab chiqarish infrastrukturasi yaratilmayotganligi, faqatgina sharning tashqi qiyoqasi, ya’ni maydon, istirohatgoh va ko‘chalarga e’tibor berilayotganligidan iborat. “空城计” kong cheng ji – “bo‘sh shahar taktikasi” frazeologizmi asosida “Uch podsholok ” asaridagi bir hikoya yotadi. Hikoyaga ko‘ra, bir shaharning istilo etilishida mashhur lashkarboshi Zhuge Lyang dushman qaytara oladigan qo‘shinga ega bo‘lmasdan ham hech sarosimaga tushmagan. U shahar darvozalarini btunlay ochib qo‘yishni buyuribdi, o‘zi esa shahar devoridagi minoraga chiqib olib ud chala boshlabdi. Dushman askarlari shahar ichida ularni pistirma kutib turibdi deb o‘ylab, ortga chekinibdi. Shundan beri “唱空城计” chang kong cheng ji iborasi “raqibni adashtirish maqsadidagi nayrang” ma’nosida qo‘llaniladi. Maqolada esa mazkur ibora umuman boshqa, “ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lmaslik jihatidan bo‘sh shahar” ma’nosida ishlatilgan. Bu frazeologizmning yangi “bo‘sh, bo‘shlik” ma’nosi barcha lug‘atlarda ham qayd qilinmagan, balki faqat 2002 yili chop etilgan Li Singjiyen taxriri ostidagi “Zamonaviy xitoy tili iboralarining me’yoriy lug‘ati” da ko‘rsatilgan. Mazkur misolda shuni anglatadiki, xitoycha ikki tilli lug‘atlarda har doim ham iboralarning aniq ekvivalenti berilmaydi. Shu tufayli tarjimon doim bir tilli xitoycha lug‘atlardagi izohlardan foydalanishga tayyor turishi kerak va shu bilan birga kontekstni ham inobatga olishi lozim14.





Download 46.3 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 46.3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekvivalentsiz frazeologizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari

Download 46.3 Kb.