|
O‘zbekiston respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya
|
bet | 1/18 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #232176 |
Bog'liq STO\'A qarshilik termometri
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
TOG‘-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
“Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi
“ Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari ” fanidan
Qarshilik termometrlarining o’lchash sxemalari tahlili
mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi:
41s_-22 TJA guruhi talabasi
Navoiy 2024
“TASDIQLAYMAN”
“Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi mudiri:
PhD dots. Yo.B.Kadirov “ ” 2024-yil
KURS ISHI
Fan: Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari.
Guruh 41s -22 TJA II – kurs
(F.I.Sh.)
TOPSHIRIQ
Kurs ishi mavzusi: Qarshilik termometrlarining o’lchash sxemalari tahlili
Tushuntirish yozuvining tuzilishi:
Qo‘llanmalar:
Kurs ishini topshirish davri: Reja 29.04.24 – .05.24 Bajardi
Kurs
ishining baholanishi
|
Bajarish va rasmiylashtirish
|
Himoya
|
Savol- javoblar
|
Umumiy
|
Sana
|
Baho
|
Maksimal
|
5
|
5
|
5
|
|
To‘palangan
|
|
|
|
|
Rahbar:
Komissiya a’zolari:
MUNDARIJA
KIRISH
I. NAZARIY QISM………………………………………………….…….
O‘lchash. O‘lchash usullari haqida ma’lumotlar ………………………
Haroratni o‘lchashning texnologik jarayondagi ahamiyati...................
Harorat o‘chagichlar va ularning turlari…………………………….…
II. TEXNIK QISM…….………………………………..……….…………
Qarshilik termometrlarining ishlash prinsipi va qo‘llanilish sohalari ….
Pt100 markali harorat o‘lchov qurilmasining ekspluatatsiya qoidalari, tarkibiy qismlari, metrologik xarakteristikalari, o‘lchash diapazoni, aniqlik sinfi va yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarini hisoblash…….….…….
Pt100 markali harorat o‘lchov qurilmasini o‘rnatish uchun qo‘yiladigan talablar………………………………………………….
XULOSA ADABIYOTLAR.
KIRISH
Ma’lumki, har bir sohada, masalan, elektr energetika, issiqlik energetikasi, neft va gaz sanoati va h.k o‘lchash ishlarini o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Kattalikning sonli qiymatini odatda o‘lchash amali bilangina topish mumkin, ya‘ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi. O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda o‘lchanadigan kattalik fizikaviy tajriba, ya‘ni eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi.
1-rasm. O’lchash jarayoni sxemasi :
Temperatura (lot. temperatura — zarur siljish, oʻlchamdorlik, normal holat)
— makroskopik tizimning termodinamik muvozanat holatini xarakterlovchi asosiy parametrlardan biri. Termodinamik muvozanat holatida turgan tizimning barcha qismlarining temperaturasi bir xil boʻladi.Agar tizim muvozanat holatdan chiqarilsa, uning issiqroq qismlaridan sovuqroq qismlariga issiqlik uzatilishi natijasida maʼlum vaqtdan soʻng tizimning hamma qismlarida T.ning tenglashishi vujudga kelib, termodinamik muvozanat holatiga qaytadi. Temperatura - jismning issiqlik darajasi hisoblanib, molekulalarning issiqlik harakatidan aniqlanadigan ichki kinetik energiya miqdoridir. Temperaturani o'lchash imkoni issiqlik almashishiga, issiq moddaning issiqligi o'zidan kam bo'lgan moddaga o'tish qobiliyatiga asoslangan. O'lchanayotgan
|
|
|
|
|
|
NDKTU KI 60711400. 2024 y
|
Varoq
|
|
|
|
|
|
O’lch
|
Varaq
|
Hujjat №
|
Imzo
|
Sana
|
|
temperaturalarning son qiymatini topish uchun temperaturalar shkalasini o'rnatish, ya'ni sanoq boshini va temperatura intervalining o'lchov birligini tanlash lozim.
Temperatura ishlab chiqarishda texnologik jarayonning borishi hamda borish davrini xarakterlovchi asosiy kattaliklardan biridir. Avtomatik boshqarishning samaradorligi temperaturaning aniq bahosini belgilaydi.
