О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
O`QUV – TANISHUV AMALIYOT HISOBOTI
BEKMURODOV ELMUROD ISOQUL O’G’LI
Ilmiy rahbar:
Nazarova N. J.
O`QUV – TANISHUV AMALIYOT HISOBOTI
REJA
1.
KIRISH
2.
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI HAQIDA
3.
TOSHKENT TEMIR YO`L MUZEYI BILAN TANISHUV
4.
ADOLAT SOTSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI
5.
XULOSA
6.
ALBOM
7.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI
KIRISH
Toshkent davlat transport universiteti— Respublika transport sohasi uchun yuqori
malakali kadrlarni tayyorlash tizimini ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro standartlar
asosida tubdan takomillashtirish, oʻquv jarayoniga oʻqitishning innovatsion shakl va
metodlari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish,
shuningdek, tarmoq taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
va ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan.
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI HAQIDA
Toshkent temir yо‘l muhandislari instituti 1931-yilda tashkil etilgan. Hech
mubolag‘asiz aytish mumkinki, shundan beri hozirgacha о‘tgan davr “Ijtimoiy fanlar”
kafedrasining ham bosib о‘tgan yо‘li hamda shonli tarixidir. Zero, shu davr ichida
mazkur kafedra minglab mutaxassislarning ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ma’naviy
dunyoqarashlarini shakllantirishga о‘zining munosib hissasini qо‘shib keldi hamda bu
ma’suliyatli vazifani zamon ruhiga hamnafas bо‘lgan holda davom ettirmoqda.
1931-yilda institutning tashkiliy tuzilishi belgilanganda ijtimoiy fanlarga doir ikkita
kafedra – “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi va “Siyosiy iqtisod” kafedrasi tashkil etilgan edi.
1932-yilning aprel oyiga kelib bu kafedralar birlashtirilib, “Ijtimoiy–iqtisodiy fanlar”
kafedrasi nomi bilan faoliyat kо‘rsata boshlaydi Urush yillarida institutda yana ikkita
kafedra–“Marksizm–leninizm” kafedrasi va “Siyosiy iqtisod” kafedrasi faoliyat
kо‘rsatgan. 1962-yilga kelib “Marksizm–leninizm” kafedrasi ikkita mustaqil
kafedraga– “KPSS tarixi” kafedrasi va “Markscha-lenincha falsafa” kafedrasiga
ajratilgan.
“Markscha-lenincha
falsafa”
kafedrasini
institutning
birinchi
о‘qituvchilaridan bо‘lmish, falsafa fanlari nomzodi, dotsent N.I.Shulgina boshqargan
va bu kafedrada falsafa, etika, estetika, ilmiy ateizm asoslari, sotsializm nazariyasi,
mantiq kabi fanlar о‘qitilgan.1963-1964 о‘quv yilidan boshlab, о‘qitilayotgan ijtimoiy
fanlar qatoriga yana bir yangi fan–“Ilmiy kommunizm asoslari” kiritilgan. Shu
munosabat bilan “Markscha-lenincha falsafa” kafedrasi “Falsafa va ilmiy kommunizm”
kafedrasiga aylantirilgan. Shu yildan boshlab kafedrani tarix fanlari nomzodi, dotsent
SH.A. Zuxriddinov boshqara boshlagan. 1976-yildan e’tiboran ilmiy kommunizm fani
bо‘yicha davlat imtihoni joriy etilishi munosabati bilan о‘quv yuklamasi keskin oshib
ketgan. Natijada institut ilmiy kengashining qaroriga asosan alohida “Ilmiy
kommunizm” kafedrasi tashkil etilgan va bu kafedrani dotsent SH.A. Zuxriddinov
boshqarishda davom etgan. “Falsafa” kafedrasini esa falsafa fanlari nomzodi, dotsent
M.U.Usmonov boshqargan. Keyinchalik SH.A. Zuxriddinovning doktorlik
dissertatsiyasini yozish va himoya qilish uchun ijodiy ta’tilga chiqishi munosabati bilan
“Ilmiy kommunizm” kafedrasini turli yillarda dotsentlardan V.I.Jelezovskaya,
T.YE.Irisbayeva, P.N.Rasul-Zodalar boshqarganlar. 1988-yilda “Falsafa” va “Ilmiy
kommunizm” kafedralari qayta birlashtirilgan va kafedra mudiri etib tarix fanlari
doktori, professor SH.A.Zuxriddinov saylangan. 1990-yilda kafedra institut ilmiy
kengashining qarori bilan “Falsafa va sotsializm nazariyasi” kafedrasi deb nomlangan,
keyinchalik esa “Falsafa va siyosatshunoslik” kafedrasiga aylantirilgan 1992-yilda
kafedrani falsafa fanlari nomzodi, dotsent M.G‘. G‘aniyev, 1994-1997 yillarda esa
falsafa fanlari nomzodi, dotsent G.A.Sodiqovalar boshqarganlar. 1997-yilda institutning
ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari birlashtirib yuborilgan va bu yagona kafedrani
tarix fanlari nomzodi, dotsent B.E.Yо‘ldoshev boshqargan. 1998-yilning avgustidan
“Falsafa va siyosatshunoslik” kafedrasi mustaqil kafedra sifatida qayta tashkil etilgan.
