Kalka usulida tarjima qilish




Download 46.3 Kb.
bet6/9
Sana10.04.2017
Hajmi46.3 Kb.
#3726
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kalka usulida tarjima qilish. Agar asliyat tarkibidagi frazeologizm ichki mazmuni va obrazli asosi mantiqiy zaminga ega bo‘lib, bu asos ochiq-oydin ko‘zga tashlanib tursa, shu bilan birga kishilarning hayotiy tajribalari negizida yaratilgan bo‘lsa, bunday frazeologizm qator hollarda kalka usulida tarjima qilinadiki, bunday holda tarjima tilida tegishli frazeologik birlikning nafaqat mazmuniy-uslubiy xususiyati, balki milliy o‘ziga xosligi, ijtimoiy-madaniy xossasi ham qayta yaratiladi. Bunday paytlarda asliyat frazeologizmining shakl va mazmun birligi to‘la tiklanadi, kitobxonning asliyat va uning tili haqidagi tasavvuri boyiydi, asliyat yaratilgan xalq tilida foydalanilgan barqaror uslubiy priyomlar va badiiy-tasviriy vositalar, ba’zan esa muallifning o‘ziga xos ijodiy uslubi haqidagi tushunchasi kengayadi22.

Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan kalka, harfxo‘rlikka olib boruvchi so‘zma-so‘z tarjimadan farqli o‘laroq, asliyatnint shakl va mazmun birligini ijodiy qayta yaratish bilan bir qatorda ona tili lug‘at tarkibining boyish jarayoniga ham o‘zining munosib ulushini qo‘shadi23.

Masalan, 井底之蛙 jing di zhi wa – quduq tagidagi baqa. Qudiq ostidagi qurbaqa yuqoriga qaraganida osmonning bir parchasinigina ko‘radi. Shu tufayli xitoy tilida bu ibora tor dunyoqarashli kishilar uchun qo‘llaniladi24.

善有善报,恶有恶报 shan you shan bao, e you e bao – “Yaxshilikka yaxshilik, yomonlikka yomonlik”25.

Ma’lumki, frazeologik birliklar odatda hayotiy kuzatishlar zaminida paydo bo‘ladi. Xalqlarning moddiy dunyoni tasavvur etishida esa o‘xshashlik ko‘zga tashlanadi. Ammo hech bir tilda frazeologik birliklar ob’ektiv borliqning barcha jabhalarini qamrab ola olmaydi. Masalan, muayyan tushunchani obrazli yoki his-hayajonli ifoda etadigan bir til frazeologik birligi o‘zga til frazeologiyasi tizimida o‘zining muvofiq ekvivalentiga yoki muqobil variantiga ega bo‘lmasligi mumkin. Agar ba’zan asliyat va tarjima tillarida mavjud bo‘lgan ayrim frazeologik birliklar mazmuniy-uslubiy jixatdan bir-birlariga mos kelsalarda, ular ochiq-oydin ko‘zga tashlanib turadigan milliy bo‘yoqqa ega bo‘ladilarki, bu xususiyati ularning tarjimada bir-birlarini almashtirishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday holda ko‘proq tarjima amaliyotining kalka, ya’ni so‘zma-so‘z tarjima usuliga murojaat qilinadi. Bu yo‘l vositasida tarjima tilida hosil qilingan birikma iboraviy shakl kasb etib, tabiiy jaranglasa, nazarda tutilgan ma’no va uslubiy vazifani aks ettira oladi. Bunday paytda nafakat adekvatlik ta’minlanadi, balki tarjima tili lug‘at tarkibining boyishi uchun ham imkoniyat vujudga keladi26. Masalan,

丢面子 diu mianzi – uyalib qolmoq, sharmanda bo‘lmoq (so`zma-so`z. yuzini yo‘qotmoq).

说空话 shuo konghua – safsata so‘zlamoq (so`zma-so`z. bo‘sh gap gapirmoq).

没事找事 mei shi zhao shi – o‘ziga o‘zi muammo tug‘dimoq (so`zma-so`z. muammo yo‘g‘ida muammo izlamoq)27.

Ibora ma’nosi bevosita tarkibidagi komponentlariniig ma’nolaridan kelib chiqmaydigan frazeologik chatishmalar, shuningdek, o‘zi mansub bo‘lgan xalq milliy xususiyatini aks ettiradigan boshqa iboralar kalka qilinmaydi. Tarkiblarida etnografik tushunchalar nomlari, leksik va semantik arxaizmlar mavjud, shuningdek, millat tarixi, xalq turmushi va uning diniy va e’tiqodi bilan bog‘liq so‘zlar qo‘llanilgan frazeologik birliklar xam kalka qilinmaydi28. Tarjima tilida tegishli adekvat vositalarning yo‘qligi bunday birliklarni tasviriy usulda talqin etish zaruratini keltirib chiqaradi. Ammo ba’zan tarjima tilida asliyat birliklarining ekvivalent yoki muqobil variantlari mavjud bo‘lgan taqdirda ham tarjimonlar mazkur usulga murojaat qiladilar, natijada asliyatning zaruriy kommunikativ ta’sirchanligi hamda obrazliligi xiralashadi, goho esa asliyat mazmuni soxtalashadi29.



Download 46.3 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 46.3 Kb.