O‘zbekiston respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya




Download 0,55 Mb.
bet4/18
Sana14.05.2024
Hajmi0,55 Mb.
#232176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
STO\'A qarshilik termometri

n
bu yerda t va t —oson tiklanadigan o‘zgarmas haroratlar: n — t , t tayanch nuqtalar orasidagi harorat oralig‘i bo‘linadigan butun son.
Harorat shkalasining tenglamasi:


t t' v v'  (t''t') (6)
v''v'
















NDKTU KI 60711400. 2024 y

Varoq
















O’lch

Varaq

Hujjat

Imzo

Sana







bu yerda, t' va t" — moddannng tayanch nuqtalari (760 mm sim. ust. bosimida va og‘irlik kuchining 980, 665 sm/s2 tezlanishida muzning erish va suvning kaynash haroratlari); υ' va υ"—t', t" haroratlardagi moddaning (suyuqlikning) hajmi; υ — t haroratdagi moddaning (suyuqlikning) hajmi.


Tabiatda hajmiy kengayishi va harorati chiziqli bog‘langan suyuqliklar bo‘lmaydi. Shuning uchun, haroratlarning ko‘rsatishi termometrga solinadigan moddaning (simob, spirt va boshqalar) tabiatiga bog‘liq. Fan va texnikaning rivojlanishi bilan termometrga solinadigan moddaning bironta xususiyati bilan bog‘lanmagan yagona harorat shkalasini yaratish zarurati paydo bo‘ladi. 1848 yilda ingliz fizigi Kelvin termodinamikaning ikkinchi qonuni asosida yangi harorat shkalasini tuzishni taklif qildi. Termodinamik haroratlar shkalasining tenglamasi:
T Q *100% (7)
Q100 Q0

bu yerda, Q100 va Q0 — suvning qaynash va muzning erish haroratlariga mos issiqlik mikdorlari; Q — T haroratga mos issiqlik mikdori.


O‘lchov va vaznlar bo‘yicha 1960 yilda o‘tkazilgan XI xalqaro konferensiya qarorlarida ikki harorat shkalasi: Kelvin gradusi (0K) o‘lchov birligi bilan o‘lchanadigan termodinamik shkala va Selsiy gradusi (°S) o‘lchov birligi bilan o‘lchanadigan xalqaro amaliy shkalalarning qo‘llanishi ko‘zda tutilgan. Kelvin termodinamik shkalasidagi pastki nuqta — mutlaq nol nuqta (K) bo‘lib, yagona. eksperimental asosiy nuqta esa suvning uchlik nuqtasidir. Bu nuqtaning son qiymati 273,15 0K. Suvning muz, suyuq, gaz fazalaridagi muvozanat nuqtasi bo‘lgan suvning uchlik nuqtasi muz erish nuqtasidan 0,01 K yuqoriroq turadi. Termodinamik harorat T harfi bilan son qiymatlari esa 0K bilan ifodalanadi.
Amaliy o‘lchashlarda ishlatiladigan xalqaro amaliy harorat shkalasi termodinamik shkala ko‘rinishida ishlangan. Bu shkala kimyoviy toza moddalarning bir qadar oson tiklanadigan o‘zgarmas qaynash va erish nuqtalari asosida tuzilgan. Ularning sonli qiymati gazli termometrlar orqali aniqlangan bo‘lib, xalqaro amaliy harorat shkalasi o‘lchov va vaznlar bo‘yicha o‘tkazilgan XI umumiy konferensiyada qabul qilingan.
Xalqaro amaliy shkala bo‘yicha o‘lchanadigan harorat t harfi bilan, sonli qiymati esa °S belgisi bilan ifodalanadi. Mutlaq termodinamik shkala bo‘yicha ifodalangan harorat bilan shu haroratning xalqaro shkala bo‘yicha ifodasi orasidagi munosabat quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
















NDKTU KI 60711400. 2024 y

Varoq
















O’lch

Varaq

Hujjat

Imzo

Sana







T=t+273,15 (8)


bu yerda, T — mutlaq termodinamik shkaladagi 0K harorat; t — xalqaro amaliy shkaladagi °S harorat.
Angliya va AQSh da 1715 yilda taklif qilingan Farengeyt shkalasi (°S) qo‘llanadi. Bu shkalada ikki nuqta: muzning erish nuqtasi (32° S) va suvning qaynash niqtasi (212° S) asos qilib olingan. Xalqaro amaliy shkala, mutlaq termodinamik shkala va Farengeyt shkalasi bo‘yicha hisoblangan harorat munosabati quyidagicha:

t0C=T0K-273,15=0,556(n0F-32) (9)


bu yerda, n — Farengeyt shkalasi bo‘yicha graduslar soni.


Hozir 1968 yilda qabul qilingan va 1971 yil 1 yanvardan majburiy joriy etilgan Xalqaro amaliy harorat shkalasi (MPTSh-68) qo‘llaniladi. MPTSh-68 haroratni 13,81 dan 6300° S gacha oraliqda o‘lchashni ta'minlaydi.
Zamonaviy termometriya o‘lchashning turli usul va vositalariga ega. Har bir usul o‘ziga xos bo‘lib, universallik xususiyatiga ega emas. Berilgan sharoitda optimal o‘lchash usuli o‘lchashga qo‘yilgan aniqlik sharti va o‘lchashning davomiyligi sharti, haroratni qayd qilish va avtomatik boshqarish zarurati yordamida belgilanadi.
Nazorat qilinadigan muhitlar tashqi sharoitni o‘zgartirganda fizik xossalarining turli agressivligi va turg‘unligi darajasi bilan suyuq, sochiluvchan, gazsimon yoki qattiq bo‘lishi mumkin.

O‘lchash natijasida, odatda, o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan farq qiladigan qiymati topiladi. Qo‘pincha, fizik kattalikning haqiqiy qiymati noma'lum bo‘ladi va shu kattalikning qiymati o‘rnida uning tajriba yordamida topilgan qiymatlaridan foydalaniladi. Bu qiymat kattalikning haqiqiy qiymatiga shuncha yakin bo‘ladiki ko‘zda tutilgan maqsad uchun undan foydalanish mumkin. Kattalikning o‘lchash usuli bilan topilgan qiymati o‘lchash natijasi deyiladi. O‘lchash natijasi bilan o‘lchanayotgan kattalikning haqikiy qiymati orasidagi farq o‘lchash xatoligi deyiladi. O‘lchanayotgan kattalik birliklarida ifodalangan o‘lchash xatoligi o‘lchashning mutlaq xatoligi deyiladi:


∆X=X-Xh (10)


bu yerda, ∆X — mutlaq xatolik; X—o‘lchash natijasi; Xh — o‘lchanayotgap kattalikning xakiqiy kiymati.


















NDKTU KI 60711400. 2024 y

Varoq
















O’lch

Varaq

Hujjat

Imzo

Sana







O‘lchash mutlaq xatoligining o‘lchanayotgan kattalikning hakiqiy qiymatiga nisbati o‘lchashning nisbiy xatoligi deyiladi.


O‘lchash xatoliklari ularning kelib chiqishi sabablariga ko‘ra muntazam, tasodifiy va qo‘pol xatoliklarga bo‘linadi.

Download 0,55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 0,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya

Download 0,55 Mb.