Yangi tashkil etilgan kafedrani 2000-yilning sentabrigacha falsafa fanlari nomzodi,
dotsent K.N.Irisboyev boshqargan.
2000-yilning noyabridan 2003-yilning noyabrigacha kafedrani falsafa fanlari nomzodi,
dotsent SH.Q. Rahmonova, 2003-yilning noyabridan 2011-yilning sentabrigacha tarix
fanlari nomzodi, dotsent E.G‘oyibnazarov boshqargan. 2011-yilning sentabridan
xozirgi kunga qadar kafedraga falsafa fanlari doktori, prof. J.S.Ramatov rahbarlik
qilmoqda.
“Falsafa va siyosatshunoslik” kafedrasining yuqorida bayon etilgan qisqacha tarixidan
kо‘rinib turibdiki, uning taqdiri turli xil davrlarning, о‘zgarib va yangilanib borayotgan
zamonning nafasi bilan chambarchas bog‘liq holda о‘zgarib borgan, faoliyat doirasi
kengayib, takomillashib borgan. Kafedra har bir davrning о‘ziga xos yuksak talablariga
munosib ravishda javob berib kelmoqda. О‘tgan davr mobaynida kafedrada kо‘plab
malakali va iqtidorli xodimlar faoliyat kо‘rsatishgan.
Kafedra jamoasi о‘zining ustozlari, kafedra faoliyatining boshlanishida turgan zabardast
olimlar-“О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan fan arbobi”, “Faxriy temiryо‘lchi” unvonlari,
“Hurmat belgisi” ordeni sohibi N.I. Shulgina hamda urush faxriysi, “Turkmaniston
SSRda xizmat kо‘rsatgan transport xodimi” unvoniga sazovor bо‘lgan SH.A.
Zuxriddinovning nomlarini doimo hurmat va g‘urur bilan yodda saqlaydi va e’zozlaydi.
Kafedrada turli yillarda dotsentlar M.T. Aminjonova, V.I. Jelezovskaya, I.S.
Ponomaryova, A.K. Toropovich, D.I. Bernshteyn, G.A. Sodiqova, M.G‘. G‘aniyev,
K.N. Irisboyev, T.YE. Irisboyeva, T.T. Alimardonov, E.S. Sultonova, YO. Q. Qodirova,
N.A. Azimova, Z.R. Muhamedova, katta о‘qituvchilar A.N. Yunusxо‘jayev, M.M.
Nishonov, N.P.Kuzmichyova, A.SH.Toxiryon, M.Z.Mamadaliyeva, assistentlar T.
Toshpо‘latov, SH. Fayziyev, YO.M. Mirahmedova va boshqa kо‘pgina о‘qituvchilar
samarali faoliyat kо‘rsatganlar.
2017 yilga kelib “Falsafa va siyosatshunoslik” va “О‘zbekiston tarixi, iqtisodiyot
nazariyasi va huquq” kafedralari qо‘shilib, institutda ijtimoiy fanlardan mashg‘ulotlar
olib boruvchi yagona “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tashkil etildi.