Harorat SI da kelvinlarda (K) o'lchanadi. Yordamchi o'lchov birligi sifatida esa Selsiy darajasidan (°C) keng foydalaniladi.
Temperaturani o'lchash usuliga ko'ra barcha termometrlar ikki guruhga bo'linadi: kontaktli va kontaktsiz (Bevosita muhit bilan kontaktda bo'ladigan va muhit bilan kontaktda bo'lmaydigan.) Birinchi guruhga kengayish termometrlari, manometrik termometrlar, termoelektrik termometrlar va qarshilik termometrlari (termistorlar) kiradi. Ikkinchi guruhga esa turli turdagi pirometrlar kiradi.
Temperaturani past chegaralarda o'lchashda keng qo'llaniladigan termo o'lchov absobi qarshilik termometri hisoblanadi. Bu termometrlarni markazlashtirilgan holda, masofadan turib ko'p nuqtalarda temperaturani o'lchashi asosiy o'rin tutadi.
|
|
|
|
|
|
NDKTU KI 60711400. 2024 y
|
Varoq
|
|
|
|
|
|
O’lch
|
Varaq
|
Hujjat №
|
Imzo
|
Sana
|
|
I. NAZARIY QISM
1.1 O‘lchash. O‘lchash usullari haqida ma’lumotlar.
Metrologiya — o‘lchashlar, uni ta'minlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yullari haqidagi fan. Metrologiyaning asosini o‘lchashning umumiy masalalari, fizik kattaliklar birligi va ularning tizimlari haqidagi ma'lumotlar, o‘lchashning usul va vositalari, o‘lchash natijasining to‘g‘riligini aniqlash usullari va hokazolar hosil qiladi. O‘lchashga doir fizik kattaliklar mexanik, elektr, issiqlik, optik, akustik bo‘lishi mumkin. Bu kattaliklarning bir turi texnologik jarayon rivojlanishining bevosita ko‘rsatkichi bo‘lsa, boshqalari shu jarayon bilan funksional bog‘langan bo‘ladi.
Fizik hodisalarni o‘rganish va ulardan amalda foydalanish turli fizik kattaliklarni o‘lchash, ya'ni ma'lumot olish bilan bog‘lik. Ma'lumot qancha to‘la va xolisona bo‘lsa, fizik xodisalarning tub ma'nosini tushunish shunchalik chuqur bo‘ladi.
O‘lchash — fizik kattaliklar qiymatlarini tajribada maxsus texnik vositalar yordamida aniqlash.
Ko‘p hollarda o‘lchash jarayonida o‘lchanayotgan kattalikni shunday fizik kattalik bilan takqoslanadiki, unga 1 ga teng bo‘lgan qiymat beriladi va u fizik kattalik birligi yoki o‘lchov birligi deyiladi.
O‘lchash natijasi — kattalikning o‘lchash usuli bilan, masalan, kattalikni o‘lchov birligi bilan taqqoslash yordamida topilgan qiymatidan iborat. O‘lchash natijasini tenglama ko‘rinishida quyidagicha yozish mumkin:
U Q yoki Q U * q
q (1)
bu yerda, Q—o‘lchanayotgan fizik kattalik, U — o‘lchash natijasi yoki o‘lchanayotgan kattalikning son qiymati, q — fizik kattalik birligi.
(2.1) tenglama o‘lchashning asosiy tenglamasi deyiladi. Uning o‘ng tomoni o‘lchash natijasi deb yuritiladi. O‘lchash natijasi doimo o‘lchamli kattalik bo‘lib, u
|
|
|
|
|
|
NDKTU KI 60711400. 2024 y
|
Varoq
|
|
|
|
|
|
O’lch
|
Varaq
|
Hujjat №
|
Imzo
|
Sana
|
|
o‘z nomiga ega bo‘lgan q birlikdan hamda ayni birlikdan o‘lchanayotgan kattalikda nechta borligini anglatadigan U sondan tashkil topgan.
O‘lchanayotgan kattalikning son qiymati bevosita, bilvosita, birlashtirib va birgalikda o‘lchash usullari yordamida topiladi. Laboratoriya amaliyotida va ilmiy tekshirishlarda birlashtirib va birgalikda o‘lchash usullaridan foydalaniladi.
|
|
| |