Partiyaga 50411 kishi aʼzo (2005-yil 1-yanvar). Ular 3120 dan ortiq boshlangʻich
partiya tashkilotlariga birlashgan. Partiya aʼzolari: 30,1 % —
ziyolilar, 24,1 % —
ishchilar, 10,3 % — dehqonlar va qishloq xoʻjaligi xodimlari, 11,4 % — nafaqachi va
pensionerlar, 10,2 % —
xizmatchilar, 7,4 % —
tadbirkorlar, 6,4 % — talabalardir.
Qoraqalpogʻiston
Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar
hamda mamlakatning
deyarli
barcha shahar, tumanlarida partiya Kengashlari faoliyat koʻrsatmoqda.
Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyat partiya tashkilotlari yirik tashkilotlardir.
Qurultoy — partiyaning oliy organi. U partiya Siyosiy kengashi tomonidan kamida 5
yilda bir marta chaqiriladi. Siyosiy kengash doimiy ishlovchi partiya rahbar organidir.
„Adolat“ SDPning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasidagi
fraksiyasi 10 deputatdan tashkil topgan. Fraksiya rahbari — partiya Siyosiy kengashi
birinchi kotibi D. Gʻ. Toshmuhamedova. „Adolat“ gazetasi
partiyaning nashriy
organidir.
„Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi oʻz oldiga quyidagi vazifalarni qoʻyadi:
xuquqiy demokratik davlat qurish;
mamlakat mustaqilligini mustahkamlash;
Vatanga sodiq xizmat qilish;
adolatli fuqaroviy jamiyat qurish;
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy demokratiya talablariga hamda mamlakatimizda yashab
turgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga
monand shart-sharoit yuzaga
keltirishga hissa qoʻshish.
„Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida 47
ovozga (1998-yilga) ega boʻlib, ular partiyaning parlamentdagi
fraktsiyasini tashkil
etadi.