Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti




Download 46.3 Kb.
bet7/9
Sana10.04.2017
Hajmi46.3 Kb.
#3726
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tasviriy usulda tarjima qilish. Muayyan frazeologik birlikni goho na ekvivalent, na muqobil variant va na kalka yordamida o‘girishning imkoni topiladi. Bunday hollarda san’atkorlar noiloj tarjima amaliyotining tasviriy usuliga murojaat qiladilarki, mazkur usul yordamida birliklar ma’nolari erkin ma’nodagi so‘z yoki so‘z birikmalari vositasida tushuntirib qo‘yaqolinadi. Ushbu holatlarda asliyatdagi frazeologik birliklar tarkibida mujassamlashgan uslubiy vazifalarning qayta yaratilishi haqida so‘z bo‘lishi mumkin emas. Ushbu holatlarda bayon etilgan fikrning ta’sir kuchi pasayadi, aniq va siqiqligi yo‘qoladi. Bu esa o‘z navbatida asliyat matni badiiy qiymatining pasayishiga olib keladi. Chunonchi, «To make a mountain out of a molehill» birligi o‘zining sinonimi «to exaggerate» so‘zidan, «Silent as the grave» birligi «silent» so‘zidan o‘zlarining obrazliliklari bilan fark kiladilar. Bas shunday ekan, inglizcha «to exaggerate» so‘zini o‘zbek tiliga lug‘aviy ekvivalenti «bo‘rttirib yubormoq», «silent» «jim» so‘zlari orqali tarjima kilish mumkin bo‘lgani holda, yuqorida keltirilgan frazeologik birliklarni o‘zbekchaga «bo‘rttirib yubormoq», «jim» kabi uslubiy betaraf so‘zlar vositasida tarjima qilish inglizcha birliklarda mujassamlashgan obrazlilikning so‘nishiga olib keladi. Mazkur iboralarni «Ninaday narsani tuyaday qilmoq» muqobil varianti xamda «Qabrday jim» kalkasi orkali tarjima qilishgina vazifaviy adekvatlikni yuzaga keltiradi30.

Ammo ba’zan asliyatda yaratilgan qo‘shimcha ma’lumotni tarjimada tasviriy yo‘l bilan ham qisman tiklash imkoniyati mavjud. Bu, bir tomondan, badiiy nutq tarkibida deyarli barcha ma’nodor lisoniy vositalarning estetik-ta’sirchanlik kasb etishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ko‘p qo‘llanilish oqibatida ayrim frazeologik birliklar obrazli-ta’sirchanlik xususiyatining ma’lum darajada nursizlanib qolishiga vobastadir.

Maqol va matallarda og‘zaki xalq ijodining boshqa janrlari singari u yoki bu xalq necha asrlardan buyon yashab kelayotgan va duch kelayotgan barcha narsa o‘z ifodasini topadi. Bu yerda mehnat anjomlaridan tortib kiyimlargacha butun bir etnografik realiyalar to‘plami, geografik muhitning atroflicha xarakteristikasi – landshafti, iqlimi, hayvonot va o‘simlik dunyosi; o‘tib ketgan voqealar hamda taniqli tarixiy shaxslar haqida xotiralar, qadimgi diniy qarashlarning sadosi va jamiyat tuzilishining zamonaviy batafsil tasviri shular jumlasidandir31.

Madaniyat, til, din jihatidan bir-biridan tubdan farqlanuvchi xitoy va o‘zbek tillarida ma’nosi mushtarak maqol va matallar ham ko‘p. Shu o‘rinda muqobili mavjud bo‘lmaganlari ham bor. Masalan, 八字没一撇 ba zi mei yi pie – “sakkiz iyeroglifining hali bir qaytarma imlo chizig‘i yo‘q”32 matalini “ishning endigina boshlanib, hali mohiyati yo‘qligi”ni ifodalaydi. Ma’lumki xitoy tili yozuvi piktografik yozuvga asoslangan bo‘lib, 5000 yillik iyeroglifik tizimiga egadir. Xitoy iyerogliflari kalitlardan, kalitlar esa o‘z o‘rnida imlo chiziqlardan tashkil topgan. Asosiy imlo chiziqlari 11 tadan iborat bo‘lib, ularning har birining nomlanishi bor. Yuqoridagi iboraning komponentlaridan bo‘mish “撇 pie” so‘zi ana shu asosiy imlo chiziqlardan biri – chap tomonga qaytarma chiziqni anglatadi33.





Download 46.3 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 46.3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti

Download 46.3 Kb.