Mamlakatimizda barcha sohalarda bо‘lgani kabi transport tizimida ham keng kо‘lamli
islohotlar bо‘lmoqda. Mamlakatda transport sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash
samaradorligini oshirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari tо‘g‘risida” 2020-yil 4-maydagi PQ-4703-sonli qaroriga kо‘ra Toshkent temir
yо‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yо‘llarini loyihalash, qurish va
ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik
texnologiyalari fakulteti asosida Toshkent davlat transport universiteti tashkil etildi. Shu
munosabat bilan Toshkent temir yо‘l muhandislari institutining “Ijtimoiy-gumanitar
fanlar” kafedrasi va Toshkent avtomobil yо‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi
institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi birlashtirildi.
Shu о‘rinda Toshkent avtomobil yо‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi
institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi haqida quyidagilarni ma’lum qilamiz. “Ijtimoiy
fanlar” kafedrasi 1972-yil Toshkent avtomobil yо‘llari instituti tashkil etilishi
munosabati bilan о‘z faoliyatini boshlagan va о‘tgan yillar davomida ijtimoiy fanlardagi
о‘zgarishlar tufayli “Falsafa”, “Falsafa va psixologiya”, “Falsafa va siyosatshunoslik”,
“Falsafa va ma’naviyat asoslari” nomlari bilan atalgan. 2016-yildan buyon esa
«Ijtimoiy fanlar» deb nomlana boshlagan. Shuni alohida ta’kidlash о‘rinliki, mazkur
kafedrada 1972-1984 yillarda О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan fan arbobi, О‘zbekistan
Fanlar Akademiyasining akademigi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi, falsafa
fanlari doktori, professor Pо‘latov Xaydar Pо‘latovich, 1997-1999 yillar mobaynida
falsafa fanlari doktori, professor Mamashokirov Saidmurod Mamashokirovich
boshqarib kelgan bо‘lsa, undan keyingi yillarda kafedra mudiri lavozimida T.Qо‘yliyev,
D.Rasilov, R.Xudayberdiyev va R.Umarova kabi faylasuf olimlar faoliyat olib
borganlar.
Yagona jamoaga aylangan “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida bugungi kunda 32 nafar
malakali professor-о‘qituvchilar bakalavr bosqichi talabalariga “Falsafa”,
“О‘zbekistonning eng yangi tarixi”, “О‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.
Fuqarolik jamiyati”, “Psixologiya”, “Kasbiy pedagogika”, “Kasbiy ta’lim metodikasi”,
“Muhandislik psixologiyasi”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Marketing
psixologiyasi”, “Ta’lim texnologiyalari” kabi fanlardan chuqur bilim berib kelmoqda.
Hozirgi kunda transport tizimi uchun malakali kadrlar tayyorlash jarayonida
talabalarning
ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy-ahloqiy,
g‘oyaviy-mafkuraviy
dunyoqarashlarini shakllantirish ishi bilan kafedra faxriylari va salohiyatli
о‘qituvchilari fan doktorlari – J.S.
Ramatov, A.A.Dadasheva, R.O.Nosirov, R.X.Xudoyberganov, dotsentlar –
B.E.Yuldashev, N.Y.Jо‘raboyev, N.SH.Yunusova, J.D.Matkarimova, R.SH.Umarova,
K.B.Muxammadiyev, X.Y.Sharifbayeva, B.L.Salimov, R.О‘.Baratov, D.A.Muratova,
I.M.Mirzaqulov, katta о‘qituvchilar – S.T. Sobirova, X.T.CHо‘lponova,
G.B.Abdukarimova, N.J.Nazarova, M.I.Raximova, I.B.Mirzayev, F.A.Kushakov,
E.A.Tо‘xtaboyev, S.V. Temirova, О‘.K.Erniyozov, B.K.Malikovlar, Z.N.Boboshev,
о‘qituvchilar N.S.Jumaniyozova, E.M.Shamsiddinova, M.N.Hasanov, L.A.Valiyevlar
samarali ravishda faoliyat kо‘rsatmoqdalar.
