Muqobil variantlar yordamida tarjima qilish




Download 46.3 Kb.
bet5/9
Sana10.04.2017
Hajmi46.3 Kb.
#3726
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Muqobil variantlar yordamida tarjima qilish. Tarjima tilida asliyatda qo‘llanilgan frazeologik birlikka ekvivalent frazeologizm topilmagan taqdirda, adekvatlik ko‘p xollarda muqobil variantlar yordamida amalga oshiriladi. Ma’no va uslubiy vazifa jihatlaridan mos ikki til frazeologik birliklari qator hollarda bir-birlaridan leksik tarkibda yo butunlay, yoki tayanch komponentlaridan boshqa unsurlarda farq qiladilar. Bunday frazeologik birliklar o‘zaro muqobillik munosabatida bo‘ladi16.

Masalan, 开夜车 kai ye che – tunni bedorlikda o‘tkazmoq (so’zma-so’z. tungi mashina haydamoq)

Frazeologik lug‘atda 难兄难弟 nan xiong nan di iborasi o‘zbek tilidao‘xhsatmasdan uchratmas”, rus tilida esa “dva sapoga para”17 tarzida tarjima qilingan. Agar so‘zma-so‘z tarjima qiladigan bo‘lsak “bir-biriga munosib aka-uka” shaklidagi ijobiy ohanggi kuchliroq ma’no namoyon bo‘ladi. Iboraning o‘zbek tilidagi muqobilida esa neytral ma’noni kuzatish mumkin.

Muqobil variantlar tarjimada bir-birlarini bemalol almashtiraveradilar. Chunki mazkur birliklar tarkiblarida ularning o‘zaro almashinuvlariga halal beradigan milliy xususiyatli so‘zlar uchramaydi18.

«欲速则不达 yu su ze bu da»19 (so’zma-so’z. tez bo‘lishini istab yetisha olmaslik), «Shoshgan qiz erga yolchimas» va «Поспешиш – людей насмешиш» birliklarining uchalasida ham bir xil xususiyat - shoshqaloqlik tanqid qilinadi. Yoki yana bir boshqa misol, “有其父必有其子 you qi fu bi you qi zi20 (so’zma-so’z. otasi qanday bo‘lsa bolasi shunday bo‘ladi), “Onasini ko‘rib qizini ol”, “Яблоко от яблони далеко не падает” frazeologik birikmalarning leksik komponentlari turli bo‘lsada uslubiy vazifasi bir. Mazkur vositalar bir-birlarining ma’no va uslubiy vazifalarini to‘la qoplay oladilar.

Ma’lumki, frazeologik birliklar odatda hayotiy kuzatishlar zaminida paydo bo‘ladi. Xalqlarning moddiy dunyoni tasavvur etishida esa o‘xshashlik ko‘zga tashlanadi. Ammo hech bir tilda frazeologik birliklar ob’yektiv borliqning barcha jabhalarini qamrab ola olmaydi. Masalan, muayyan tushunchani obrazli yoki his-hayajonli ifoda etadigan bir til frazeologik birligi o‘zga til frazeologiyasi tizimida o‘zining muvofiq ekvivalentiga yoki muqobil variantiga ega bo‘lmasligi mumkin. Agar ba’zan asliyat va tarjima tillarida mavjud bo‘lgan ayrim frazeologik birliklar mazmuniy-uslubiy jihatdan bir-birlariga mos kelsalar-da, ular ochiq-oydin ko‘zga tashlanib turadigan milliy bo‘yoqqa ega bo‘ladilarki, bu xususiyati ularning tarjimada bir-birlarini almashtirishlariga yo‘l qo‘ymaydi21.





Download 46.3 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 46.3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muqobil variantlar yordamida tarjima qilish

Download 46.3 Kb.