• 1.2 Haroratni o‘lchashning texnologik jarayondagi ahamiyati.
  • O‘zbekiston respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya




    Download 0,55 Mb.
    bet3/18
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #232176
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    STO\'A qarshilik termometri

    Birlashtirib o‘lchash bir necha bir nomli kattaliklarni bir vaqtda o‘lchashdan iboratki, unda izlangan kattaliklarning qiymatlari bevosita o‘lchashda hosil qilingan tenglamalar tizimidan topiladi.
    Bir vaqtda ikki yoki bir necha nomli turli kattaliklarni, ularning orasidagi funksional munosabatlarni topish uchun olib borilgan o‘lchashlar birgalikda o‘lchash deyiladi. Jumladan o‘lchash rezistorining 20°S dagi elektr qarshiligi va harorat koeffitsientlari uning qarshiligini turli haroratlarda bevosita o‘lchash ma'lumotlari bo‘yicha topiladi.
    O‘lchashlar yana mutlaq va nisbiy o‘lchashlarga bo‘linadi.
    Bitta yoki bir necha asosiy kattaliklarni fizik konstantalar qiymatlaridan foydalanib yoki foydalanmasdan bevosita o‘lchash mutlaqo‘lchash deb ataladi. Masalan, shtangensirkul yordamida bajarilgan o‘lchashlar mutlaq o‘lchashdir, chunki unda o‘lchanayotgan kattalik qiymatini bevosita olinadi.
    Biror kattalikning shu ismli birlik vazifasini bajarayotgan kattalikka nisbatini o‘lchash yoki kattalikni shu ismli birlik kattalik deb qabul qilingan kattalik bo‘yicha o‘lchash nisbiyo‘lchash deb ataladi. Masalan, haroratni termoelektr effektdan foydalanishga asoslangan o‘lchash yoki massani tortish usuli bilan, ya'ni massaga mutanosib bo‘lgan og‘irlik kuchidan foydalanish usuli bilan o‘lchash nisbiy o‘lchashdan iborat. Nisbiy o‘lchashdan katta aniqlik zarur bo‘lgan hollarda foydalaniladi.


    1.2Haroratnio‘lchashningtexnologikjarayondagiahamiyati.
    Harorat (lotincha temperature – me'yoriy holatdan siljish degan ma'noni anglatadi) tizimlarning termodinamik muvozanat holatini tavsiflovchi fizik kattalik bo‘lib, jismlarning isiganlik darajasini bildiradi. Deyarli barcha texnologik jarayonlar va moddalarning turli xossalari haroratga bog‘liq.
    Harorat — texnologik jarayonlarning muhim parametri bo‘lib, amalda ham past, ham yuqori haroratlar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Jismiing harorati molekulalarning issiqlik harakatidan hosil bo‘ladigan ichki kinetik energiyasi bilan belgilanadigan qizdirilganlik darajasi orqali xaraktzerlanadi. Haroratni o‘lchash amalda ikkalasidan birining qizdirilish darajasi ma'lum bo‘lgan ikki .jismning qizdirilishini taqqoslash yordamidagina mumkin bo‘ladi. Jismlarning qizdirilganlik
















    NDKTU KI 60711400. 2024 y

    Varoq
















    O’lch

    Varaq

    Hujjat

    Imzo

    Sana







    darajasini taqqoslashda ularning haroratga bog‘liq bo‘lgan va osongina o‘lchanadigan fizik xossalaridan birortasini o‘zgartirishdan foydalaniladi.


    Molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasi va ideal gaz harorati orasidagi bog‘lanish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:


    E 3 K T
    2 (4)
    bu yerda, K. — 1,380·10-23 J·K-1, — Bolsman doimiysi; T — jismning mutlaq harorati, 0K.
    Agar jismning harorati turlicha bo‘lsa, ular bir-biriga tegib turganida energiyalarning tenglashuvi ro‘y beradi: yuqoriroq haroratga va, demak, molekulalarining ko‘proq o‘rtacha kinetik energiyasiga ega bo‘lgan jism o‘z issiqligini (energiyasini) kamroq haroratga va, demak, molekulalarining kamroq o‘rtacha kinetik energiyasiga ega bo‘lgan jismga beradi. Shunday qilib, harorat issiqlik almashish, issiqlik o‘tkazish jarayonlarining ham sifat, ham mikdoriy tomonlarini xarakterlaydigan parametrdir. Ammo haroratni bevosita o‘lchash mumkin emas: uni jismning haroratga bir qiymatli bog‘liq bo‘lgan qandaydir boshqa fizik parametrlari bo‘yicha aniqlash mumkin. Haroratga bog‘liq parametrlarga masalan, hajm, uzunlik, elektr qarshilik, termoelektr yurituvchi kuch, nurlanishning energetik ravshanligi va hokazolar kiradi.
    Harorat o‘lchaydigan asbobni 1598 yilda Galiley birinchi bo‘lib tavsiya etgan.
    So‘ngra M. V. Lomonosov, Farengeytlar termometr ishlab chiqishgan.
    O‘lchanayotgan haroratning son qiymatini topish uchun haroratlar shkalasini o‘rnatish, ya'ni sanoq boshini va harorat oralig‘ining o‘lchov birligini tanlash lozim.
    Kimyoviy toza moddalarning oson tiklanadigan (asosiy reper va tayanch) qaynash va erish nuqtalari bilan chegaralangan harorat oraligidagi qator belgilar, harorat shkalasini hosil qiladi. Bu haroratlarga t' va t’’ qiymatlar berilgan. U holda o‘lchov birligi:

    1 градус t t (5)



    Download 0,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 0,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya

    Download 0,55 Mb.