2021-2022о‘quv yilida kafedra professor-о‘qituvchilari barcha fanlardan tayyorlangan
ma’lumotlarni elektron modul platformasi joylashtirdilar. Shuningdek, barcha
professor-о‘qituvchilar Hemes dasturida ilmiy, uslubiy ishlarini tо‘liq kiritib bormoqda.
Shu bilan birga Hemes dasturida darslarni qayd etish va qaydnomalarni elektron
yuritilishini ham amalga oshirmoqda
О‘tkazilgan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarining sifat va saviyasi doimo kafedra
majlislarida muhokama qilib boriladi, ilg‘or tajribalar rivojlantirilib, nuqson va
kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Keyingi yillarda
о‘qituvchilar tomonidan о‘zaro darslarga kirish va ochiq darslar о‘tkazishning soni ortib
bormoqda. Kafedra jamoasi о‘zlarining ilmiy, ilmiy-uslubiy va pedagogik faoliyatining
asosiy yо‘nalishini – yangilanayotgan О‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirishning,
uning ma’naviyatini yanada yuksaltirish, qolaversa, “Milliy tiklanishdan – milliy
yuksalish sari” degan da’vatkor g‘oyaning mazmun-mohiyatini talabalar ongi va
qalbiga singdirishga qaratgan.kafedramiza universitet jamoasi hamda talabalarda
huquqiy kо‘nikmani shakllantirish maqsadida “Mening ovozim” telegram kanali ham
faoliyatini yо‘lga qо‘ygan.
Mustaqillikka erishilgandan keyin Respublikamiz taraqqiyotida xalqimizning boy
ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon
sivilizatsiyasining sо‘nggi yutuqlariga asoslangan ta’lim tizimi barpo etildi.
Yangilanayotgan О‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini tubdan isloh etishda kо‘plab
meyoriy hujjatlar tasdiqlandi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan adolatli
demokratik fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat mohiyatini anglab yetadigan hamda
uni barpo etishda faol ishtirok etadigan, о‘zida daxldorlik hissini tuygan, mustaqil fikr
yurituvchi yuqori malakali mutaxassislarning g‘oyaviy-ma’naviy va nazariy
tayyorgarligini ta’minlab berish – kafedra faoliyatining bosh maqsadiga aylandi.
Bu maqsadga erishish uchun kafedra о‘z faoliyati davomida О‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida” 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-
sonli, “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi tо‘g‘risida” 2020-yil 2-
martdagi PF-5953-sonli farmonlari, “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2020-yil 4-maydagi PQ-4703-
sonli qarorlari ijrosini taminlash, О‘zbekiston Respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim
vazirligi, О‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda universitet ilmiy
kengashining qarorlari hamda universitet rektorining buyruqlarini sifatli darajada
bajarib kelmoqda.
Kafedrada professor-о‘qituvchilarining ilmiy-nazariy, g‘oyaviy va pedagogik
saviyalarini ta’limning zamonaviy talablariga moslashtirish maqsadida kafedrada
“Yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish” ilmiy-
uslubiy seminari tashkil etilgan. Seminar-treninglar yuqori malakali pedagoglarimiz
tomonidan tashkil etilib, mazkur seminar-treninglarda universitetning boshqa
kafedralaridan ham yosh pedagog kadrlar ishtiroki ta’minlangan.
Kafedra jamoasi M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Qozog‘iston
Respublikasidagi Al-Forobiy nomli Qozoq milliy universiteti, Muxtor Auezov
nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti, Qirg‘iziston Respublikasi О‘sh
davlat universiteti, Qozog‘istonning Gumilyov nomli Yevroosiyo universitetlari bilan
hamkorlikni yо‘lga qо‘ygan. Istiqbolda xalqaro innovatsion hamkorlik ishlari kо‘lamini
yanada kengaytirish ustida chuqur о‘ylangan rejalar ishlab chiqilgan.
Keyingi yillarda hukumatimiz tomonidan oliy ta’lim tizimini ilmiy salohiyatga ega
kadrlar bilan ta’minlashni nazarda tutuvchi bir qator islohotlar olib borilmoqda.
