• 1. Frazeologizmlar va ularni tarjima qilish usullari xususida
  • Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti




    Download 46.3 Kb.
    bet2/9
    Sana10.04.2017
    Hajmi46.3 Kb.
    #3726
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    TOShKENT – 2014

    REJA

    1. Frazeologizmlar va ularni tarjima qilish usullari xususida

    2. Ekvivalentsiz frazeologizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari

    3. O‘zbek tilida ekvivalenti yo‘q xitoy tilidagi frazeolgizmarning tarjimada berilish usullari

    4. Xulosa

    1. Frazeologizmlar va ularni tarjima qilish usullari xususida

    Frazeologizm (frazeologik birlik) – bu semantik jihatdan bog‘langan so‘z birikmalar va gaplarning umumiy nomlanishi bo‘lib, shaklan o‘xshash bo‘lgan sintaktik strukturalardan farqli ular ular fikrni tashkil etishda so‘zlar tanlanishi va ularning kombinatsiyasining umumiy qonuniyatlariga muvofiq amalga oshirilmaydi, balki nutqda belgilangan semantik struktura va muayyan leksik-grammatik tarkibning o‘zaro munosabati bilan aks ettiriladi1.

    Syuy Zongcai, Ying Jyunling, tarjima nuqtai nazaridan qiziqish tug‘diruvchi xitoy tilida quyidagi frazeologizm turlarini ajratib ko‘rsatadi:


    • 惯用语 guanyongyu – «ko‘p qo‘llanadigan jumla» (uch iyeroglifliklar);

    Masalan, 过日子 guo rizi – hayot kechirmoq, 打光棍 da guanggun - bo‘ydoq bo‘lmoq

    • 成语 chengyu – «turg‘un iboralar» (to‘rt iyeroglifliklar);

    Masalan, 一意孤行 yiyi gu xing - o‘zboshimchalik bilan harakat qilmoq, 如鱼得水 ru yu de shui – suvdagi baliqday.

    • 俗语suyui – «maqol va matal» (谚语 yanyu – «maqol», 俗话 suhua – «matal»).

    工欲善其事,必先利其器Gong yu shan qi shi, bi xian li qi qi – Ishingni uddalamoqchi bo‘lsang, asboblaringni qayrab ol2.

    Tarjima nazariyasi bo‘yicha nashr etilgan adabiyotlarda frazeologik birikmalarni tarjima qilishning to‘rtta usuli borligi haqida ma’lumot beriladi (Qarang: L.Barxudarov, V.Komissarov, Fiterman, Leviskaya, O.Petrova va boshqalar). Ular quyidagilardan iborat:

    1) Obrazni qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlash;

    2) Obrazni qisman o‘zgartirish;

    3) Obrazni butunlay boshqa obraz bilan almashtirish;

    4) Tarjimada obrazni butunlay saqlamaslik yoki uni tushirib qoldirish3.

    Frazeologik birliklarning bir tildan ikkinchi tilga asosan to‘rt xil yo‘l bilan tarjima qilinishi Q.Musayevning ishlarida ham ko‘rsatiladi. Unga ko‘ra, asliyat tilidagi birlikma komponentlar tarkibi, grammatik qurilishi hamda ma’no va uslubiy vazifasi mos ekvivalentlar, boshqa xossalari farq qilgani xolda, ma’no va uslubiy vazifasi o‘xshash muqobil variantlar, kalka usulida va tasviriy yo‘sinda tarjima qilinadilar4.

    Sharafiddinov ishlarida esa frazeologizmlarning asl tildagi frazeologik birliklarni quyidagicha uch guruhga ajratib o‘rganishni va tarjima tiliga o‘girishni tavsiya etiladi (bularni misollar bilan ko‘rib chiqsak):



    1. Butunlay muvofiqlik;

    远亲不如近邻 Yuan qin bu ru qin lin. – Yaqindagi qo`shni uzoqdagi qarindoshdan yaxshi.

    1. Qisman muvofiqlik;

    牛犊不怕老虎 Niudu bu pa laohu. – Buzoq yo‘lbarsdan qo‘rqmas.

    Mazkur maqolning o‘zbek tilida qisman muvofiq muqobili ham bor: Zag‘izg‘on bo‘ridan qo‘rqmas. Yoki yana bir misol:

    嘴甜辛苦 zui tian xin ku (so’zma-so’z. tili shirin, dili achchiq) “tili boshqa, dili boshqa”, “на языке мёд, а на сердце лёд” iboralarining ham ikkinchi komponenti boshqa so‘zlar bilan ifodalangan bo‘lsada shaklan qisman muvofiq keladi.


    1. Muvofiqlikning yo‘qligi (yoki nomuvofiqlik)5.

    此地无银三百两 ci di wu yin san bai liang – bu yerda 302 kumush tanga yo‘q6. Mazkur ibora biror sirni yashiraman deb, aksincha oshkor qilib qo‘yishni ifodalashda qo‘llaniladi. Bu iborinaning kelib chiqish hikoyasini bilmaganlar, ibora ma’nosini butkul anglamaydilar. Xitoy xalqi orasida shunday hikoya keng tarqalgan, bir kishi yerga 302 ta kumush tanga ko‘mib qo‘yibdi va hech kim pulni o‘g‘irlab ketmasligi uchun “bu yerda 302 ta kumush tanga yo‘q” deb yozilgan taxtani o‘rnatib ketibdi. Uning qo‘shnisi yozuvni o‘qib kumush tangalarni kavlab olibdi va u ham taxtaga: “Tangalarni qo‘shnisi Vang Er o‘g‘irlamagan”, - deb yozib qo‘yibdi. Shu tariqa o‘g‘ri topilibdi.

    Mazkur iboraga “Xitoycha-o‘zbekcha-ruscha frazeologik lug‘at”da “ko‘rga hassa bo‘lib turgan narsani ko‘rmaslik”7 degan tarjima varianti keltirilgan. “Frazeologik birliklar ekvivalentsiz leksikani berish usullaridan hisoblangan so‘zma-so‘z tarjima, analogik tarjima, izohli tarjima usullari yordamida tarjima qilinishi mumkin”8, - deb yozadi tarjimashunos Shuhrat Sirojiddinov. Iboraning yuzaga kelish hodisasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bunday tarjima noo‘rindir. Bu yerda izohlash usuli yordamida “o‘z sirini o‘zi oshkora qilib qo‘yishi” tarzida berishimiz maqsadga muvofiq.





    Download 46.3 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 46.3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti

    Download 46.3 Kb.