Kafedrada 2018-yildan doktorantura va tayanch doktorantura tashkil qilindi hamda
dotsent Matkarimova J.D. doktoranturaga, Baratov R.О‘., Rajabov H.I. tayanch
doktoranturaga qabul qilindilar. 2019-yilda assistentlar Muratova D.A. va
Jumaniyozova N., 2020-yilda assistent Sultonov S.H. tayanch doktoranturaga qabul
qilingan edi. 2022-yilda esa assistentlar Valiyev L.A va Madalimov T.A tayanch
doktoranturaga qabul qilindi.
2018-2020 yillarda kafedra tayanch doktorantlari Rajabov H.I. va Baratov R.О‘.
dissertatsiya ishlarini muddatidan oldin muvaffaqiyatli himoya qildilar. 2020-yil dekabr
oyida kafedra tayanch doktoranti D.A.Muratova muddatidan oldin 09.00.04-Ijtimoiy
falsafa ixtisosligidan falsafa fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini
olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasini О‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi
DSc.30.12.2019.F.01.05 raqamli Ilmiy Kengashda muvaffaqiyatli himoya qildi.
2020-yil sentabrida kafedra doktoranti J.D. Matkarimovaning 09.00.02 – Ong,
madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi ixtisosligidan fan doktori (DSc) ilmiy
darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi, kafedra dotsentlari B.L.Salimov,
R.X.Xudoyberganovlar 09.00.01 – Ontologiya, gnosseologiya va mantiq ixtisosligidan
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishlari kafedra
muhokamasidan
о‘tkazilib,
О‘zbekiston
Milliy
universiteti
huzuridagi
DSc.30.12.2019.F.01.05 raqamli Ilmiy Kengashga topshirildi.
Professor-о‘qituvchilardan CHо‘lponova X.T., Nazarova N.J. О‘zbekiston
Respublikasi “Ma’naviyat va ma’rifat Markazi” da, Malikov B.K. Toshkent davlat
transport universitetida mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib
bormoqdalar. Bularning barchasi kafedrada о‘ziga xos falsafiy maktab
shakllanayotganligidan dalolat beradi.
Bugungi kunda kafedraga Toshkent avtomobil yо‘llarini loyihalash, qurish va
ekspluatatsiyasi institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasidan kelib qо‘shilgan dotsentlar
R.Umarova 09.00.03. – falsafa tarixi ixtisosligidan , R.Xudayberganov 09.00.01-
ontologiya, gnoseologiya va mantiq ixtisosligidan (DSc), assistentlar M.Xasanov
09.00.03-falsafa tarixi ixtisosligidan, E.Shamsiddinova 09.00.02 – Ong, madaniyat va
amaliyot shakllari falsafasi ixtisosligidan mustaqil izlanuvchi sifatida dissertatsiya
mavzularini tasdiqlatib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
Kafedra jamoasining bugungi kundagi ilmiy salohiyati о‘rtacha 40 foizni tashkil etib,
istiqbolda bu kо‘rsatkichni 80 foizga chiqarish kо‘zda tutilgan.Kafedra ilmiy
salohiyatini oshirish bо‘yicha maqsadli parametrlar ishlab chiqilgan bо‘lib, hozirgi
kunda kafedrada yosh pedagog kadrlar ilmiy-tadiqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Kafedra jamoasining о‘rtacha yoshi 48 yoshni tashkil etadi.
О‘zbekiston Respublikasi Innovatsiya vazirligi tomonidan e’lon qilingan davlat
grantlarida kafedra 2 ta amaliy loyiha doirasida ilmiy-tadqiqot olib bordi.Bular:
Umumiy qiymati 97,5 million sо‘m bо‘lgan hamda 2017-2018 yillarga mо‘ljallangan
BVA-1-001 “О‘zbekiston temir yо‘l transport tizimida barkamol shaxs va malakali
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash strategiyasi” mavzusidagi davlat grantida J.S.
Ramatov, J.D. Matkarimova, R.О‘. Baratov, N.J. Nazarovalar faoliyat olib borishdi.
Grant doirasida belgilangan reja muvaffaqiyatli yakunlandi va О‘zbekiston
Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga hisobot topshirildi.
Umumiy qiymati 300 million sо‘m bо‘lgan hamda 2018-2020 yillarga mо‘ljallangan
PZ-20170930369 “Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi
g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy
mexanizm va texnologiyalari yaratish” mavzusidagi davlat granti J.S.Ramatov,
H.I.Rajabov, B.L.Salimov, S.H.Sultonovlar tomonidan bajarildi.
Kafedra mudiri professor J.S.Ramatov rahbarligida FZ-2020110216 Turkiy tilli
davlatlarning о‘zaro manfaatli integratsiyasi: istiqbol va samaradorlik. (Tashqi ishlar
vazirligi bilan hamkorlikda), “Ma’naviy jarayonlar dinamikasida virtual borliqni
anglash va zamonaviy tarbiya texnologiyalarini yaratish”(Respublika Ma’naviyat va
ma’rifat Markazi bilan hamkorlikda ) grant loyihalari О‘zbekiston Respublikasi
Innovatsiya vazirligiga topshirildi va dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli о‘tdi.
Undan tashqari kafedra dotsenti R.Xudayberganov “Oliy ta’lim muassasalari talabalari
uchun til falsafasini о‘rganish bо‘yicha elektron platformasini yaratish” mavzusida,
dotsent J.Matkarimova “О‘zbekiston temir yо‘l transporti tizimida yosh
mutaxassislarning kasbiy psixofiziologik moslashuvidagi psixologik tо‘siqlar va ularni
bartaraf etish yо‘llari” mavzusida, Dotsent B.Salimov “О‘zbekiston Respublikasining
transport va kommunikatsiya tizimini modernizatsiyalashuvining ijtimoiy-falsafiy
assoslari” mavzusidagi grant loyihalari hujjatlari О‘zbekiston Respublikasi Innovatsiya
vazirligiga topshirilgan.
Kafedra universitet miqyosida talaba-yoshlarni ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy
fazilatlarini yuksaltirish yuzasidan keng kо‘lamli tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirib
kelmoqda. Xususan, kafedra a’zolari О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan qator tadbirlarni mazmunli
о‘tkazilishida о‘z hissasini qо‘shib kelmoqda. Kafedraning tajribali professor-
о‘qituvchilaridan Ramatov J.S., Yuldashev B.L., Jо‘raboyev N.Y., Xudoyberganov
R.X., Umarova R.SH., Yunusova N.SH., Temirova S.V., Salimov B.L., Baratov R.О‘.,
Malikov B.K. lar turli tashkilot xodimlariga ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va ma’rifiy
mavzularda ma’ruzalar о‘qib kelmoqda.
Shu bilan birga kafedra jamoasi “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi qoshida “Transport
sohasidagi ijtimoiy muammolarni tadqiq qilish” ilmiy markaz tashkil etish hamda ushbu
Markazning asosiy faoliyat yо‘nalishlari etib:
yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda metodolik kо‘mak
berish, jumladan, ilmiy maqola, avtoreferat, monografiya va risolalarni tahrir qilish,
antiplagiat, tarjima (о‘zbek-rus, rus-о‘zbek, о‘zbek-ingliz, rus-ingliz)xizmatlari;
dissertatsiya himoyalariga stenogramma xizmatlari;
ilmiy jurnal tashkil etish va ilmiy maqola chop etish bо‘yicha tahrir va tarjima
ximatlarini kо‘rsatish kabi xizmatlarni о‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari Toshkent davlat transport universiteti huzurida 09.00.02- Ong,
madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosliklari
bо‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy Kengash tashkil etish kabi istiqbolli loyihalar
ustida izlanishlar olib borilmoqda
Kafedra professor-о‘qituvchilari о‘z bilim va pedagogik mahoratlarini muttasil ravishda
oshirib, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlash borasida faoliyat olib
bormoqdalar. Bu esa barkamol avlodni shakllantirish, ularning maslak va e’tiqodini
mustahkamlash, qolaversa, Yangilanayotgan О‘zbekistonimizga munosib kadrlar
yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi
Kafedrada professor – 4 ta, dotsent – 11 ta, katta о‘qituvchi – 11 ta.
Kafedrada Falsafa, О‘zbekistonning eng yangi tarixi, О‘zbekistonni rivojlantirish
strategiyasi. Fuqarolik jamiyati, Davlat va huquq tarixi, Davlat va huquq nazariyasi,
Huquq falsafasi, Ijtimoiy fanlar va huquq, Konstitusiyaviy huquq, Huquqiy
kо‘nikmalar, Kasb ta’limi metodikasi, Ta’lim texnologiyasi, Kasbiy psixologiya fanlari
о‘qitiladi.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi umumiy yuklamasi 30377 soatni tashkil etadi
TOSHKENT TEMIR YO`L MUZEYI BILAN TANISHUV
Toshkent temir yoʻllar texnikasi muzeyi temir yoʻl sohasi texnik muzeylari uyushmasi
tarkibiy qismiga kiradi va Osiyodagi muzeylar orasida eng yirigi sanaladi. Uning barpo
etilishi 80-90-yillarga borib taqaladi
Ushbu muzey Markaziy Osiyoda temir yoʻlning 100 yilligini munosabati bilan barpo
etilgan.Poytaxtimizning Markaziy vokzalida ilgari ishlatilgan qismlar va lokomotivlar
majmuasi namoyish etiladi.Shahar maʼmuriyati aholi tomonidan kelib tushgan
murojaatlarni inobatga olib, koʻrgazmani oʻz oʻrnida qoldirib doimiy faoliyatini yoʻlga
qoʻydi. Shunday qilib, 1989-yil 4 avgustda Temiryoʻlchilar kuni munosabat bilan
muzey tantanali ravishda sayyohlar va tashrifchilar uchun oʻz eshiklarini ochdi.
Ochiq osmon muzeyida 13 paravoz, 17 teplovoz, 3 elektrovoz, 10 vagon hamda XX
asrlarga oid taʼmirlash va qurilish texnikalarini koʻrish mumkin.
Uchta vagonda temir yoʻl paydo boʻlishi haqida soʻzlab beruvchi muzey
ekspozisiyalari, aloqa va havfsizlik vositalari, shuningdek jasurlik nishonlarini hamda
ishchilar kiyimlarini koʻrish mumkin.
Muzeyda tor temir yoʻl (750 mm) yoʻlagi, ikkita poyezd, TU7a lokomotivlari, sharqona
uslubda bezatilgan ikkita yozgi vagon va uchta PV38 vagonlari mavjud. Ekskursiya
jarayonida temir yoʻllar tarixi, parovozlar va boshqa temir yoʻl texnikalarining qurilishi
bilan tanishish imkonini beruvchi diqqtga sazovor joylarga sayohatlar oʻtkaziladi.
ADOLAT SOTSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI
Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi („Adolat“ SDP) — Oʻzbekistondagi
siyosiy partiyalardan biri. 1995-yil 18-fevralda partiya taʼsis qurultoyida tuzilib, dasturi
va ustavi qabul qilingan va shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida
roʻyxatdan oʻtgan. Partiyaning bosh maqsadi — Vatan mustaqilligini mustahkamlash,
islohotlarning jadallashuviga, huquqiy-demokratik, adolatli fuqarolik jamiyati barpo
etish va pirovardida, Oʻzbekistonni jahonda rivojlangan mamlakatlar safidan
mustahkam oʻrin olishiga munosib hissa qoʻshish. Partiyaning gʻoyaviy negizini sotsial-
demokratiyaning 3 asosiy prinsipi: siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy adolat tashkil etadi.
Qonun ustuvorligini taʼminlovchi adolatli ijtimoiy munosabatlar oʻrnatilgandagina odil
jamiyat qurish mumkin boʻladi. „Adolat“ partiyasi ushbu yoʻnalishdagi ishlarni
bajarishni oʻzining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Partiya oʻrtahol va kam taʼminlangan
aholi tabaqalariga tayanadi hamda ularning siyosiy, ijtimoiy irodasini namoyon etishga
intiladi.
|